Keys stady:
Sovg’alar signallar o’rniga
Bir bola o’z yoqtirgan qiziga qanday sovg’a olishni o’ylayapti.”bilaman” deydi u
o’ziga, “ men unga naqd pul beraman. Uning didini o’zichalik yaxshi bilmayman. Pulga
esa o’zi hohlagan narsani sotib oladi”. Lekin u pulni berganida qiz xafa bo’ladi. U meni
sevmas ekan deb o’ylab, munosabatlarni tugatadi.
Bu voqea orqasidagi iqtisod qanday?
O’ylab qarasak sovg’a berish bu g’alati odat. Misolimizdagi yigit aytganidek
odamlar o’z didlarini boshqalarnikiga qaraganda yaxshiroq biladilar, shuning uchun biz
hammani pulni sovg’aning bir shakli deb qabul qilishini kutishimiz mumkin. Agar
sizning ish beruvchingiz oyligingizni tovarlar shaklida berganida siz bunga qarshi
chiqardingiz. Lekin sizning reaksiyangiz sizni (umid qilganingizdek) sevuchi odam
shunday qilsa umuman boshqacha bo’ladi.
Sovg’a berishning bir talqini u o’zida asimmetrik ma’lumot va signalni
saqlaganligidadir. Bizning misolimizdagi yigitning qiz bilmoqchi bo’lgan shaxsiy
ma’lumoti bor: Haqiqattan ham u qizni sevadimi? Qiz uchun yaxshi sovg’a tanlashi bu
uning signali. Sovg’a tanlash pul bergandan ko’ra signal bo’lish uchun to’g’riroq
xarakteristikalarga egaligi aniq. U qimmat (vaqt oladi), va uning narxi shaxsiy
ma’lumotga asoslangan(qanchalik sevishi). Agar yigit haqiqattan ham qizni sevsa
to’g’ri sovg’a tanlash oson bo’ladi, chunki u qiz haqida ko’p o’ylaydi.
Agar uni sevmasa to’g’ri sovg’a tanlash qiyinroq bo’ladi. Shunday qilib to’g’ri
sovg’a tanlash uning sevgisi haqidagi shaxsiy ma’lumotini izhor etishning bir yo’li. Pul
berish esa u hatto sovg’a tanlashga harakat qilmaganini ko’rsatadi.
Signal nazariyasining sovg’a berish bilan bog’liqligini yana bir kuzatuvi mavjud:
Odamlar ta’sir kuchi muhim bo’lgan odatlar haqida ko’proq qayg’urishadi. Shunday
ekan yigit yoki qizga pul berish odatda nomaqul harakat. Lekin kollej o’quvchilari ota
onalaridan chek olganlarida ular kamdam kam xafa bo’lishadi. Ota-ona muhabbati
shubhada bo’lishi mumkin emas shuning uchun qabul qiluvchi pulni e’tiborsizlik signali
deb qabul qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |