7-mavzu. Bozor va tavakkalchilik, firma va ularning tashkiliy-iktisodiy asoslari


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/27
Sana15.11.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1774953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
10-11 mavzu. Bozor va tavakkalchilik. Firma va uning tashkiliy-iqtisodiy asoslarti

Tavakkalchiliklarni qo’shish - ushbu usul tasodifiy yo’qotishlarni o’zgarmas 
xarajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan. Ma’lumki, 
mulkning o’g’irlanishi, shaxsning kasal bo’lib ishga chiqmasligi, tabiiy ofatlarning 
bo’lishi tasodifiy bo’lib ular juda katta xarajatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu noxush 
hodisalarning oqibatlarini kamaytirishda sug’urtaning ahamiyati katta.
O’zbekistonda ham hozirgi vaqtda ko’pgina insonlar o’z hayotlarini, mulkini 
sug’urtalaydilar. Sug’urta ishlarini yo’lga qo’yish uchun respublikada maxsus qonunlar 
ishlab chiqilgan va bir qator davlat va nodavlat sug’urtalash firmalari faoliyat 
ko’rsatmoqda.
Sug’urtalashda tavakkalchilikni qo’shish samaradorligi shu bilan belgilanadiki, 
sug’urtalangan shaxslarning tavakkalchiligi bir-biriga bog’liq bo’lmasligi kerak.
Tavakkalchilikni taqsimlash - ushbu usulga ko’ra zarar kыrish ehtimoli bilan 
bog’liq bo’lgan tavakkalchilik bilan qatnashuvchi sub’ektlar o’rtasida shunday 
taqsimlanadiki, oqibatda har bir sub’ektning kutiladigan yo’qotishi nisbatan kichik 
bo’ladi. 
Ushbu usuldan foydalangan holda yirik moliya kompaniyalari katta masshtabdagi 
loyihalarni va ilmiy izlanishlarni tavakkalchilikdan qo’rqmasdan moliyalashtiradilar.
Axborot bilan ta’minlash ham tavakkalchilikni kamaytiradi. Nima uchun 
deganda, axborotning etishmasligi noto’g’ri qaror qabul qilishga olib keladi. Hozirgi 
vaqtda axborot asosiy taqchil resurslardan biri bo’lib, uni olish uchun haq to’lash kerak, 
ya’ni axborot olish xarajat bilan bog’liq, ba’zi axborotlar nihoyatda qimmat turadi. 


SHuning uchun ham kerakli bo’lgan axborotdan qancha olish kerak deganda, uning 
chekli xarajati bilan chekli nafini solishtirib ko’rish kerak bo’ladi
1
.
7.4. Asimmetrik axborotlashgan bozor 
“Men sen bilmaydigan bir narsani bilaman”. Bu bolalar orasida juda mashxur 
xazil, shu bilan birga uning tagida odamlar ba’zida o’zaro qanday muomalada 
bo’lishlarini ko’rsatuvchi haqiqat bor
2
. Hayotda ko’pincha bir odam atrofda nima 
bo’layotganini boshqasidan ko’ra ko’proq biladi. Hozirgi hodisaga ta’luqli bo’lgan 
turlicha bilimlar farqi axborot asimmetriasi deyiladi. 
Misollar. Ishchi o’z ish beruvchisiga qaraganda o’z ishiga qancha kuch ketishini 
ko’proq biladi. Ishlatilgan mashina egasi xaridorga qaraganda mashinaning holati 
haqida ko’proq ma’lumotga ega. Birinchisi yashirin faoliyatga misol bo’lsa, ikkinchisi 
yashirin tavsifga misol bo’la oladi. Ikkala holatda ham ma’lumotga ega bo’lmagan taraf 
(ish beruvchi, xaridor) haqiqiy ma’lumotni bilmoqchi, lekin unga ega bo’lgan taraf 
(ishchi va sotuvchi) ataylab haqiqatni bir qismini berkitishi mumkin.
Assimetrik axborot juda keng tarqalgani sababli iqtisodchilar yaqin o’n yilliklarda uning 
ta’sirini o’rganish uchun juda ko’p kuch sarflashdi. Asimmetrik axborot - bu shunday 
holatki, bozordagi bozor sub’ektlari o’rtasida bo’ladigan savdo-sotiqda ularning bir 
qismi kerakli, muhim axborotga ega, qolgan qismi esa ega emas. 
Bozordagi tovarlarni taqsimlanishi optimal bo’lishi tovarlar narxi va tovar 
to’g’risida qanchalik to’g’ri axborot berishi bilan bog’liq. Raqobatlashgan bozorni 
qaraganimizda biz axborotni simmetrik ravishda taqsimlangan, ya’ni sotuvchilar va 
sotib oluvchilar axborot bilan to’liq ta’minlangan, deb faraz qilgan edik. Bunday 
holatda narxlar sotiladigan ne’matlarning al’ternativ xarajatlari to’g’risida to’liq axborot 
beradi. Aniq va to’liq axborotning bo’lishi bozordagi ne’matlarning optimal 
taqsimlanishiga yordam beradi. Lekin, bozorda ahvol butunlay boshqacha. Sotuvchilar 
o’z tovarlari sifatini yaxshi bilsada, ushbu axborotni xaridordan yashiradi. Xuddi 
shunday xaridorlar ham o’zlarining bozordagi hatti-harakatlarini yashirib, har xil yo’l 
bilan savdo-sotiqda bir tomonlama yutuqqa erishishga harakat qiladi. Bozor narxi o’zida 
juda ko’p axbortni mujassamlashtiradi. Ushbu axborotni bozor qatnashchilari qancha 
to’liq bilsa, savdo-sotiq ikki tomon uchun shuncha samarali bo’ladi, ya’ni ikki tomon 
ham maksimal foyda ko’radi. Yuqoridagidan kelib chiqib aytish mumkinki, bozorda 
axborotlar asimmetrik (to’liq) bo’lmaganligi uchun bozor mexanizmi ham etarli 
darajada mukammal emas.
Haqiqattan 2001 yil iqtisod sohasida Nobel mukofoti sovrindorlari bo’lgan uchta 
iqtisodchi (Jorj Akerlof, Maykl Spens va Jo’zef Stiglitz) larga aynan shu yo’nalishdagi 
ilk qadamlari uchun ushbu mukofot berilgan. Keling bu izlanishlar ochib bergan ba’zi 
tushunchalarni ko’rib chiqamiz.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling