7-mavzu: globallashuv davrida axborot makoni va g‘oyaviy mafkuraviy kurashlar reja


Missionerlik: mohiyat, maqsadlar va oqibatlari


Download 37.27 Kb.
bet4/10
Sana05.01.2022
Hajmi37.27 Kb.
#213798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-mavzu globallashuv davrida axborot makoni va g‘oyaviy mafkura

Missionerlik: mohiyat, maqsadlar va oqibatlari. Missionerlik so‘zi lotincha “missio” felidan olingan bo‘lib, “yuborish”, “vazifa topshirish”, missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan manolarni anglatadi. Missionerlik bo‘lsa, belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi. “Word Book” ensiklopediyasida “Missioner biror diniy guruh tomonidan boshqalarni o‘z diniga targ‘ib qilish va kiritish uchun yuborilgan inson”, degan izoh berilgan.

Prozelitizm biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaratilgan harakatlarni anglatadi. U o‘z mohiyatiga ko‘ra missionerlikning tarkibiy qismi hisoblanadi. Prozelitizm harakatlari boshqa dinni qabul qilgan tub millat vakillari oilalarida nizolar va janjallarning avj olishiga hamda xristianlikning ayrim yo‘nalishlari vakillariga nisbatan dushmanlik hissiyotlarining paydo bo‘lishi orqali dinlararo nizolarning kelib chiqishiga zamin yaratadi. Bugungi kunda missionerlar dunyodagi barcha mamlakatlarda faoliyat yuritadilar. Konkret mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanishga harakat qilish zamonaviy missionerlikning eng muhim xususiyati hisoblanadi. Zamonaviy missionerlikni, belgilangan maqsadlarning mohiyatidan kelib chiqib, shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin.

Birinchi guruhga missionerlikni o‘ziga xos biznesga, shaxsiy boyish manbaiga aylantirgan tashkilotlarni kiritish mumkin. Bunday tashkilotlar asoschilari e’tiqod qiluvchilar sonini ko‘paytirish orqali ularning mulki va boyligiga egalik qilish va shu yo‘l bilan o‘zlarining moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilash va kengaytirishdek maqsadlarni ko‘zlaydilar. Zamonaviy sektalarning mutlaq ko‘pchiligini shu guruhga kiritish mumkin.

Ikkinchi guruhga missionerlikdan siyosiy qurol sifatida foydalanayotgan tashkilot va uyushmalarni kiradi. Bunday guruhlar ortida muayyan hududlarga nisbatan o‘zining aniq geosiyosiy rejalariga ega bo‘lgan davlatlar va siyosiy kuchlar turadi.

Missionerlar o‘z maqsadlariga erishish uchun xilma-xil va turli davrlarga mo‘ljallangan dasturlar ishlab chiqqanlar. Xristian nazariyotchilaridan biri Luis Bush xristian missionerlari alohida e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan hudud – shimoliy kenglikning 10 va 40-parallellari orasida joylashgan, deb hisoblab, uni “10/40 OYNA”, deb atagan edi. Ushbu parallellar orasi esa buddaviylik, konfutsiychilik, hinduiylik, islom, sintoizm va daosizm dinlari keng tarqalgan hududlar hisoblanadi. Bu hududda Osiyoning 40ga yaqin, Afrika qitasining 20dan ortiq davlati joylashgan. Zamonaviy geosiyosatchilar ushbu hudud yirik davlatlar uchun hayotiy-amaliy va geostrategik ahamiyatga ega ekanini qayd qiladilar.

Holbuki, din milliy manaviyatning tarkibiy qismi, millatni birlashtirib turuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Bir tilda gaplashadigan, umumiy tarix va yagona davlatga ega bo‘lgan, ammo turli dinlarga yoki diniy yo‘nalishlarga e’tiqod qiladigan millatlar hamon ichki milliy birlikni taminlay olmayotgani, kichkina bir sabab qayta-qayta nizoli vaziyatlar va fuqarolar urushining kelib chiqishiga zamin yaratayotgani va mamlakatlar o‘z taraqqiyotida o‘nlab yillarga orqada qolib ketayotgani esa afsuslanarlidir. Masalan, Livan aholisining 90 foizidan ortig‘ini arablar tashkil etadi. Rasmiy til arab tili hisoblanadi. Ammo livanliklarning bir qismi islomga (sunniy, shia), qolgan qismi xristianlikka (pravoslav, katolik) e’tiqod qilishi natijasida milliy birlikni ta’minlash qiyin kechmoqda. Mamlakatning amaldagi qonunchiligida davlat boshqaruv idoralarining diniy belgilar asosida shakllantirilishi mustahkamlab qo‘yilgani esa, ko‘pgina hollarda xilma-xil omillar tasirida uning to‘laqonli faoliyatiga to‘siq bo‘lmoqda.

Musulmonlar va xristianlar o‘rtasida vaqti-vaqti bilan kelib chiqayotgan fuqarolar urushi bo‘lsa bu birlikni taminlashni yanada mushkullashtiradi.

Missionerlar o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishadigan bo‘lsalar, ular faoliyat olib borayotgan mamlakatlarda xalqning parokandalikka yuz tutishi va manaviy tanazzulning kelib chiqishi shubhasizdir.


Download 37.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling