Diniy ekstremizm va fundamentalizm g‘oyalari.“Ekstremistik” so‘zi “aql bovar qilmas darajada”, “haddan oshish” ma’nolarini anglatadi. Jamiyatda qabul qilingan qadriyatlar va me’yorlarga zid qarashlarni ilgari surish, keskin qarashlar va choralarga moyillik ekstremizmning asosiy xususiyati hisoblanadi.
Ekstremistik qarashlarni barcha diniy ta’limotlar doirasida uchratish mumkin. Masalan, mutaxassislar katolik cherkovining erkin fikr yurituvchi, hukmron feodal-katolik cherkovi aqidalarini rad etuvchi kishilar – papa hokimiyati dushmanlarini ta’qib qilish uchun XIII asrda tuzilgan va minglab odamlarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan inkvizitsiya faoliyatini ektremizmning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida baholaydi.
Islom shiorlaridan tanlab foydalanadigan, bu din asl mohiyatini buzib talqin qiladigan ekstremistik tuzilmalar ham go‘yoki keng xalq ommasi bilan uzviy birlik mavjudligini ko‘rsatish, aslida esa jamiyatda tartibsizlik va parokandalikni yuzaga keltirish uchun mablag‘ yig‘ish, asosiy tahdid manbai sifatida odamlar ongini egallash, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatga erishishdek ehtiyojlarini qondirish maqsadini ko‘zlaydilar.
Diniy fanatizm (mutaassiblik) – o‘z diniy e’tiqodini birdan-bir to‘g‘ri nuqtai nazar, ta’limot deb ishonish, boshqa e’tiqodlarni, diniy oqimlar mavjudligini tan olmaslikdir. Diniy fanatizm diniy ekstremizmga zamin tayyorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |