7-mavzu: globallashuv davrida axborot makoni va g‘oyaviy mafkuraviy kurashlar reja


Download 37.27 Kb.
bet3/10
Sana05.01.2022
Hajmi37.27 Kb.
#213798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-mavzu globallashuv davrida axborot makoni va g‘oyaviy mafkura

Statistik ma’lumot

SHu nuqtai nazardan tarixga murojaat qiladigan bo‘lsak, dastlab jami bilimlar miqdori juda sekinlik bilan o‘zgarganiga guvoh bo‘lamiz. Biroq 1900 yillardan e’tiboran axborot miqdori har 50 yilda ikki hissa orta boshladi. 1950 yildan axborotlar har 10 yilda, 1970 yildan – har 5 yilda, 1990 yildan esa yiliga ikki hissa orta boshladi. Ortiqcha axborotlarning bunday ko‘p miqdorda bo‘lishi iste’molchining o‘zi uchun foydali axborotni idrok etishini qiyinlashtirib qo‘ydi.


YUrtimizda axborotlashgan jamiyat qurish masalalariga katta e’tibor berilmoqda. Respublikamiz hukumati tomonidan qabul qilingan qaror va dasturlarning barchasida demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat uchun axborotlashgan jamiyatga o‘tishning iqtisodiy, huquqiy, texnologik, madaniy shart-sharoitlari yaratib berilmoqda. Masalan, “Axborotlashtirish haqida”, “Elektron raqamli imzo haqida”gi qonunlar va boshqalar shu maqsadga xizmat qiladi. 2001 yil 30 maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi Farmonda axborotlashgan jamiyatga o‘tishning navbatdagi bosqichida dolzarb muammolarni hal qilishdagi yana bir muhim qadam bo‘ldi. Bu Farmonning asosiy maqsadi – axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirish, jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish, fuqarolarning axborotga bo‘lgan o‘sib borayotgan talablarini yanada to‘laroq qondirish, jahon axborot jamiyatiga kirib borishni kengaytirishdan iborat. Ushbu Farmondan kelib chiqqan holda, uni bajarish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi va 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi. Unda bu sohadagi asosiy yo‘nalishlar: telekommunikatsiyalar infratuzilishini rivojlantirish; kompyuterlashtirish; axborot xavfsizligini ta’minlash; kadrlar tayyorlash va boshqa vazifalar ko‘rsatib berildi.

Mamlakatimizda o‘tgan yillar davomida, ayniqsa, oxirgi 15 yilda ommaviy axborot vositalarini yanada liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.

YUrtimizda, avvalo, ommaviy axborot vositalari rivojini ta’minlaydigan, demokratik talab va standartlarga to‘la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Ushbu davrda ommaviy axborot vositalarini erkin va jadal rivojlantirishga, axborot sohasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi8. Xususan,“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi (2004 y.) qonunda ta’kidlanishicha, axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning xalqaro tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratildi. YAngi tahrirdagi «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi ommaviy axborot vositalarini modernizatsiya qilishni jadal rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

XX asr so‘ngida ro‘y bergan ulkan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar, ikki qutbli dunyoning barham topishi natijasida nisbiy muvozanatning buzilishi jahonning mafkuraviy manzarasini tubdan o‘zgartirib yubordi. “XX asr oxirida dunyoda jo‘g‘rofiy-siyosiy ahamiyati va ko‘lami jihatidan noyob o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bu o‘zgarishlar betakror. Ular nafaqat mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda vujudga kelgan qarashlar va ularning mexanizmlarini chuqur o‘ylab ko‘rishni, balki ko‘p jihatdan qayta baholashni ham talab qiladi. “Sovuq urush” davrida xalqaro munosabatlarga asos bo‘lgan ko‘p qoidalar, tamoyillar va g‘oyalarni tubdan qayta ko‘rib chiqish talab qilinmoqda. Butun dunyo yaxlit va bir-biriga bog‘liq tizim bo‘lib bormoqda, unda o‘z-o‘zidan qanoatlanishga va mahdudlikka o‘rin yo‘q. Bu hol hozirgi xalqaro munosabatlarni shakllantirganda, xalqaro tuzilmalar bilan o‘zaro aloqalarda va ularning faoliyatida ishtirok etganda mutlaqo yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni zarur qilib qo‘ymoqda”9.

Qashshoqlik, ekologik muammolar, zaxiralar taqchilligi, ommaviy kasalliklar, diniy aqidaparastlik va terrorizm XX asrdan XXI asrga meros bo‘lib o‘tdi. XXI asrga kelib esa xavf-xatarlar ro‘yxati, ayrim kuchlarning urinishlari natijasida, yanada kengaydi. Demografik inqiroz, missionerlik, demokratiya eksporti, “ommaviy madaniyat”, g‘arbona turmush tarzini tiqishtirish kabi xavf-xatarlar paydo bo‘ldi. Davlatlar suverenitetini emiruvchi bu xavf-xatarlarga yuzaki qarash, ularni tahdid manbai sifatida e’tirof etmaslik insoniyat boshiga yana ko‘plab kulfatlar solishi muqarrar. SHuning uchun davlatimiz suverenitetiga tahdid solayotgan bunday hodisalarning mafkuraviy poydevorini hosil qiluvchi vayronkor g‘oyalarni fosh etish birlamchi vazifaga aylandi.

Demokratiya eksporti” tushunchalarining mazmun-mohiyati. Davlat hokimiyatini shakllantirishda ishtirok etish huquqi, qonun oldida tenglik, inson huquqlarining ta’minlanganligi va fikr erkinligi bois demokratiya umuminsoniy qadriyat sifatida e’tirof etiladi. Ayrim siyosatshunos olimlar fikricha, demokratiya nafaqat ichki rivojlanishning natijasi, balki tashqi ta’sirning oqibati ham bo‘lishi mumkin. Bunga ular ba’zi sobiq mustamlakalarda demokratik institutlar mustamlakaga ega davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri ostida shakllanganligini yoki demokratik davlatlar bilan qo‘shni bo‘lish ham muayyan ahamiyat kasb etganligini misol keltiradilar. Biroq demokratiya tashqaridan keltirilgan hollarda, mamlakatda ichki shart-sharoitlar etilmagan bo‘lsa, kutilgan natijani bermaydi. Insoniyat tarixi aksariyat mamlakatlarda jamiyatni demokratlashtirish jarayonlari uzoq muddat davom etgani haqida guvohlik beradi. Demokratiya, o‘rnatilmaydi, balki yaratiladi.

SHu boisdan ham demokratiyani ustuvor qadriyat sifatida o‘rganish, ijtimoiy hayotga joriy etish, bir tomondan jahon xalqlari demokratiya an’analarini puxta o‘rganish va o‘zlashtirishni, ikkinchi tomondan ajdodlarimizning adolatli jamiyat barpo etish borasidagi qarashlarini bugungi kunga joriy etishni taqozo etadi.

Umuman, milliy g‘oya, erkin fuqaro va demokratiya – yuqori darajada rivojlangan kishilar jamiyati, insoniyat erishgan buyuk ne’mat, ko‘pchilikka ma’qul yashash tarzidir. Ammo uning amalga oshishi barcha mamlakatlarda bir xil kechmaydi. Har bir mamlakat demokratiyaning umumiy qadriyat va tamoyillarini o‘z milliy qadriyatlari zaminida, o‘z xalqining uzoq tarixi davomida shakllangan an’analari bilan qo‘shib qabul qilganini bilamiz. Masalan, AQSHyoki Angliya, Fransiya (boshqa Evropa mamlakatlariham) demokratikdavlatlarbo‘lsalar-da, lekinharbirio‘zmilliyruhi, an’analarini ham saqlagan. SHu kabi YAponiya, Koreya, Malayziya kabi mamlakatlarda ham demokratik tuzum milliy va diniy e’tiqod-udumlar negizida amal qilmoqda.

SHubhasiz, O‘zbekistonda ham biz ana shunday bo‘lishi uchun intilmoqdamiz. Ayrim kuchlarning muayyan davlatlardagi demokratik jarayonlarni sun’iy tezlatishga urinishlari hech qanday nazariy va amaliy asosga ega emas. Negaki, demokratlashtirish serqirra va murakkab jarayon bo‘lib, mamlakatda demokratik institutlarning tarkib topishi va amal qilishi hali bu davlatlarda demokratiya qaror topganini bildirmaydi. Zero, demokratik qadriyatlarni kishilar ongiga singdirmasdan turib, demokratik institutlarning faoliyatini samarali tashkil etib bo‘lmaydi. Demokratlashuv jarayonlarini sun’iy tezlatishga har qanday urinish aslida tabiiy tadrijiy rivojlanishga inqilobiy zulm o‘tkazishni anglatadi va yasama, soxta demokratiyaning shakllanishiga olib keladi. SHu ma’noda hozirda urf bo‘lgan “rangli inqilob”larni ham o‘zgacha mantiq bilan tushuntirib bo‘lmaydi.

Boshqaruvda o‘zgalardan andoza olish, ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirish mamlakatni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yadi. Barcha xalqlarning ehtiyojlariga to‘la-to‘kis javob beradigan hammabop demokratiya modelining mavjudligi haqidagi fikr aslida demokratiya g‘oyasini obro‘sizlantirayotgan puch g‘oyadan boshqa narsa emas. Jahonda demokratiyaning nechog‘lik asrab-avaylanishi yoki toptalishi aynan shu omilga bog‘liq bo‘lib bormoqda. Demak, demokratiyaning umume’tirof etilgan qadriyatlari hamda milliy qadriyatlar mushtarakligiga erishish demokratik islohotlardagi tadrijiylik va izchillikni kafolatlaydi.

Ommaviy madaniyat” tushunchasi.Ommaviy ishlab chiqarish, “ko‘ngilochar industriya” tomonidan yaratilgan, omma iste’moliga mo‘ljallangan madaniyatning siyqalashtirilgan namunalari ko‘rinishidagi salbiy holat.

Ommaviy madaniyat chuqur ijtimoiy va madaniy ildizlarga ega. Ommaviy madaniyat paydo bo‘lishining ijtimoiy-iqtisodiy ildizlari yirik sanoat ishlab chiqarishining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy qadriyatlarni sodda, barcha uchun tushunarli bo‘lgan tilga ko‘chirish, ommaviy savodxonlikning o‘sishi, kitob nashr qilishning vujudga kelishi ommaviy madaniyatning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan. XX asrda radio, kino, TV, video, kompyuterlar tizimining paydo bo‘lishi natijasida esa ommaviy madaniyat rivoji yangi bosqichga ko‘tarildi.

Ommaviy madaniyatni targ‘ib qilayotgan kuchlarga aslida hech qanday madaniyat va inson ma’naviyati, axloqiy qoida-yu qadriyatlarning keragi yo‘q. Bu harakat ularning strategik reja va siyosiy maqsadlariga erishish, ayrim mamlakatlarning er osti va er usti boyliklariga ega bo‘lish, o‘z izmiga solishi uchun bu bir vosita, xolos. Barcha narsaga erkinlik nuqtai nazaridan qaraydigan ommaviy madaniyatning asosiy maqsadi odamning irodasini susaytirish va oxir-oqibatda erkinligidan judo qilish, ya’ni qulga aylantirishdir. “Ommaviy madaniyat” inson ma’naviyatini yo‘qotish orqali uni bo‘ysundirishga xizmat qiladi. Ayrim mutaxassislar “ommaviy madaniyat”ni kasallik keltirib chiqaruvchi virusga o‘xshatishadi. U inson ongiga o‘rnashib oladi va uni emira boshlaydi. Emirilish natijasida esa butun bir boshli xalqning madaniyati va qadriyatlarining yo‘q bo‘lib ketishi xavfi vujudga keladi.

OAV elektron texnika va yo‘ldosh aloqalardan foydalanib, kishilarni ijtimoiy hodisalar va madaniy boyliklarni bir vaqtda idrok qilishga undaydi. G.E.Makmoen ta’kidlaganidek, “Hammabop va omma yoqtiradigan yangi dunyoviy elektron madaniyat” shakllandi.

Ommaviy madaniyat bozordagi tovarga aylanib, muayyan xususiyatlar kasb etadi. Bugungi kunda “ommaviy madaniyat” iqtisodiyotni eng daromadli tarmog‘iga aylanib bormoqda. Uni hozir “qiziqishlar industriyasi”, “tijoriy madaniyat”, “popmadaniyat”, “bo‘sh vaqtdan foydalanish industriyasi” deb ham atashmoqda.

Ommaviy madaniyat kishilarni hayotning befarq kuzatuvchisi, tomashabiniga aylantiradi. SHaxsning ijodkorlik qobiliyati yo‘qolib, tayyor “madaniy mahsulotlar” iste’molchisiga aylanib qoladi. Omma shaxsga, o‘ziga o‘xshamay qoladi, o‘zligini yo‘qotadi. Robotga o‘xshab bir xil fikrlaydigan o‘rtamiyona insonlar shakllanadi.




Download 37.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling