7-mavzu: globallashuv davrida axborot makoni va g‘oyaviy mafkuraviy kurashlar reja


Download 37.27 Kb.
bet8/10
Sana05.01.2022
Hajmi37.27 Kb.
#213798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-mavzu globallashuv davrida axborot makoni va g‘oyaviy mafkura

Mafkuraviy immunitet – shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‘oyaviy ta’sirlardan himoya qilishga xizmat qiladigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimidir. Aslida immunitet (lot. immunitas – ozod bo‘lish, qutilish) tibbiyot fani termini bo‘lib, organizmni turli zararli ta’sirlardan, tashqi infeksiyalar xurujidan himoya qiladigan reaksiyalar majmuini ifoda etadi. Kishi organizmidagi immun tizimini kuchaytirish, yanada mustahkamlash talab etilgan paytda unga qo‘shimcha quvvatlar yuboriladi, turli kasalliklarga bardoshlilik darajasi oshiriladi. Masalan, kuz fasli boshlaridan xuruji kuchayishi kutiladigan gripp xastaligiga qarshi maxsus emlash amaliyoti borki, bunda kishi organizmi mazkur virus bilan “olishish” uchun alohida tayyorlanadi, sergaklantiriladi.

Mafkuraviy immunitetni hosil qilish va kuchaytirish esa birgina emlash, bir-ikki harakat bilangina erishiladigan natija-samara emas. Qolaversa, odam va boshqa tirik jonzotlar organizmi tug‘ilishdan tabiiy immunitetga ega bo‘lib dunyoga kelsa, mafkuraviy immunitet tug‘ma holatda, tayyor shaklda bo‘lmaydi. Uni insonning umri davomida hosil qilib borish, doimiy kuchaytirib turish talab etiladi. YAna bir murakkab jihati – hayotning achchiq-chuchugini tatigan, yillar osha yaxshi-yomonni farqiga bora olish darajasiga etgan otaning tayyor bilim va tajribalarini uning bolasiga mexanik tarzda ko‘chirishning imkoni yo‘q. Boshqacha qilib aytganda, mafkuraviy immunitetni hosil qilish ishi har bir insonda alohida, yana boshqatdan – yangitdan boshlanishi, takomilga etkazilishi kerak.

SHularga ko‘ra, mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi elementi bu – bilim hisoblanadi.

Mafkuraviy immunitet tizimining ikkinchi asosiy elementi ana shunday ilg‘or bilimlar asosida shakllanadigan nuqtai nazar, baholar, qadriyatlar majmuidir. CHunki bilimlar qanchalik ob’ektiv va chuqur bo‘lsa, uning zamirida yuzaga keladigan, inson o‘zi uchun e’tiqod darajasida yuksak deb biladigan qadriyatlar ham shunchalik mustahkam, sobit bo‘ladi. Bunday qadriyatlar tizimi mafkuraviy immunitetning imkoniyatlarini oshiradi va zararli g‘oyalar yo‘lida mustahkam qalqon bo‘lib xizmat qiladi.

YUqorida aytilgan ikki element mafkuraviy immunitetning uchinchi muhim elementi bilan, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi maqsadlar – mo‘ljallar tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ana shunday aniq maqsadlar tizimi bo‘lmas ekan, inson, millat, yoki jamiyat o‘z yo‘lini yo‘qotadi, ham oshkora, ham pinhona mafkuraviy xurujlarga nishon bo‘laveradi. Soddaroq qilib aytganda, har qanday davlat va jamiyat o‘zini kelajakka eltuvchi, xalqni shu yo‘lga sag‘arbar etuvchi ezgu g‘oya – maqsadlarsiz yashashi, muayyan ideallarsiz mavjud bo‘lishi o‘ta mushkul. Ayniqsa, bir ijtimoiy-siyosiy tizimdan boshqasiga o‘tishga chog‘langan jamiyat va uning yo‘lboshchisi xalqqa mana shunday g‘oya – mo‘ljalni albatta taklif qilishi, uning quruq va’da emasligiga ommani ishontira olishi, g‘oyaning hayotga muvaffaqitli tatbiq etilishiga bosh-qosh bo‘lishi kerak. Ana shunda nafaqat bir-ikki fuqaroning, balki butun jamiyat a’zolarining, ularning millati, irqi, tili va dini, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, mafkuraviy immuniteti mustahkam, kelajakka ishonchi sobit va bukilmas qiyofa kasb etadi.

Albatta, mafkuraviy immunitetni shakllantirish kishilar ongiga bir xil g‘oyani zo‘r berib tiqishtirish degani ham emas, balki odamlarda ilg‘or dunyoqarashni, milliy o‘zlikni anglashni, alohida olingan inson va xalq manfaatlariga zid, zararli g‘oyalarni ajrata bilishni, ularga nisbatan hushyor va ogoh bo‘lish xususiyatlarini tarbiyalash demakdir. Ma’lumki, davlat, jamiyatning qudrati uning ichki xavfsizligi va barqarorligiga tayanadi, shulardan kuch oladi. YA’ni jamiyat, millat o‘z oldiga qo‘ygan g‘oyasida sobit bo‘lsa, qarshi tomon qo‘llashi mumkin bo‘lgan g‘oyaviy tahdidlarga javob bera olish salohiyatiga ega bo‘lsa, bunday xalqni osonlikcha engish mumkin emas. Aksincha, jamiyat ichidagi g‘oyaviy parokandalik, bo‘linishlar mamlakat dushmanlariga, ularning yot mafkuralariga yo‘l ochib beradi. Bunday xalqni engish ham, mustamlaka qilish ham oson kechadi.

SHu boisdan ham mamlakatimiz xavfsizligi uchun eng muhim kafolat – barcha O‘zbekistonliklarning milliy g‘oyamiz atrofidagi jipsligi, fuqarolar ongi va qalbidagi mafkuraviy immunitetning mustahkamligidir, deyish mumkin. Zero, yurtimizda qaror topgan ijtimoiy-siyosiy, moddiy-iqtisodiy barqarorlik, keng ko‘lamdagi ijtimoiy hamkorlik, milliy birlik va hamjihatlikni saqlab qolish va rivojlantirish yo‘li bilangina qo‘lga kiritilgan istiqlolni himoya qila olamiz. Xalqaro hamjamiyat bilan teng huquqli, o‘zaro manfaatli aloqalar esa mustaqillikni mustahkamlashning yana bir muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Ana shundagina mintaqamiz sivilizatsiyalar hech qachon to‘qnashmaydigan, balki ular bir-biriga ta’sir etib, bir-birini boyitishning ibratli namunasini beradigan makonga aylanadi.


Download 37.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling