7-Mavzu: I, II, III,guruh anionlarini biologik ahamiyati. Nitrat anionini aniqlash reaksiyasi. Reja


Quruq modda tarkibidagi kationlarni topish


Download 73.5 Kb.
bet6/8
Sana18.12.2022
Hajmi73.5 Kb.
#1028856
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu I, II vа III guruh аniоnlаri аrаlаshmаsining аnаlizi

Quruq modda tarkibidagi kationlarni topish
Quruq moddani eritilgandan so’ng, dastlab undan kationlar topiladi, chunki ba`zi kationlarning bo’lishi bir qator anionlarni modda tarkibida yo`qligi to’g`risida xulosa chiqarishga yordam beradi.
Quruq modda eritmasi tarkibida PO43- anionlarining bo’lishi kationlarni topishga xalaqit beradi. III guruh kationlarini (NH4)2S ta`sirida cho’ktirishda ishqoriy eritmadan bir vaqtning o’zida II guruh kationlari va magniy kationini fosfatlari ham cho’kmaga tushib qoladi. Shunday qilib PO43- anioni ishtirokida III guruh kationlarini II guruh kationlaridan ajratib bo’lmaydi. Ularni ajratish uchun eritmadan PO43- ni yo`qotish kerak. Buning uchun eritmada kislotali muhit (pH=5) mavjud qiladigan astetat bufer aralashma CH3COOH+CH3COONa ishtirokida Fe3+ tuzlari bilan PO43~ ni FePO4 holda cho’kmaga tushiriladi. pH ning bunday qiymatida Ba2+, Sr2+, Ca2+ va Mg2+ ionlari hamda Zn2+, Mn2+, Ni2+, Co2+ va Fe2+ (ya`ni barcha ikki zaryadli kationlar) eritmada qoladi. Alyuminiy, xrom fosfatlari, aksincha FePO4 bilan birga cho’kmaga tushadi. Fosfat anionini to’liq cho’kmaga tushirish uchun orticha Fe3+ kationlari zarur bo’ladi. Ortib olgan Fe3+ ni yo`qotish va FePO4 ni to’liq ajratib olish uchun eritma qaynatiladi. Bunda ortiqcha Fe3+ kationlari asosli astetat holida cho’kmaga tushadi. Cho’kma ajratib olinib A13+, Sg3+kationlari bor yo`qligi tekshiriladi. sentrifugat tarkibidagi boshqa kationlar borligi I-V guruh kationlari aralashmasini ana­liz qilish tartibi bo’yicha topiladi.

Download 73.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling