Quruq modda tarkibidagi anionlarni topish
Quruq modda eritmasidan kationlarni topish jarayonida yo`l-yo`lakay u yoki bu anionlarning bor-yo`qligi to’g`risida ma`lumotga ega bo’lish mumkin. Quruq modda suyultirilgan xlorid yoki nitrat kislotada eritilgan bo’lsa, va bu eritmadan Ba2+, Sr2+, yoki Pb2+ kationlari aniqlangan bo’lsa, o’z-o’zidan ravshanki, tekshirilayotgan eritmada SO42- anionlari bo’lmaydi. Neytral yoki ishoriy muhitli eritmadan Ba2+ kationlari topilgan bo’lsa, ishonch bilan tekshirilayotgan eritmada I guruh anionlarining hammasi yo`q deb aytish mumkin bo’ladi. Cho’kmasi bo’lmagan eritmadan Ag+ kationlari topilsa, II guruh anionlari yo`qligini ko’rsatadi. CO32-, S2-, SO32- va S2O32- anionlari borligi kationlarni analiz qilish yo`lida eritmani kislotali muhitga keltirishda gazlar (CO2, H2S, SO2) ajralib chiqishga qarab topilishi mumkin.
Tekshirilayotgan quruq modda eritmasida ayrim anionlarning bor-yo`qligi haqida xulosa chiqarilgandan, unda bo’lishi ehtimoli tutilgan anionlarni topishga o’tiladi.
Anionlarni topish uchun quruq moddani maxsus tayyorlab olish lozim. Anionlarni faqat eritmada K+, Na+ va NH4+ kationlari ishtirokidagina oson aniqlash mumkin. Boshqa kationlar, ya`ni «og`ir metallar»ning kationlari - II-VI guruh kationlari anionlarni aniqlashga xalaqit beradi. Eritmada bu kationlarning ba`zilarini rangli bo’lishi, oksidlash-qaytarish xossalari borligi, bir qator anionlar bilan birikib, cho’kma berishga qobil ekanligi anionlarni topishga xalaqit beradi. Shuning uchun «og`ir metallar»ning kationlarini yo`qotish va hamma tuzlarni natriy tuzlariga aylantirish maqsadida tekshirilayotgan modda natriy karbonat Na2CO3 eritmasi qo’shib qaynatiladi. Bunda II-VI — guruh kationlari karbonatlar yoki gidroksidlar holida cho’kadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |