H2O – KCl sistemasining holat diagrammasi
Bu diagramma bo’yicha 273K da kaliy xlorid tuzining suvdagi eruvchanligi 21,9% ga teng (a nuqta). Tarkibida 36,5% kaliy xlorid bo’lgan to’yingan eritma 381,6K va 0,1013 Mpa da qaynaydi, shuning uchun chiziq uzilgan. Agar bir muz (yoki qor) olib unga KCl kristallarini aralashtirsak, muz eriy boshlaydi va tuz hosil bo’layotgan suvda eriydi, va uch fazali sistema hosil bo’ladi, ya’ni muz, kaliy xlorid tuzi kristallari va KCl eritmasi.
Bunda erkinlik darajasi S3-30 bo’ladi. Demak, bu uch faza evtektik harorat (262,3K) da turadi. YA’ni, sistemada uch faza bo’lib tursa muvozanat aralashma 262,3K haroratda barqaror bo’ladi. Sanoatdagi sovutuvchi aralashmalarni tayyorlash shunga asoslangan.
Bu suyuqlik sistemalari P=const da tarkib – harorat diagrammasi yordamida o’rganiladi. (Bu diagrammalar asosida ikki qavatga ajralib qolmaydigan suyuq dori moddalarning tarkibini aniqlash mumkin). Bu suyuqlik sistemalari P=const da tarkib – harorat diagrammasi yordamida o’rganiladi. (Bu diagrammalar asosida ikki qavatga ajralib qolmaydigan suyuq dori moddalarning tarkibini aniqlash mumkin). 1)yuqori kritik erish haroratli (fenol-suv, anilin-suv) 1)yuqori kritik erish haroratli (fenol-suv, anilin-suv) Anilin-suv sistemasini olib, aralashtirib turgan holda suvga ozgina anilin qo’shsak, anilin suvda eriydi. Ma’lum tarkibgacha sistema tiniq bo’lib, anilinning suvdagi to’yinmagan eritmasi hosil bo’ladi.Lekin, anilin miqdorini oshirib borsak, anilin loyqa hosil qiladi va aralashma tinganda 2-qavat hosil bo’ladi: -pastki qavat suvning anilindagi eritmasi. Sistema geterogen bo’lib qoladi. SHunday qilib, diagrammadagi ikki oraliqda ikkita to’yingan eritma bor. Harorat oshirib borilgan sari ikkala qavatdagi erigan suyuqliklarning miqdori orta boshlaydi, ya’ni suyuqliklarning bir-birida erishi ortadi, geterogen soha kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |