CHizmadagi TA, TB lar Toza A va B komponentlarning suyuqlanish haroratlaridir. TAE egrisidagi nuqtalar A modda kristallari bilan muvozanatda turganda suyuqlanmalar tarkibini ko’rsatadi, ya’ni shu haroratda A moddani suyuqlanmadagi eruvchanligini bildiradi. SHuningdek, TBE egrisidagi nuqtalar ma’lum haroratda B ning kristallari bilan muvozanatda turgan suyuqlanmalar tarkibini ko’rsatadi. TAE va TBE egrilari likvidius chiziqlari deyiladi.
E nuqta – evtektik nuqta deyiladi va bu nuqtada A va B moddalar kristallari suyuqlanma bilan muvozanatda bo’ladi. E nuqtaga mos keladigan suyuqlanma evtektik suyuqlanma deyiladi va harorat TE ham evtektik harorat deb ataladi. Qattiq holdagi evtektik aralashma A va B ning kristallaridan iborat bo’ladi. Sovush egrisiga nazar solib, bu aralashma toza modda kabi qotishini (va erishini) ko’rish mumkin.
FG to’g’ri chizig’idagi nuqtalar suyuqlanma bilan muvozanatda turgan A yoki B (E nuqtada ikkalasi ham) kristallarini ko’rsatadi. Bu chiziq – solidus chizig’i deyiladi. Bu chiziqdan pastda suyuq faza bo’lmaydi. Likvidius va solidus chiziqlari (TAE, . TBE., FG) bilan diagramma 4 qismga bo’linadi. Likvidus chiziqlaridan (TAE,TV) yuqoridagi yuzada faqat bir - suyuq faza mavjud. TAFE yuzasida suyuqlanma va A kristallari, TBGE yuzada suyuqlanma va B kristallari va AFGB yuzada A va B moddalarning kristallari mavjud bo’ladi.
Diagrammada biror M figurativ nuqtaga mos keladigan tarkibli sistemani olib sovush jarayonini kuzataylik. (Diagrammadagi sistemani harorati va tarkibini ko’rsatuvchi har qanday nuqta figurativ nuqta deyiladi).
M nuqtada sistema ikki variantlidir. CHunki, F1 S3-12 ya’ni, sistema tarkibini va haroratini ma’lum chegarada o’zgartirishi mumkin.
Sistemani haroratini a0 gacha sovitilsa birinchi A kristallari tusha boshlaydi. Bundan F2 va S3-21 bo’lib, sistema bir variantli bo’ladi. Binobarin, bu holatda faqat harorat o’zgarishi mumkin, tarkib esa erksiz o’zgaradi (buni TAE egri chizig’ida aniqlash mumkin).
Sovutish davom ettirilsa harorat pasaya boradi va suyuqlanmadan A kristallari cho’kmaga tusha boshlaydi. Demak, suyuqlanma nisbatan B modda bilan boyib boradi. b0 figurativ nuqtada sistema ikki fazali bo’lib qoladi. SHu haroratda suyuqlanma tarkibini bilish uchun b0 orqali gorizontal b1b2 chiziq o’tkaziladi. Bu chiziqlar konnodalar deb ham ataladi. b2 va b1 nuqtalar muvozanatdagi ikki fazalar tarkibini: b2 – nuqta-qattiq faza tarkibini (A kristall); b1 – suyuqlanma tarkibini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |