7-mavzu. Ikki komponentli qattiq sistemalar. Fizik-kimyoviy tahlil usullari
Download 1.08 Mb.
|
8-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Evtektikali sistema
- Bu diagramma suyuqlanma
CHizmadagi A, B, 1, 2, 3, 4 – sovush egrilari. Bu egrilarni olish uchun ma’lum tarkibdagi ikki komponentli aralashma yoki toza modda oldin suyuqlanguncha (to’la) isitiladi va keyin bir maromda sovitilib, harorat o’zgarishi yozib boriladi. Uzluksizlik tamoyiliga binoan sistemadagi fazalar soni o’zgarmay tursa xossa ham bir tekis o’zgarib boradi; yangi faza paydo bo’lishi bilan sovush egrilarida sinish paydo bo’ladi. SHuni ta’kidlash lozimki, toza modda bir haroratda erib, shu haroratda qotadi; aralashmalar esa ma’lum haroratlar oralig’ida (intervalida) eriydi va qotadi. Toza modda sovutilganida qotish haroratida, sovush egrisida keskin sinish (absissa o’kiga deyarli parallel chiziq) kuzatiladi. SHularni nazarda tutib, sovush egrilaridan foydalanib holat diagrammasi chiziladi. Gibbsning fazalar qoidasidan ma’lum, o’zgarmas bosimda ikki komponentli sistema uchun erkinlik darajasi (K2 da) S3-F ga teng bo’ladi. Binobarin, muvozanatdagi sistemada fazalari soni 3 dan ortiq bo’lmasligi kerak (S0 bo’ladi) va erkinlik darajasi S2 dan ortiq bo’lmaydi (harorat va fazalar tarkibi). Evtektikali sistemaEvtektikali sistemaKondensirlangan ikki komponentli sistemalar diagrammalari ichida evtektikali sistema holat diagrammasi asosiy toifa hisoblanadi. Bunday diagrammani qattiq holatda eritma yoki kimyoviy birikmalar hosil qilmaydigan ikki komponentli sistema hosil qiladi.Bu diagramma suyuqlanma uchun qaralgani bilan eritma uchun ham o’rinlidir.CHizmadagi TA, TB lar Toza A va B komponentlarning suyuqlanish haroratlaridir. TAE egrisidagi nuqtalar A modda kristallari bilan muvozanatda turganda suyuqlanmalar tarkibini ko’rsatadi, ya’ni shu haroratda A moddani suyuqlanmadagi eruvchanligini bildiradi. SHuningdek, TBE egrisidagi nuqtalar ma’lum haroratda B ning kristallari bilan muvozanatda turgan suyuqlanmalar tarkibini ko’rsatadi. TAE va TBE egrilari likvidius chiziqlari deyiladi.Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling