7-маvzu: informatsion-kommunikatsion texnologiyalarining dasturiy ta’minoti. Reja


Download 127.17 Kb.
bet6/8
Sana06.11.2023
Hajmi127.17 Kb.
#1752055
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-мавзу

Operatsion tizim (OT) - bu EHM zahiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan o‘zaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek, foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotni ta’minlovchi dasturiy vositalar yig‘indisidir.
OT foydalanuvchiga HT bilan qulay muloqot qilish usulini (interfeys) taqdim etadi.
Interfeys bunda dasturiy va foydalanidigan bo‘lishi mumkin.


OTlarning tasniflanishi
OT lar quyidagi omillar bo‘yicha tasniflanadi:

  • bir vaqtda ishlaydigan foydalanuvchilar ( bir kishi, ko‘p kishi );

  • tizim boshqaruvi ostida bir vaqtda foydalanuvchi jarayonlar ( bir vazifali, ko‘p vazifali);

  • qo‘llab-quvvatlovchi jarayonlar ( bir protsessorli, ko‘p protsessorli);

  • OT kodi razryadligi( 8 razryadli, 16 razryadli , 32 razryadli, 64 razryadli);

  • interfeys turi ( buyruq va ob’ektli - yo‘naltirilgan (grafik)ligiga ko‘ra);

  • foydalanuvchining EHM ga kirishi turi ( paketli qayta ishlash, vaqt bilan bo‘linishi, real vaqtga ko‘ra );

  • zahiralardan foydalanish turi (tarmoqli, lokal).

Operatsion tizimlar(OT) axborotni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydi. OTning vaztfalaridan biri axborotning kirish chiqish jarayonini avtomatlashtirish foydalanuvchi hal etaydigan amaliy vazifalarni bajarishni boshqarishdir. OT kerakli axborotni EHM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi; to‘g‘ri hisoblashlarga xalakit beruvchi vaziyatlarni tahlil etadi qiyinchiliklar paydo bo‘lganda nima qilish zarurligi haqida ko‘rsatma beradi.Bajariladigan vazifalardan kelib chiqib OT ni uch guruhga bo‘lish mumkin.

Bir vazifali OT bir foydanuvchining aniq bir paytda aniq bir vazifani bajarish uchun mo‘ljallangan.Bu operatsion tizimlarning tipik vakili MS DOS dir.
Ko‘p vazifali OT vaqtni multi dastur rejimida tasvirlashda EHMdan jamoa bo‘lib foydalanishni taminlaydi. Bunday sinfdagi OT ning tipik vakillari: IBM korpora-siyasining UNIX, OS 2, Microsoft Windows 95 ,Microsoft Windows NT va boshqalardir.
Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.Tarmoqli OTlarning tipik vakillari:Novell NetWare, Microsoft Windows NT, Banyan Vines,IBM LAN, UNIX, Sun firmasi mahsuloti Solaris dir.
Tarmoqli OT – umumiy arxitekturaga va kommunikatsiya protokollariga ega bo‘lgan va lokal hisoblash tarmoqlarini boshqaruvchi tizimli dasturiy vositaga aytiladi. Tarmoqli OT taqsimlangan tarmoqni yaxlitligini ta’minlaydi. Tarmoq OT quyidagi komponentlardan iborat:

  • Server OT

  • Kliyent-server uchun amaliy dasturlar

  • Ishchi stansiyalarni o‘zaro aloqasini ta’minlaydigan dasturiy ta’minot.

Ushbu komponentlar o‘zaro aloqada bo‘lib tarmoqni boshqarishi quyidagi sxemada keltirilgan.


Download 127.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling