7-маvzu: informatsion-kommunikatsion texnologiyalarining dasturiy ta’minoti. Reja


Download 127.17 Kb.
bet7/8
Sana06.11.2023
Hajmi127.17 Kb.
#1752055
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-мавзу

DOS oilasidagi OT
Bu oilaning birinchi vakili - MS DOS tizimi 1981 yilda chiqarilgan. DOS bir vazifali bo‘lib, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
-EHM li interfeys foydalanuvchi kiritadigan buyruq yordamida amalga oshiriladi;
-tizimni EHM ning boshqa turlariga o‘tishini soddalashtiradigan tuzilma mavjudligi;
-operativ xotiraga kirish hajmining uncha katta emasligi.

OS/2 oilasidagi OT
OS/2 OT lari IBM firmasi tomonidan 1987 yilda ishlab chiqarilgan. U IBM PC - mos kompyuterlar uchun 32 razryadli grafik ko‘p vazifali OT sifatida bir necha amaliy dasturlar parallel ishini tashkil etish imkonini berib, bunda bir tizimni ikkinchisidan, OT ni undaishlayotgan dasturlardan muxofaza qilishni ta’minlaydi. OS/2 da dastur yozish uchun amaliy dasturlashtirish interfeysi API da mavjud tayyor dasturiy modullardan foydalanish mumkin.
UNIX oilasidagi OT
Ular 32 razryadli ko‘p vazifali ko‘p (kishi) foydalanadigan OTdir. UNIX ning kuchli tomoni shundaki, bitta tizimning o‘zi turli kompyuterlarda - superkompyuterlardan SHK gacha foydalaniladi, bu xol tizimni bir mashina arxitekturasidan boshqasiga kam sarf bilan utkazish imkonini beradi.
UNIX taqsimlovchi ma’lumotlar bazasiga kirish, lokal tarmoqlar, olis masofadan aloqa qilish va oddiy modem yordamida global tarmoqlarga chiqish imkonini o‘zida birlashtiradi.
UNIX da pochta xizmati - uning asosiy tarkibiy qismlaridandir.
WINDOWS oilasidagi OT
Windows oilasidagi OT lar MS firmasi tomonidan tayyorlangan. Ular qulay grafik interfeysni o‘zida namoyon etuvchi ko‘p vazifali OTlardir.
Windows 95 OT va Windows NT OT lar shu oilaning asosiy vakilidir.
Windows NT OT - eng ko‘p tarqalgan 32 razryadli tarmoqli OTdir. U ikki xil - Windows NT Server va Windows NT Workstation modifikatsiyalarida chiqarilgan.
Windows NT Server birinchi navbatda tarmoq zahiralarini boshqarish uchun mo‘ljallangan. Tizim samaradorligi zarar yetmagan holda yuqori safarbarlik va xavfsizlikni ta’minlaydi.
Windows NT Server axborotning tezkor ishlashini tashkil etish va global tarmoqlar zahiralarini ko‘rib chiqish uchun vositalarni o‘zida saqlaydi, istalgan aloqa kanallaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlaydi, bir serverga bir vaqtning o‘zida 256 gacha SHK ulanishini qo‘llab - quvvatlaydi, bir necha server esa hammabop tarmoq xizmatini tashkil etish uchun foydalanishi mumkin.
Windows NT Workstation lokal kompyuterlar va ishchi stansiyalarda ishlash uchun mo‘ljallangan. U eng himoyalangan va ishonchli 32 razryadli OT dir.
Windows NT Workstation maxfiy ma’lumotlar yoki dasturlarni ishonchli muxofaza qilish zaruriyati tug‘ilganda, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlar tahlilida yuqori samaradorlik muhim bo‘lgan ishlarni bajarishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.


Download 127.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling