7-mavzu: jismoniy tarbiyaning umumiy va uslubiy tamoyillariga tavsif reja


Ta`lim jarayonida ko’rgazmalilik principi


Download 96.5 Kb.
bet2/9
Sana26.01.2023
Hajmi96.5 Kb.
#1123426
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-mavzu

Ta`lim jarayonida ko’rgazmalilik principi
Mashqni ko’rsatish tushunchasi jismoniy tarbiya ta`limi jarayonida o’zining keng ma`nosiga ko’ra pedagogika nazariyasi ramkasidan allaqachonlar chiqib ketgan. hozirgi kunda bu tushuncha o’ziga his qilish, obrazli ifodalay olish, tashqi shaklini ifodalab namoyish qilishdek keng ma`noni oladi.
Ta`lim jarayonida bajarib ko’rsatish va ko’rishning bir-biri bilan o’zaro bog’liqligi. harakat faoliyati haqidagi birlamchi (boshlang’ich) tushuncha mashqning natural shaklda bajarilishini ko’rgandan so’ng hosil bo’ladi. Ko’rgazmali qurollar, suratlar, chizmalar, maketlar, kino suratlar (sekinlashtirib olinganlari), kino-badiiy, hujjatli, o’quv fil`mlari, video, mul`tvideo vah.k. tarzida ko’rsatiladi va taqlid tarzida ularni bajarish o’quvchidan talab qilinadi.
Wzlashtirish jarayonining asosiy omili hisoblangan ko’rgazmalilikning ikki ko’rinishi amaliyotda mavjud bo’lib, ular mashqni aynan bajarib yoki vositali yordami bilan ko’rsatish deb farqlanadi.
Aynan yoki vositali ko’rgazmalilik ta`lim jarayonida o’qituvchiga mashqni namunali darajada bajarib ko’rsatish talabini qo’yadi. Namunali darajadagi ko’rsatish-namoyish qilish sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xatolarning oldini olishini amalda isbotlangan. Amaliyotda esa harakatning qanday bajarilishini o’quvchi ko’rmay turib, uning texnikasini o’rgatish boshlab yuboriladi va bu o’z navbatida shug’ullanuvchilarni xatolariga sabab bo’ladi. Ularni tuzatish ta`lim jarayonining vaqtini cho’zilishiga olib keladi. Mashqni namunali tarzda ko’rsata olmaydiganlar mashqlarni oldindan tanlangan va tayyorlagan shug’ullanuvchi orqali ko’rsatishdan foydalanishi lozim.
Harakat faoliyati xaqida birlamchi (dastlabki) tushuncha o’quv kino tasmasi, chizma, rasm, maket, plakat, va boshqalarda mashqni shug’ullanuvchilarga ko’rsatish orqali hosil qilinadi, ayniqsa, katta, wrta, maktab yoshidagilar uchun ko’rgazmalikni bu uslubi ularning fikrlashi,harakatni his qilishi uchun qo’l keladigan vositadir.his qila olish qobiliyati yaxshiroq shakllangan shug’ullanuvchida ko’z oldiga keltira olish, taqlid qila bilish (avvaliga mexanik) tarzda bo’lsa ham ahamiyati kattadir. Ayniqsa, ta`limning ketma-ketligi o’zlashtirishda (harakatni bo’laklarga ajratib o’rgatishda), yo’llanma beruvchi mashqlar (harakat texnikasining asosiga yaqin bo’lgan mashqlar)dan foydalanish, harakat texnikasini o’zlashtirishni osonlashtradigan (bajarilishi tarkibida aynan shu harakat elementlari bor) mashqlarni qo’llash ta`lim jarayoniga ko’rgazmalilik principi qo’yadigan asosiy talablar bo’lib, bular, harakat xaqidagi tushunchalar mezonini oshiradi.
Mashqni bajarishda “o’z soyasidan foydalanish”, “harakat satxi chegarasini belgilash”, «taqlid qilish”, “mwljal olish”, “wxshatish”, ko’rgazmalilikning uslublardandir.
Bular ta`lim jarayonini faollashtiradi, birlamchi malakani shakllantirish va harakatni oliy tartibda bajara olishga yo’l ochuvchi asosiy omillardir.



Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling