7-mavzu: jismoniy tarbiyaning umumiy va uslubiy tamoyillariga tavsif reja
Download 96.5 Kb.
|
7-mavzu
İkkinchidan – nagruzka bilan dam olishni racional almashtirish muammosini hal etishda tiklanish jarayoni fazali ekanligini hisobga olishimiz, navbatdagi nagruzka tiklanishning qaysi fazasiga to’g’ri kelayotganligini, chunki wsha nagruzkaning samarasi qaysi fazaga tushganligiga qarab turlicha bo’lishini unutmasligimiz kerak. Agar nagruzkalar orasidagi interval cho’zilib ketsa «tiklanish» fazasiga to’g’ri kelmasa, amalda funkcional imkoniyatlar oshmaydi. Agar navbatdagi nagruzka qayta tiklanib ulgurmagan fazaga to’g’ri kelsa, pirovard natijasi funkcional imkoniyatlarning pasayishiga hamda oxir-oqibat charchashga olib keladi. Lekin nagruzka “yuqori tiklanish” fazasiga mos kelib qolsa, uning hajmi va intensivligini oshirish uchun imkoniyat yaratiladi va shu tariqa ish qobiliyati doimiy ortib boradi. Shunga e`tibor berish kerakki nagruzka bilan dam olishni wrin almashtirilishi har bir mashg’ulot davomida olib borilmasligi kerak degan tushuncha paydo bo’lmasligi kerak.
Qator mashqlarni, ayniqsa, chidamlilikni rivojlantirishga yo’naltirilganini qisman qayta tiklanib ulgurmagan fonda bajarishga ruxsat etiladi, xatto uni maqsadga muvofiq deyish ham to’g’ri bo’ladi, chunki ish qobiliyatining oshishi charchash orqali amalga oshiriladi. Bu fikrni alohida turkum mashg’ulotlar uchun ham aytish mumkin. Organizm to’la tiklanmagan sharoitda qator mashg’ulotlar wtkazib, biz ularning effektini to’plagandek (yiqqandek) bo’lamiz va bu bilan organizmga nisbatan qattiq talablar qo’yamiz, navbatdagi dam olish davridagi kuchli tiklanish uchun etarli stimul yaratamiz. Dam olishning intervali bu turkumdagi mashg’ulotlar uchun, albatta, ish qobiliyatining umumiy tiklanishi “yuqori tiklanishi” uchun etarli darajada katta bo’lishi lozim. Qayta tiklana olmaganlik fonida ahamiyatli darajadagi yuklamadan shug’ullanuvchilarning muvofiq ravishdagi dastlabki tayyorgarligidan so’ng foydalaniladi. Turkumli qayta tiklana olmaganlik fonida wtkazilgan mashg’ulotlarning effekti yig’indisiga nisbatan ehtiyotkorlik zarur. Bu tizimdagi nagruzkalar asosan sport trenirovkalari uchun xarakterlidir. Yana bitta aniqlik kiritaylik. Amaliyotda nisbatan abstrakt va soddalashtirilgan tiklanish va bir xil tipdagi nagruzka jarayonining grafigiga duch kelamiz.hayotda, jismoniy tarbiya praktikasida nagruzka doimo xarakteriga ko’ra (kuch, tezlik, chidamlilik vah.k.) intensivligi hajmiga ko’ra navbatlashadi. Tiklanish jarayoni turlicha bo’lgan organ va sistemalarda bir xilda va bir vaqtning o’zida bormasligi e`tibori-mizda (geteraxron tarzida) bo’lishi lozim. Bundan tashqari, xatto bir turdagi funkcional tuzum chegarasida ham turli funkcional xususiyatlar tiklanishida ham geteroxronlik kuzatiladi, giteroxronlik bilan bog’liq bioximik jarayonlardagi tiklanish ham teng amalga oshmaydi. Masalan, muskulni energiya potencialining tiklanishida avvaliga ATFning miq-dori normallashadi, so’ngra kreotinfosfat va nihoyat, glikogen o’z normasiga qaytadi, bu harakat apparati ish qobiliyati tiklanishining bir vaqtning o’zida, ayniqsa, turli xarakterdagi ishni bajargandan so’ng rwy bermasligini ko’rsatadi. Mashg’ulotlar ketma-ketligi va ularning mazmunini turli tomonlarining o’zaro bog’liqligi, mashg’ulotlarning optimal ketma-ketligi muammosi, kuchiga yarashalilik muammosi bilan uzviy bog’liq. Haqiqatdan ham jismoniy tarbiya jarayonida bir yo’lni tanlash bilan biz shug’ullanuvchilarning imkoniyatlari va ularning rivojlanish qonuniyatlari bilan hisoblashishga majburmiz, ya`ni shu etap uchun nimani uddalay olamiz-kuchimizga yarasha, keyingisida nimadan iborat bo’lishi lozimligini belgilab olamiz. Shunday qilib, kuchiga yarashalilik ketma-ketlikni shart qilib oladi. Ketma-ketlilik muammosi kuchiga yarashalilik muammosiga borib taqalmaydi. Ularning qay ywsinda borishi, jismoniy tarbiyaning qaysi etapida qanday yo’l tutish lozimligini aniqlash, nima uchun kuchiga yarashalilik tanlandi, ularni qaysinisini yo’lidan borish maqsadga oson olib boradi? Mana shu savollarga beriladigan javob orqali optimal ketma-ketlilik muammosi hal qilinadi. Avval aytib ótilgandek, ta`lim va tarbiya jarayoni yo’lini tanlashda rioya qilinadigan qoidalar – ma`lumdan noma`lumga, osondan qiyinga, oddiydan murakkabga bo’lib, bu qoidalar ketma-ketlikning ayrim shartsiz komponentlari ekanligini ifodalaydi va shuning uchun unga kiritilishi lozim bo’lgan qwshimchalar konkretlashtirilishi zarurligi ko’rsatilib o’tilgan. Agar jismoniy tarbiya jarayoni tólaligicha nazarda tutilsa, umumiy materialning asta-sekinligi, biologik yosh rivojlanishi qonuniyatlari va keng umumiy jismoniy ma`lumotdan, nisbatan chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan Mashg’ulotlarga o’tish, keyinchalik umumiy tayyorgarlik bilan birgalikda qwshib olib borish mantiqan to’g’ri hisoblanadi. Ma`lumki, jismoniy tarbiyaning turli vositalaridan foydalanish uchun biologik fundament birdaniga vujudga kelmaydi. hammadan avval harakat koordinaciyasi va tezkorlikni belgilovchi funkciyalar hal qilinadi, so’ngra maksimal kuch sifatlari va undan keyinroq chidamlilik namoyon qila olishning chegaralari vujudga keladi (V.S. Fafelp, N.V. Zimkin, İ. Nekker va boshqalar). Shunga muvofiq, jismoniy tarbiyaning dastlabki etaplarida koordinaciya talab qiluvchi mashqlar, tezkorlik qobiliyati uchun, so’ngra kuch talab qiluvchi mashqlarning miqdori va hajmi oshiriladi va oxirida chidamlilikni rivojlantirishga yuqori talab qo’yuvchi mashqlarni bajarish uchun mashqlar tavsiya etiladi. Albatta, bundan jismoniy sifatlar navbatma-navbat tarbiyalanar ekan, degan xulosa chiqarmasligimiz kerak. Jismoniy tarbiya jarayoni har doim har tomonlama bo’lishi zarur, gap shug’ullanuvchi yoshining rivojlanishi qonuniyatlarini qo’llab, akcentini ketma-ket shu jarayonning turli tomonlariga qaratish xaqida bormoqda. Umumiy keng jismoniy bilimlar beradiganlardan ixtisoslashtirilgan mashg’ulotlarga o’tish qonuniydir. Dastlab keragicha asosan amaliy faoliyat turlarining elementar asosini tashkillovchi turli-tuman harakatlar (eng sodda gimnastika harakatlari, mashqlari, asosiy hayotiy zaruriy harakatlar – yurish, yugurish, sakrashlar, to’siqlardan oshishlar, uloqtirish vah.k.lar) o’zlashtiriladi. Shu asnoda sport yoki professional faoliyat turi bo’yicha ixtisoslik tanlanadi. Jismoniy tarbiya jarayonining turli etaplarida materialni ketma-ketligi ko’pincha, konkret shart-sharoitlarga bog’liq. Nazarda tutilgan harakat faoliyatlari turlari orasidagi ob`ektiv bog’liqlikning mavjudligi, ulardan biri-biriga uzatiladigan, wtadigan elementlarning borligi va mos kelishi, o’zlashtirilishi, mustahkamlash, takomillashtirishni osonlashtiradi. har qanday konkret holatda materialni o’qitish tartibi tizimini shunday tanlash kerakki, ular faoliyatlarning o’zaro optimal aloqasini tiklashga va ularning ulanishiga yordam bersin. Bu bilan amaliyotda harakat malakasini va jismoniy sifatlarni “kwchishi” deb atalishi qonuniyatidan foydalanish-ning ahamiyati ortadi, qaysiki u ta`lim va tarbiya jarayonida ham ijobiy, ham salbiy bo’lishi mumkin. Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarning tizimini tuzayotib, harakat malakasi va jismoniy sifatlarning “ijobiy kwchishi”ni maksimal darajada bo’lishini va imkoniyati boricha, “salbiy kwchish”ni tormozlovchi taosirini yo’q otish ustida ishlash lozim. Demak, salbiy effekt beruvchi “kwchishdan” umuman yuz wgirish kerak degan xulosaga kelmasli-gimiz zarur. Jismoniy tarbiyaning mazmuni hayotdan kelib chiqadi, uni turmush talabi belgilaydi, hayotiy amaliyotda esa jismoniy sifatlarning turli darajada rivojlanganligiga, undan ham turlicha bo’lgan harakat malakalarini egallagan bo’lishligimiz, shular qatori, kerakli malakalarga qarshilik ko’rsatuvchilarga ham ega bo’lmog’imiz lozim. harakat malakalarining mustahkamlanishi, bir tartibga kirishi natijasida jismimiz va uning turli tizimlarida “salbiy effekt” beruvchi malakalarni ham osonlikcha enga oladigan imkoniyatlar yuzaga kela boshlaydi, bu o’z navbatida, umumiy wsishni, rivojlanishni boshqachasiga progressning vujudga kela boshlanayotgan-ligidir. Misol uchun, chidamlilikning rivojlanishi vaqtinchalik kuch va tezkorlikning susayishi bilan kuzatilishi mumkin. Keyinchalik bu o’z navbatida u yoki bu sifatning rivoji uchun baza yaratadi boshqacha aytganda, jismoniy sifatning rivojlanishi, takomillashishi organizmning funkcional imkoniyatlari oshishining umumiy foni sodir bo’ladi. Yuqorida qayd qilinganidek, tormozlovchi faoliyatning “salbiy kwchishi”ni chegaralovchi va uni ijobiy faktorga aylantirish muammosihaqida gapirdik. Bu muammoni, eng avvalo, bir-biriga salbiy munosabat ko’rsatayotgan mashqlarni vaqti-vaqti bilan (ularninghajmini, vaznini vah.k.larini)hamda muvofiq mashqlarni, ularning navbatlashuvini jismo-niy tarbiya jarayonining turli etaplarida, oz bo’lsada, yaqinlashtirish, wxshash tomonlarini topish bilanhal qilinadi. Mashqlarni navbati (birin-ketinligi) ularning tuzilishi va qiyinligiga muvofiq belgilanadi. Nisbatan murakkab bo’lmagan va murakkab mashqlar, qoidadagidek nisbatan ancha qiyin va birmuncha qiyinlari tarkibiga kirib, butunning bo’lagini (qismini) vujudga keltirib qo’yilgan maqsad hal qilinishi amaliyotda isbotlangan. Optimal ketma-ketlikdagi mashg’ulotlar va mashqlarni har bir mashg’ulot chegarasi aynan shu mashg’ulot uchun tanlash xarakteriga ko’ra turli nagruzkalarning natijasi (ta`siri)ni hisobga olishning ahamiyati juda kattadir. Tajribada (S.P. Letunov, N.N. Yakovlev va boshqalar) isbotlashganki, tezkorlik xarakteridagi nagruzka, chidamlilikni talab qiluvchi nagruzkalarga qulay fiziologik fonni vujudga keltiradi. Oxirgisi shunday fon qoldiradiki (albatta, nagruzka ahamiyatli darajada bo’lgan bo’lsa), bir necha soatlar davomida tezkorlik mashqlarini bajarishga salbiy ta`sir ko’rsatishi mumkin. Aniqlanganki, tezkorlik nagruzkasi kuch talab qiladigan mashqlar bilan yaxshi navbatlashadi, bu o’z navbatida ijobiy natijaga olib keladi (N.N. Yakovlev, V.M. Dg’yachkov va boshqalar), ijobiy natija oldin kuch talab qiladigan mashqlardan, so’ng, tezkorlik talab qiladigan mashqlar ketma-ketligida bajarilsa sodir bo’lishi isbotlangan. Yuqorida taokidlanganidek, nagruzkalarning tartibi, ularning quyidagi yo’nalishiga qarab: kuch, tezkorlik chidamlilikka yoki tezkorlik, kuchchidamlilik deb belgilanishi lozim. Bu alo`ida mashg’ulotlar ichidagi mashqlar ketma-ketligi uchun ham, haftalik mashg’ulotlarning yo’nalishini yoki uzunligiga ko’ra yaqin bo’lgan cikllarda mashqlarni, mashg’ulotlarning tartibini o’zgartirish uchunham to’g’ri keladi. Bunda, chidamlilikni rivojlantirishga yo’naltirilgan mashg’ulotlardan so’ng aktiv va passiv dam olishning shunday intervali nazarda tutiladiki, navbatdagi tezkorlik yoki kuch talab qiluvchi xarakteridagi mashqlarga ularning zarur bo’lmagan ta`sirlari bo’lmasligi kerak. Ko’rsatilgan tartib ko’p hollarda o’zini oqlagan, lekin u albatta yagona va maqsadga muvofiq emas. Chunki, mashg’ulotlar va mashqlarning ketma-ketligi qator konkret sharoitlarga, shu qatorda shug’ullanuvchilar kontingentining xususiyatlari va jismoniy tarbiyaning u yoki bu etapidagi mashg’ulotlarning umumiy yo’nalishi, qo’llanilayotgan nagruzkalarning kattaligi va ularning dinamikasi xususiyatlari va shu kabilarga bog’liqdir. Bunday shart-sharoitlarni hisobga olib, ularni qo’llash uchun maqsadga muvofiq yo’lni tanlash albatta, oson emas.hozircha bu muammoni barcha detallari bilan hal qilish ancha mushkulligicha qolmoqda. Vaqti kelib, so’zsiz ravishda alohida mashg’ulotning o’zini yoki mashg’ulotlar tizimini to’laligicha programmalashtirish imkoniga ega bo’lamiz. Albatta, soha bo’yicha katta shijoat bilan programmalashtirish va modullashtirishning asosli ravishdagi kibernetik uslubiyatini yaratish va qo’llash ustida tadqiqotlar olib borilmoqda. Download 96.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling