7-mavzu: jismoniy tarbiyaning umumiy va uslubiy tamoyillariga tavsif reja


Download 96.5 Kb.
bet8/9
Sana26.01.2023
Hajmi96.5 Kb.
#1123426
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-mavzu

Topshiriqlarni qiyinlashtirish shartlari va nagruzkalarni oshirish shakllari.
Kuchiga yarashalilik, individuallashtirish va sistemalilik principlarida biz jismoniy tarbiya jarayonida talablarni oshirishning ayrim shartlari ustida twxtaldik. Talablarni oshirish yangi vazifalar va unga bog’liq bo’lgan yuklamalarning shug’ullanuvchilar uchun kuchiga yarasha qilib tanlash, organizmga keragidan ortiq talab qo’ymaslik, jinsi, yoshi hamda individning boshqa xususiyatlariga mos kelsagina, ijobiy natijalarga olib kelishi mumkinligini tushunib oldik. Yana asosiy shartlaridan biri ketma-ketlilik (mashqlarning birini-biriga moslab ulash, o’zaro bog’liqlik), mashg’ulotlarning muntazamliligi va nagruzkani dam olish bilan optimal navbatlashtirish bilish hisoblanadi.
Shu wrinda puxtalilikning ahamiyatini ham e`tibordan chetda qoldirmasligimiz kerak. Bunda gap jismoniy sifatlarni rivojlantirish asosida yotuvchi egallangan malaka va kwnikmalarning puxtaligi va organizmning moslashuvi (adaptaciyasi)ni puxtaligi ustida boradi. Nisbatan yangi, murakkab va og’ir mashqlarga o’tish shakllangan malakalarning mustahkamlanishi darajasi va nagruzkalarga moslashuvi orqali borishi lozim. Mustahkamlanmagan malaka nagruzkaning kattaligidan tez buzilishi mumkin (shuningdek, interferenciya ta`siridan ham). Chunki yangi mashqlarga o’tish paytida ham shuholga duch kelish mumkin. Bu, o’z navbatida, yangi malakalarning shakllanishiga to’siq bo’ladi, sababi malakalar oyoqqa turish uchun etarli darajadagi tayanchni topa olmaydilar. Shu bilan bir qatorda, nagruzka dinamikasi va morfofunkcional o’zgarishlar orasida havfli muvofiqlik vujudga kelishi mumkin.
U yoki bu nagruzkaga organizm birdaniga yoki ozgina vaqt ichida (ma`lum daqiqalarda) moslashmaydi. Shug’ullanganlikning yangi, nisbatan yuqori darajasiga kwtarilishiga imkon beruvchi adaptaciya davri uchun ma`lum vaqt o’tib ulgurishi kerak. Turli funkcional va strukturadagi o’zgarishlar uchun, ko’rsatib o’tilgandek, bir xil vaqt (muddat) talab qilinmaydi.
M. Perish sxemasi bo’yicha eng avvalo muskullar va bezlar tarkibida fizik-ximik o’zgarishlar, shuningdek, nerv sistemasining boshqarish funkciyasida ham ma`lum o’zgarishlar sodir bo’ladi. Nerv muskul tizimining aktiv xujayralarida funkcional va strukturaviy o’zgarishlari uchun nisbatan uzoqroq (kamida bir hafta) vaqt eng ko’pi esa, bir oy, tayanch bog’lov apparati hujayralaridagi o’zgarishlarga moslanish uchun kerak bo’ladi. Moslashuvning bu kabi muddatlari albatta nagruzkalarning hajmiga ham bog’liqdir.
Xulosa qilib aytganda, nagruzkalar dinamikasi turlicha shakllar tavsiya qiladi: asta sekin to’g’ri chiziq bo’ylab, pog’onasimon, to’lqinsimon shaklda oshirilishi ta`lim jarayoni amaliyotiga kiritilgan.
To’g’ri chiziq bo’ylab oshirish o’z ichiga nagruzkani haftadan-haftaga mutanosib ravishda, moslab asta-sekin oshirish, mashg’ulotlar orasidagi interval ahamiyatli darajada katta bo’lmasligi e`tiborga olinishga aytiladi.
Nagruzka dinamikasini pog’onama-pog’ona oshirish qatorasiga wtkazilgan bir necha mashg’ulotlarda nisbatan stabillashuv sodir bo’lganidan so’ng navbatdagi pog’onaga o’tish tushuniladi. Navbatdagi pog’onaga “sakrash” paytida to’g’ri chiziq bo’ylab oshirishga nisbatan nagruzka dinamikasi aytarli keskin oshiriladi; lekin bunda organizmdagi nagruzkaga moslanish jarayonlarining borishini engillashtiruvchi stabillashuv holati nisbatan sezirarli ifodalanadi. Nagruzkaning ana shunday shakldagi dinamikasi nisbatan ahamiyatli bo’lgan darajadagi yuklamalarni o’zlashtirish imkonini osonlashtiradi.
Yuklamani asta-sekin oshirishning to’lqinsimon dinamikasi shunday xarakterlanadiki, avvaliga aytarli past, birmuncha sekin, lekin bir tekisda asta-sekin berib borilayotgan nagruzkada birdaniga keskin kwtarish qilinadi va asta-sekin pasaytirilib eng oldingi, dastlabki boshlangan nagruzkaga qaytiladi. Chunki, funkcional moslashuv orqada qolishi mumkin. Moslashuv belgilari kuzatilgach, nagruzka yanada katta “to’lqin” bilan oshiriladi. Bunda asta-sekinlikni buzilmasligi muhimdir. Shunday qilib nagruzka hajmi va intensivligini eng katta to’lqinga olib chiqib yuklama miqdorini oshirish mumkin.
Umuman, uzoq muddat (bir necha yillar) davom etgan mashg’ulotlarda nagruzkaning dinamikasi haqiqatdan ham to’lqinsimon yoki unga o’xshash shaklga (formaga) kiradi.
Boshqa so’z bilan aytganda, jismoniy tarbiya jarayonining nisbatan uzoq davom etmagan davrlarida, agar u qanchalar qisqa bo’lsa, nagruzkaning to’g’ri chiziq bo’ylab va pog’onasimon tarzda oshirishning umumiy darajasihajmi va intensivligi shuncha yuqori bo’lishi mumkin.
Bu sodir bo’ladigan qator tabiiy fiziologik jarayonlar sabablari bilan belgilanadi va ular mohiyat jihatidan etakchi rol` o’ynaydi: birinchidan, organizm fizioloik jarayonlarining tabiiy ritmini ifoda etuvchi xizmat holatining davriy tebranishi va hayotning umumiy rejimi, faoliyati; ikkinchidan, moslashuv jarayonlarining qonuniyati; uchinchidan, nagruzka hajmi va intensivligini oshirishdagi qarama-qarshiliklardir.
Keyingi ikki holatga aniqlik kiritamiz. Organizm shakli (formasi) va vazifasi (funkciyasi)ning stabilligi o’ziga xos kuchga ega bo’lib, turli organ va sistemalardagi moslashuv jarayoni bir vaqtning o’zida bo’lmay, qayta qurishga moslashish dinamikasi, nagruzka dinamikasidan “orqada” qolgandek bo’ladi: avvaliga nagruzkalar oshiriladi, so’ngra yangi oshirilgan talablar orqali kelib chiqarilgan moslashuv jarayoni yo’lga qo’yiladi. Agar mashg’ulotdan mashg’ulotga yoki belgilangan mashg’ulotlarning bir seriyasidan boshqa seriyasiga nagruzka ortiraverilsa nagruzkaning umumiy hajmini yuqoriligiga ko’ra, ertami-kechmi baribir organizmning imkoniyati va unga qo’yilayotgan talablar orasida uzulish sodir bo’ladi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun nagruzkani umumiy hajmining to’lqinsimon «ko’tarish” va “pasaytirish”larni qo’llab nisbatan kechroq moslashuvchi organizmdagi wxshash holatni vujudga keltirishimiz lozim.
Yuklamaning hajmi va intensivligi, boshqachasiga, jismoniy ishning miqdoriy yig’indisi va uning zwriqish bilan bajarilishi darajasi orasidagi ziddiyat birvarakayiga ma`lum chegaraga, qirraga egaligi bilan ifodalanadi.
Hajmning keyinchalik oshirilishi mashqning yoki mashg’ulotning intensivligi, stabillashuv, so’ngra uning pasayishi bilan bog’liq yoki uning aksi bo’lishi mumkin: Zarur bo’lgan darajada intensivlikni oshirish uchun qaysidir etap davomida stabillashtirish va nagruzka hajmini oshirmaslikka to’g’ri keladi.
Biroq, jismoniy tarbiya jarayonida hajm hamda intensivlikni umumiy tendenciyasini oshirib borish bir oz ushlanishiga to’g’ri keladi, bo’lmasa, jismoniy sifatlarning doimiy va har tomonlama rivojlanishini ta`minlab bo’lmaydi. Bu qarama-qarshilik nagruzka dinamikasi yordami bilan hal qilinadi. har bir to’lqin vaqti bilan bir-biriga tushmaydigan hajm dinamikasi va intensivlik dinamikasi ajralgandek bo’ladi. Boshlanishida agar vaqtning katta bo’laklari xususida gapirilganda (hafta yoki oy nazarda tutiladi) nagruzkalarning hajmi nisbatan ko’paytirilishi sodir bo’ladi; bunda intensivlikning tempi unchalik oshirilmaydi. So’ngra ma`lum darajadagi stabillashuvdan so’ng hajm qisqartirilib, intensivlik shu etap uchun eng yuqori darajada kwtariladi. “To’lqinlarning hajm va intensivligi pasayishi” – engillashgan yakunlovchi daqiqa hisoblanadi. So’ngi to’lqinlar xuddi shu tuzilishda bo’ladi. Lekin nagruzka wsishining umumiy tendenciyasi yuqori darajada wtadi.
Bu tendenciya ko’p yillik mashg’ulotlar davomida saqlanadi, ma`lum vaqt o’tishi bilan u umumiy tendenciya bo’la olmay qoladi (funkcional, adaptaciya imkoniyatlari kuchli pasayishining kuchayishining hisobiga) va yillik mashg’ulotlarning ayrim etaplari ramkasida qo’llaniladi. Shunday qilib shu kungacha nagruzkaning umumiy dinamikasi ko’p yillik aspekti “to’lqinsimon” tarzda qo’llanilishi amaliyotda ko’proq kuzatilmoqda.
Nagruzalarning to’lqinsimon oshirilishi -haftalik, oylik, yillik fon asosida bo’lib, unga ham to’g’ri chiziqli, ham pog’onasimon shakldagi nagruzkalarning fonidan foydalanish jismoniy tarbiyaning turli etaplaridagi konkret vazifalarning hal qilinishi sharoiti bilan bog’liq. Nagruzkani to’g’ri chiziq bo’ylab oshirishda, umumiy darajasi nisbatan yuqori bo’lmagan nagruzkalar va ayniqsa, asta-sekinlik bilan ishga tortishda qo’llaniladi. Pog’onama-pog’ona dinamika yuqoridagining aksi, bajarilgan ishlar bazasida shug’ullanganlikning oshishini stimullashtirish vazifasi hal qiladi.

Download 96.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling