7-mavzu: Mustaqillik davrida hayotda yuz bergan tub o‘zgarishlarning o‘zbek terminologiyasiga ta'siri. Termin yasashda faol modellarning o‘rni. Istiqlol davri o‘zbek lug‘atshunosligi erishgan yutuqlar


-chi affiksli ot – terminlar semantik strukturasiga ko‘ra bir qancha guruhlarga bo‘linadi


Download 186.69 Kb.
bet3/8
Sana17.06.2023
Hajmi186.69 Kb.
#1538462
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-taqdimot

-chi affiksli ot – terminlar semantik strukturasiga ko‘ra bir qancha guruhlarga bo‘linadi.

Biror bir kasb-hunar, mutaxassislik bilan shug‘ullanuvchi sub’ekt nomini ifodalovchi terminlar: traktorchi («traktorist»), sportchi («sportsmen»), vositachi («makler»), neftchi («neftyanik»), suvoqchi

(«shtukatur»), elektrchi («elektrotexnik; elektrik; elektramantyor»), ekskavatorchi («ekskavatorщik») va h.k.

muayyan kasb-hunar, mutaxassislikning aniq sohasida band bo‘lgan shaxsni anglatuvchi ot-terminlarni hosil qiladi: tankchi («tankist»), avtomatchi («avtomatchik»), dozimetrchi («dozimetrist»), zenitchi («zenitchik»), pontonchi («pontonyor») ( umumiy termin – jangchi), karatechi («karateist»), gimnastikachi («gimnast»), voleybolchi («voleybolist; voleybolistka»)( umumiy termin – sportchi), bo‘yoqchi («malyar»), betonchi («betonщik»)

-lik affiksli so‘z yasovchi model ushbu qolip o‘zbek tilidagi o‘ta sermahsul so‘z yasovchi modellardan biri bo‘lib, uning ko‘magida nafaqat sof o‘zbekcha (turkiycha), balki o‘zlashma so‘zlardan ham quyidagi turdagi ot- terminlar hosil qilinadi:

  • Holat, sifatning mavhumligi, umumiyligi ma’nosini ifodalovchi ot-terminlarni yuzaga chiqaradi. Mazkur ma’noli otlar asosan o‘zakdan anglashilgan holat-sifat, fazilat-sifat yoki muayyan belgiga ko‘ra voqelangan hodisani bildiruvchi ismlardan yasaladi. Ba’zi misollarni keltiramiz: liberallik («liberalizm»), safarbarlik («mobilizatsiya»), jangovorlik («boevыe kachestva»), ishtahasizlik («giporeksiya») va h. k.;
  • belgi - xususiyat, sifat yoxud holatni ifodalovchi ot-terminlar yasaydi: zichlik («plotnost, uplotnyonnost»), suyuqlik («jidkost»), tenglik («ravenstvo»), ko‘rlik («ablepsiya»), sarosimalik («zameщatelstvo»), gomogenlik («gomogennost»), debillik («debilnost») va h.k.;
  • qandaydir yumush, mashg‘ulot, vazifaga mo‘ljallangan narsa, buyum,ashyo nomini ifodalaydi: urug‘lik («semena, semennik»), qishlik («zimnaya odejda»), paxtalik («vatnыy kamzyul»), taglik («podguznik») va h.k.;

Download 186.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling