7-mavzu: Mustaqillik davrida hayotda yuz bergan tub o‘zgarishlarning o‘zbek terminologiyasiga ta'siri. Termin yasashda faol modellarning o‘rni. Istiqlol davri o‘zbek lug‘atshunosligi erishgan yutuqlar


Download 186.69 Kb.
bet6/8
Sana17.06.2023
Hajmi186.69 Kb.
#1538462
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-taqdimot

ijtimoiy sharoit, umumiy turmush, hamkorlik, hamdo‘stlik ma’noli shaxslar nomini ifodalovchi ot-terminlar yasaydi: yurtdosh («sootechestvennik»), maslakdosh («yedinomыshlennik»), quroldosh («drug po orujiya»), kursdosh («odnokursnik»), polkdosh («odnopolchanin») va h.k.;

boshlang‘ich, dastlabki asosdan kelib chiqqan sifat, xususiyatni anglatuvchi terinlarni shakllantiradi: jinsdosh («odnorodnыy»), ohangdosh («sozvuchnыy»; «garmoniruyuщiy»), yo‘ldosh ( med. «plasenta») va h.k.;

ba’zi bir tilshunoslik terminlarini voqelantiradi:: sifatdosh («prichastie»), ravishdosh («deeprichastie»), undosh («soglasnыy zvuk»), shakldosh («omonim»), o‘zakdosh («odnokorennoy», «odnokornevoy») va h.k.

-soz affiksli so‘z yasovchi model

Forscha-tojikcha –soz suffiksli mazkur so‘z yasovchi model shaxs nomini ifodalovchi ot-terminlar yasashda nisbatan faolligi bilan ajralib turadi. –soz suffiksi qatnashuvi bilan hosil qilingan qator derivatlarning o‘zbek tili texnikaviy terminologiyasi tizimida nisbatan faol qo‘llanishi kuzatiladi:: samolyotsoz («samolyotostroitel»), kemasoz («sudostroitel»), soatsoz («chasovщik», «chasovыx del master»),

traktorsoz («traktorostroitel»), raketasoz («raketostroitel»), vertolyotsoz («vertolyotostroitel»), metallsoz («metallist»), asbobsoz («instrumentalщik»), vagonsoz («vagonostroitel»), stanoksoz («stankostroitel») va h.k.

-kar, -kor // -gor affiksli so‘z yasovchi model

Fors-tojik tilidan kirib kelgan ushbu suffiksli model yordamida muayyan kasb-hunar egalarini anglatuvchi terminlar yasaladi: chilangar («slesar»), zargar ( «zolotыx del master», «yuvelir»), da’vogar («istes»;

«pretendent»), sholikor («risovod»), javobgar («otvetchik»), tadbirkor («predprinimatel»), tajovuzkor («agressor») (Usmonov O.1975; 51-56) va h.k.


Download 186.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling