7-мavzu: Nafas fiziologiyasi. Gaz almashinuvi va uni boshqarishi. Reja


Download 1.03 Mb.
bet7/12
Sana30.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1734853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-мavzu Nafas fiziologiyasi. Gaz almashinuvi va uni boshqarishi

O‘pka ventilyasiyasi. Katta yoshdagi odam tinch turtanda nafas harakatlari minutiga kariyb 16—20 marta takrorlanadi. Bolalar tezroq nafas oladi: masalan, yangi tug‘ilgan bola minutiga 60 marta nafas oladi. Bir minutdagi nafas olish sonini ayrim nafas olish hajmiga, ya’ni nafas havosiga ko‘paytirib, o‘pka ventilyasiyasining minutlik hajmini hisoblab chiqish mumkin. Katta yoshli kishida bu hajm 6—8 l ga teng. O‘pka ventilyasiyasi hajmini aniqlash uchun nafasdan chiqqan havo tekshirilayotgan kishining yuziga tutilgan klapanli maxsus niqob yoki mundshtuk orqali rezinka xaltaga (Duglas xaltasiga) bir necha minut yig‘iladi. SHundan so‘ng xaltadagi havo gaz soatidan o‘tkaziladi, nafasdan chiqqan hajmi aniqlanadi va o‘pka ventilyasiyasining minutlik hajmi hisoblab chiqiladi. O‘pka ventilyasiyasining minutlik hajmi ventilyasiyaning qanchalik samarali ekanligini to‘la ta’riflab bermaydi. Buni quyidagi misolda ko‘rsatish mumkin. Ikki holda o‘pka ventilyasiyasining minutlik hajmi 6 l ga teng deb faraz qilaylik.
Birinchi holda odam minutiga 20 marta nafas olgan, har birining hajmi 300 ml. Ikkinchi holda 10 marta nafas olgan, har birining hajmi 600 ml. Zararli bo‘shliq hajmi o‘rta hisobda 140 ml ekanligi nazarda tutilsa, nafas olish chuqurligi 300 ml ga teng bo‘lganda zararli bo‘shliq ventilyasiyasiga nafas havosining taxminan1/2 hajmi ketadi. Binobarin, har bir nafas olish paytida alveolalarga 300— 140= 160 ml havo etib boradi. Nafas olish chuqurlanishi 600 ml bo‘lganda zsa alveolalarga 600—140=460 ml, ya’ni nafas havosining 3/4 hajmi etib boradi. O‘pka ventilyasiyasiniig minutlik hajmi 6 l ga teng bo‘lganda birinchi holda alveolalar ventilyasiyasi 20X 160 = 3,2 l ni, ikkinchi holda esa 10X460=4,6 l ni tashqil ztadi.
Shunday qilib, siyrak, lekin chuqur nafas ancha samarali bo‘ladi, chunki bunda alveolalar yaxshiroq ventilyasiyalanadi. Keltirilgan misol nafas gimnastikasining muhim amaliy ahamiyati borligini va undan maksad — to‘g‘ri nafas olishga o‘rganish ekanligini ko‘rsatib turipti.
Nafasga olinadigan, chiqariladigan va alveolyar havoning tarkibi. Uydan tashqarida (yoki yaxshi shamollatiladigan binolarda) odam nafasga oladigan atmosfera havosida 20,94% kislorod, 0,03% karbonat aigidrid (SO2), 79,03% azot bor. Odamlar to‘plangan berk binolarda esa havodagi karbonat angidridning‘ protsent miqdori birmuncha ortiq bo‘lishi mumkin. Nafasdan chiqadigan havoda o‘rta hisob bilan 16,3% kislorod, 4 karbonat angidrid va 79,7% azot bor (bu raqamlar quruq havoni nazarda tutib, ya’ni nafasdan chiqadigan havoda k o‘p bo‘ladigan suv bug‘larini chegirib keltirilgan). Nafasdan chiqadigan havo tarkibi doimiy bo‘lmay, organizmda modda almashinuvining jadalligiga va o‘pka ventilyasiyasining hajmiga bog‘liq. Bir necha chuqur nafas harakatlari qilinsa yoki aksincha, nafas ushlab turilsa, nafasdan chiqadigan havo tarkibi o‘zgaradi. O‘pkada gaz almashinuvi mexanizmini tushunmoq uchun alveolyar havo tarkibin aniqlash muhim. Xolden alveolyar havo tarkibini aniqlash uchun oddiy usul taklif etgan. Tekshirilayotgan kishi normal nafas olgandan so‘ng uzunligi 1—1,2 m va diametri 25 mm bo‘lgan nay orqali iloji boricha chuqur nafas chiqaradi. Nafasdan chiqqan havoning nay orqali ketayotgan dastlabki porsiyalarida zararli bo‘shliq havosi bor; nayda qoladigan oxirgi porsiyalarida esa alveolyar havo bo‘ladi. Nayning og‘izga yaqin bo‘lgan qismidagi havo analiz uchun gazopriemnikka olinadi. Alveolyar havo tarkibi analiz uchun nafas olish yoki nafas chiqarish cho‘qqisida havo probasi olinganligiga qarab bir qadar farq qiladi. Normal nafas olish oxirida tezlik bilan kalta va chala nafas chiqarilsa, havo probasi o‘pka nafas havosi bilan to‘lgandan keyingi, ya’ni nafas olish paytidagn alveolyar havo tarkibini aks ettiradi. Normal nafas chiqarishdan so‘ng chuqur nafas chiqarilsa, havo probasi nafas chiqarish paytidagi alveolyar havo tarkibini aks ettiradi. Birinchi xolda ikkinchi holdagiga qaraganda karbonat angidridning protsent miqdori biroz kam, kislorodniki esa picha ortiq bo‘lishi o‘z-o‘zidan tushunarli. Bu Xolden tajribalarining natijalaridan ko‘rinib turibdi. Alveolyar havodagi karbonat angidrid miqdori nafas olish oxirida o‘rta hisob bilan 5,54%, nafas chiqarish oxirida esa 5,72% ekanligini Xolden aniqlagan. SHunday qilib, nafas olish va chiqarish paytida alveolyar havodagi karbonat angidrid miqdori aytarlik o‘zgarmaydi: atigi 0,2—0,3% farq qiladi. Buning asosiy sababi shuki, normal nafas olish va chiqarishda o‘pka alveolalaridagi havo hajmining atigi 1/7 qismi yuqorida ko‘rsatilganidek yangilanib turadi. Alveolyar havoning nisbiy doimiyligi katta fiziologik ahamiyatga ega ekanligi quyida aytiladi.(2-rasm)

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling