7-мavzu: Nafas fiziologiyasi. Gaz almashinuvi va uni boshqarishi. Reja


Download 1.03 Mb.
bet2/12
Sana30.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1734853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-мavzu Nafas fiziologiyasi. Gaz almashinuvi va uni boshqarishi

Nafas olish mexanizmi. Nafas olish akti (inspiratsiya) ko‘krak bo‘shlig‘ishshg hajmi uchta-vertikal, sagittal va frontal yo‘nal ishlarda kengayishi tufayli ro‘y beradi. Qobirg‘alarning ko‘tarilishi va diafragmaning pastga tushishi natijasida ko‘krak bo‘shlig‘i kengayadi. Qobirg‘alar to‘sh suyagiga tog‘aylar bilan birikkan, umurtqachasiga esa ikki nuqtada: qobirg‘a boshi — umurtqa tanasiga, qobirg‘a bo‘rtig‘i umurtqaning yonbosh o‘simtasiga birikkan. Nafas chiqarish paytida qobirg‘alar pastga tushadi; nafas olish paytida esa yuqoriga ko‘tarilib, gorizontal vaziyatni oladi. Bunda to‘sh suyagining pastki qismi oldinga yo‘naladi, shuning uchun ko‘krak qafasining ko‘ndalang kesimi ikki yonga va oldindan orqaga qarab kengayadi.
Qobirg‘alararo tashqi muskullar bilan tog‘aylararo muskullarning qisqarishi natijasida qobirg‘alar yuqoriga ko‘tariladi. Qobirg‘alararo tashqi muskullar bir qobirg‘adan ikkinchisiga orqadan va yuqoridan oldinga va pastga qarab qiyshiq yo‘nalishda boradi. Qobirg‘alar aylanish nuqtasi ularning umurtqa pog‘onasi bilan tutashgan bo‘g‘imlarida joylashgan ikkinchi xil richaglardan iborat. Qobirg‘alararo tashqi muskullar qisqargan vaqtda qobirg‘alarni bir-biriga yaqinlashtirishi kerak edi, biroq muskullar yopishgan joyning pastida kuch momenti yuqoridagisiga nisbatan kattaroq bo‘lgani uchun muskullar qisqarganda qobirg‘alar ko‘tariladi. Nafas olish paytida diafragmaning muskul tolalari qisqaradi, natijada diafragma yassilanib, pastga tushadi; qorin bo‘shlig‘idagi organlar pastga, ikki yonga va oldinga itariladi; ko‘krak bo‘shlig‘i ayniqsa vertikal yo‘nalishda kengayadi. Turli nafas muskullarini elektrofiziologik usullar bilan tekshirish bioelektr tebranishlari (harakat potensiallari)niig avval diafragmada, keyin esa qobirg‘alararo muskulda paydo bo‘lishini ko‘rsatdi. Tug‘ilishdan keyingi dastlabki oylarda nafas harakatlari asosan diafragmaning qioqarishi hisobiga yuzaga chiqadi. SHuning uchun mushuk bolasining pp.ni qirqish yo‘li bilan diafragmasi falajlansa, u o‘lib qoladi. Turli odamlarning yoshiga va jinsiga, kiyimiga va mehnat sharoitiga qarab nafas olish yo qobirg‘alararo muskullar hisobiga — qobirga, yoki ko‘krak bilan nafas olish tipiyo bo‘lmasa diafragma hisobigadiafragma, yoki qorin bilan nafas olish tipi — yuzaga chiqadi. Nafas olish tipi mutlaq doimiy bo‘lmay, shu paytdagi sharoitga moslanishi mumkin. Masalan, odam ancha yuk orqalab ketayotganda ko‘krak qafasi yuk uchun tayanch bo‘lib xizmat qiladi, shuning uchun ham uni tana muskullari va qobirg‘alararo muskullar umurtqa pog‘onasi bilan birgalikda qimirlatmay ushlab turadi; faqat diafragma harakatlari tufayli nafas olinadi va chiqariladi. Homilador ayollarda diafragmaning pastga siljishi qiyinlashadi, shuning uchun ularda qobirg‘alar bilan nafas olish tipi ustun turadi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling