7-мavzu: Nafas fiziologiyasi. Gaz almashinuvi va uni boshqarishi. Reja
Turli sharoitdagi nafas va organizmning kislorod bilan ta’minlanish xususiyatlari
Download 1.03 Mb.
|
7-мavzu Nafas fiziologiyasi. Gaz almashinuvi va uni boshqarishi
3.Turli sharoitdagi nafas va organizmning kislorod bilan ta’minlanish xususiyatlari.
Jismoniy ish paytidagi nafas. Qon aylanishi bilan birga nafas tufayli organizm o‘z ehtiyojlariga yarasha kislorod bilan ta’minlanar va o‘zida hosil bo‘ladigan karbonat kislotadan halos bo‘lar ekan, nafas intensivligi oksidlanish protsesslarining intensivligiga bog‘liq ekanligi tushunarli: nafas harakatlarining chuqurligi va chastotasi tinch holatda kamayadi, ish vaqtida esa oshadi; ish qancha jadal bo‘lsa, nafas harakatlari o‘shancha ko‘p kuchayadi. Masalan, jadal ish vaqtida o‘pka ventilyasiyasining hajmi minutiga 50 l gacha va hatto (mashq qilgan kishilarda) 100 l gacha etadi. Ish vaqtida nafas kuchayishi bilan bir vaqtda yurak faoliyati ham kuchayib, yurakning minutlik hajmi oshadi. O‘pka ventilyasiyasi va yurakning minutlik hajmi bajarilayotgan ish miqdoriga hamda oksidlanish protsesslarining kuchayishiga qarab oshadi. Odam tinch turganda kislorod iste’mol qilish minutiga 250—350 ml ga, ish vaqtida esa 4500—5000 ml ga etishi mumkin. Ish vaqtida sistolik hajm uch hissa (70 dan 200 ml gacha), yurakning qisqarishlar chastotasi 2 va hatto 3 baravar ortgani (minutiga 70 dan 150 gacha va hatto 200 martagacha urgani) uchun ham shunchalik ko‘p kislorod tashib berilishi mumkin. Jismoniy ish vaqtida kislorod iste’mol qilish minutiga 100 ta ortganda qonning minutlik hajmi taxminan 800—1000 ml ko‘payishi xisoblab topilgan. Ish vaqtida eritrotsitlarning qon depolaridan chiqishi va terlash tufayli qondagi suv kamayishi, buning natijasida qonning quyuqlanishi va gemoglobin konsentratsiyasining ko‘tarilishi, binobarin, qonning kislorod sig‘imi ortishi uning kislorod tashishini oshiradi. Ishlayotgan muskullardagi proprioretseptorlarning ta’sirlanishi nafas va qon aylanishini kuchaytiradigan signal bo‘lib qoladi. Muskullar ishlaganda nafas olishning har qanday kuchayishida shu reflektor komponent qatnashadi. Muskullar bilan bajariladigan bir ish ko‘p marta takrorlanganda muskul proprioretseptorlarining ta’sirlanishi tufayli nafas olish shartsiz refleks yo‘li bilan o‘zgarishdan tashqari, shartli refleks yo‘li bilan ham kuchayadi va tezlashadi. Nafas olishning bunday moslanuvchi o‘zgarishlari odatdagi ishni bajarishdan oldingi signallar ta’sirida paydo bo‘ladi va ishning bajarilishini osonlashtiradigan o‘zgarishlarni, ya’ni to‘qimalarning kislorod bilan ta’minlanishi kuchaytiruvchi va sut kislotasining to‘planishiga to‘sqinlik qiluvchi reaksiyalar kompleksini vujudga keltiradi. SHunday qilib, muskullar ishlayotganda, birinchidan, organizmda ro‘y beruvchi ximiyaviy o‘zgarishlar — karbonat angidrid va almashinuvda oksidlanib ulgurmagan mahsulotlarning to‘planishi, ikkinchidan, reflektor ta’sirlar o‘pka ventilyasiyasini oshiradi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling