7-мavzu: Nafas fiziologiyasi. Gaz almashinuvi va uni boshqarishi. Reja


Download 1.03 Mb.
bet10/12
Sana30.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1734853
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
7-мavzu Nafas fiziologiyasi. Gaz almashinuvi va uni boshqarishi

Davriy nafas. Nafas markazi kislorod bilan etarlicha ta’minlanmaganda ba’zan davriy yoki CHeyn-Stoks nafasi paydo bo‘ladi. Nafasning bu turida nafas harakatlari guruxi pauzalar bilan navbatlanadi. Pauzalar 5—10—20 sekund va undan uzoqroq davom etadi. Pauzadai keyin avvaliga zaif, keyinchalik tez kuchayuvchi nafas harakatlar paydo bo‘ladi. Ular maksimumga etgach sekin-asta, ammo ancha tez susayadi va butunlay to‘xtaydi: yangi pauza keladi va undan so‘ng butun sikl y3angidan takrorlanadi. Bunday sikl qariyb 30—60 sekund davom etadi. Davriy nafas kislorodning etarli miqdorda kelmasligi va qon aylanishi buzilishi oqibatida nafas markazi qo‘zg‘aluvchanligining pasayishiga bog‘liq. Toza kisloroddan nafas olinganda ko‘pincha nafasning normal ritmi tiklanishi shundan dalolat beradi.
Nafas markazining ko‘zg‘aluvchanligi pasayganda uni qo‘zg‘atish uchun bu markaz hujayralarida karbonat kislota va boshqa kislotalar normadagidan ko‘ra ko‘p to‘planishi kerak. Bu, davriy pauzalar vaqtida bo‘lib, kuchayib boruvchi nafas harakatlarini vujudga keltiradi. Natijada karbonat angidrid zo‘r berib chiqib ketadi. Bu xolatda nafas markazidagi karbonat kislota va boshqa kislotalar markazni qo‘zg‘atish uchun zarur miqdordan kamayadi, nafas olish zaiflashadi va karbonat kislota yana ancha to‘planguncha to‘xtab turadi.
Yuqori atmosfera bosimida nafas olish. Kesson yoki g‘ovvoslik ishlarida atmosfera bosimi oshgan sharoitda turishga to‘g‘ri keladi. Havo bosimi 10 atm. gacha etadigan chuqur suv ostida qon, to‘qima suyuqligi va to‘qimalarda juda ko‘p gazlar eriydi. Ohista dekompressiyada, masalan, g‘ovvos dengizning chuqur joydan sekin ko‘tarilganda, bosim pasaygan sayin gazlar chiqarilayotgan nafas havosi bilan birga ajrala boshlaydi va organizmga xech qanday xavf tug‘dirmaydi. Haddan tashqari tez dekompressiyada, masalan, g‘ovvos dengiz tubidan tez ko‘tarilganda gazlar organizmdan ajralib ulgurmaydi. YUqori bosimdan normal bosimga o‘tilganda gazlarning qonda erishi kamaygani uchun qonda gaz pufakchalari paydo bo‘ladi, bular esa tomirlar emboliyasiga, ya’ni tomirlar ichiga gaz pufakchalarining tiqilib qolishiga sabab bo‘la oladi. Karbonat kislota va kislorod qonga ximiyaviy yo‘l bilan birikuvchi gazlar bo‘lib, azotga nisbatan kamroq xavflidir, azot esa yog‘larda va lipoidlarda yaxshi erib, miyada va nerv stvollarida ko‘p to‘planadi (miyada va nerv stvollarida bu moddalar ayniqsa ko‘p). Tez dekompressiyada paydo bo‘luvchi va ba’zan kesson kasalligi deb yuritiluvchi holatda bo‘g‘imlar og‘riydi va miyaning zararlanish simptomlari paydo bo‘ladi: bosh aylanadi, kishi qusadi, halloslaydi, hushdan ketadi. Bu kasallikka davo qilganda qondan ajralib chiqqan gaz pufakchalarini yana eritib yuborish uchun yuqori bosimni bemorga tez ta’sir ettirish zarur.
Hozir g‘ovvosni chuqur suvga tushirishdan oldin beriladigan gaz aralashmasidagi azot geliy bilan almashtirilgan, chunki geliy suvda va qonda deyarli erimaydi. Kislorod yuqori bosim sharoitida zaharli bo‘lgani uchun u geliyga shunday konsentratsiyada qo‘shiladiki, chuqurlikda, ya’ni yuqori bosim sharoitida kislorodning parsial bosimi oddiy sharoitdagi parsial bosimga teng keladi. Bundan tashqari, g‘ovvos dengizning chuqur joyidan ko‘tarilayotganda yoki kessondan chiqayotganda dekompressiya (yuqori bosimdan normal bosimga o‘tish)ning chegara tezligi belgilangan. 100 m va undan chuqurga tushish imkonini beruvchi sharoit shu yo‘l bilan yaratildi. G‘ovvoslik ishlarining ilgarigi texnikasida bunday sharoit tug‘dirish amri mahol edi.

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling