Zararli bo‘shliq. Alveolalardan tashqari, havo yo‘llari (hiqildoq, traxeya, bronxlar va bronxiolalar) da ham havo bor. Bu havo almashinuvida qatnashmaydi. SHuning uchun uni o‘lik (yoki zararli) bo‘shliq havosi deb atashadi. Zararli bo‘shliq hajmi uncha katta bo‘lmay o‘rta hisobda qariyb 140 ml ni tashkil qilsa ham, alveolyar havo tarkibi nafasdan chiqqan havodan nega farq qilishini tushunish uchun zararli bo‘shliqdagi havo miqdorini hioobga olish lozim zdi.
Havo yo‘llarining ahamiyati. Havo yo‘llaridan o‘tayotgan atmosfera havosi changdan tozalanadi, iliydi va namlanadi. Burundan nafas olishda havo changdan yaxshi tozalanadi. Havo ancha-gina tor burun yo‘llaridan o‘tayotganida uyurma harakatlar vujudga keladi va changning yirik zarralari burun yo‘llari, burun-halqum va hiqildoq shilliq pardalariga urilib, ularni qoplab turuvchi shilimshiqqa yopishib qoladi. Havo tozalanishining bu mexanizmi shu qadar samaraliki, diametri-4—6 mk dan oshmaydigan chang zarralarigina ichki nafas yo‘llariga o‘ta oladi. Bronxlar bilan traxeyadagi kiprikli zpiteliy faoliyati ham chang zarralarining chiqib ketishiga yordam beradi. CHangniig yirik zarralari traxeya bilan bronxlarga kirib qolganida refleks yo‘li bilan yo‘tal tutadi, burunga kirganda esa refleks yo‘li bilan aksa tutadi. Yo‘tal va aksirish nafasni qiyinlashtiruvchi yot zarralar va shilimshiqdan nafas yo‘llarini tozalovchi ximoyaviy nafas reflekslaridir. Bronxlar devorida, ayniqsa ularning mayda tarmoqlari—bronxiolalarda ularnint teshigini toraytiruvchi halqasimon muskullar bor. Oxirgi bronxiolalarning muskul tolalari qisqarganda ularning teshigi shu qadar torayadiki, bronxiolalarga tutashgan alveolalar nafasda qatnasha olmaydi, chunki alveolalarga havo kirmay qo‘yadi. Bronxiolalarning silliq muskullari adashgan va simpatik nervlardan innervatsiya oladi. Adashgan nerv ta’sirlanganda bronxlarning muskullari qisqaradi, teshigi torayadi, simpatik nervlar ta’sirlanganda esa shu muskullar bo‘shashadi va bronxlar kengayadi. N.vagus ta’sirlanganda bronxlarning muskullari shu qadar qisqaradiki, nafas olish va chiqarish qiyinlashib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |