7-mavzu. Olinadigan schyotlar (debitorlik qarzlar) hisobi reja
T/r Xo’jalik muomalalarining mazmuni
Download 75.62 Kb.
|
7-MAVZU. OLINADIGAN SCHYOTLAR (DEBITORLIK QARZLAR) HISOBI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlarni hisobga oluvchi schyotlar (4100).
Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlarni hisobga oluvchi schyotlar (4100). Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlari bilan tovarlar, tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun debitorlik qarzlari bo’yicha hisob-kitoblar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 4110 "Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar"; 4120 "SHo’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar". 4110 "Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar" schyotida korxonaning umumiy balansiga (ichki xo’jalik yoki ichki balans hisob-kitoblar) qo’shiladigan ajratilgan bo’linmalar (filiallar, vakolatxonalar)ning debitorlik qarzlari hisobga olinadi. Bu schyotda ajratilgan mulklar, moddiy qiymatliklarni o’zaro hamkorlikda chiqarish, bo’linmalarning xodimlariga ish haqi to’lash va boshqa joriy operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi. Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun asosiy hujjatlar bo’lib ta’sis shartnomasi, chora-tadbirlar shartnomasi, ta’sischilarning ushbu bo’linmalarni tashkil qilish to’g’risidagi qarori, ta’sischilarning mulkni berish to’g’risidagi qarori va boshqalar hisoblanadi. Ko’rsatilgan bo’linmalarga ajratilgan mulk korxona tomonidan asosiy vositalar (0100), nomoddiy aktivlar (0400), o’rnatiladigan asbob-uskunalar (0700), materiallar (1000), tayyor mahsulotlar (2800), tovarlar (2900) va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlardan 4110 "Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi. 4120 "SHo’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar" schyotida sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarining (balanslararo yoki xo’jalik ichidagi hisob-kitoblar) debitorlik qarzlari hisobga olinadi. Ushbu schyotda tovar, mahsulot, ish, xizmatlarni sotish va boshqa joriy operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi. 4110 "Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar" va 4120 "SHo’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar" schyotlari bo’yicha analitik hisob har bir ajratilgan bo’linma, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlari bo’yicha yuritiladi. Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlarni hisobga oluvchi schyotlar (4100)ning bog’lanishi:
Download 75.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling