7-mavzu. Olinadigan schyotlar (debitorlik qarzlar) hisobi reja


T/r Xo’jalik muomalalarining mazmuni


Download 75.62 Kb.
bet9/10
Sana28.01.2023
Hajmi75.62 Kb.
#1135531
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-MAVZU. OLINADIGAN SCHYOTLAR (DEBITORLIK QARZLAR) HISOBI (1)

T/r

Xo’jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog’lanishi



Debet

Kredit



1

Savdo korxonalari tomonidan xodimlarga kreditga sotilgan tovarlar uchun o’tkazib berildi



4710

5110-5530

2

Kreditga olingan tovarlar bo’yicha xodimlarning qarzi uchun bank kreditlari olindi



4710

6810, 7810

3

Kreditga olingan tovarlarning to’lovi uchun xodimlardan kelib tushgan navbatdagi to’lovlar summasi



5010, 5110

4710

4

Kreditga olingan tovarlar uchun xodimlarning mehnat haqidan ushlab qolingan to’lovlar



6710

4710

5

Xodimlarga berilgan qarzlar summasi



4720

5010-5530

6

YAroqsiz mahsulotdan ko’rilgan yo’qotishlar moddiy zararni yuzaga keltirgan aybdor shaxslar hisobiga hisobdan chiqarildi



4730

2610

7

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning kamomadi uchun aybdor shaxslardan undiriladigan summalar



4730

9210, 9220

8

Qimmatli qog’ozlarning kamomadi uchun aybdor shaxslardan undiriladigan summalar



4730

0610-0690, 5810-5830

9

Tovar-moddiy qiymatliklarning kamomadi uchun aybdor shaxslardan undiriladigan summalar



4730

1010-2990

10

Inventarizatsiya natijasida kassadagi pul mablag’lari va pul ekvivalentlarining kamomadi



4730

5010, 5020, 5610

11

Xodimlarga pul ekvivalentlari berildi



4790

5610

12

Boshqa operatsiyalar bo’yicha xodimlarning qarzi zararga hisobdan chiqarildi, agar undirilishi sud tomonidan rad etilgan bo’lsa



9430

4790

Turli debitorlar qarzlarinihisobga oluvchi schyotlar (4800). YUqorida tushuntirish berilgan olinadigan schyotlarda ko’rsatilmagan turli operatsiyalar, jumladan, olinadigan foizlar, dividendlar, royalti, moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar, da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar va boshqalar bo’yicha debitorlar bilan hisob-kitoblar to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
4810 “Moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar”;
4820 “Operativ ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar”;
4830 “Olinadigan foizlar”;
4840 “Olinadigan dividendlar”;
4850 “Olinadigan royalti”;
4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar”;
4890 “Boshqa debitorlar qarzlari”.
4810 “Moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar” schyotida shartnomaga muvofiq, moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan ijara to’lovlarining joriy qismi hisobga olinadi. Ijara to’lovlari joriy qismining kelib tushishi 4810 “Moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan joriy to’lovlar” schyotining kreditida pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
4820 “Operativ ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar” schyotida shartnomaga muvofiq. ijara bo’yicha olinadigan ijara to’lovlari hisobga olinadi. Ijara to’lovlari hisoblanganda 4820 “Operativ ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar” schyoti 9350 “Operativ ijaradan daromadlar” schyoti bilan bog’langan holda debetlanadi. Ijara to’lovlarining kelib tushishi 4820 “Operativ ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar” schyotining kreditida pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
4830 “Olinadigan foizlar” schyotida foizlarni hisoblash va ularning olinishi hisobga olinadi. Muddati o’tgan foizlar alohida hisobga olinadi va ular bo’yicha shartnomaga muvofiq penya hisoblanadi.
4840 “Olinadigan dividendlar” schyotida qimmatli qog’ozlar bo’yicha dividendlarni hisoblash bo’yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
4850 “Olinadigan royalti” schyotida royaltini hisoblash va ularning olinishi hisobga olinadi.
4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar” schyotining debetida da’volar bo’yicha hisob-kitoblar, jumladan:
a) mol yetkazib beruvchilarga, pudratchilarga va transport tashkilotlariga ularning schyotlari tekshirilganda shartnomada kelishilgan va preyskurantda nazarda tutilgan baho va tariflarning bir-biriga muvofiq kelmasligi, shuningdek arifmetik xatolar aniqlanganda - mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga taqdim etilgan schyotlardagi baholarning oshib ketishi yoki arifmetik xatolar tovar-moddiy qiymatliklar yoki xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda yozuvlar amalga oshirilganidan so’ng aniqlanganda mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar yoki ishlab chiqarish zaxiralari, tovarlar va tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda;
b) mol yetkazib beruvchilarga, transport va boshqa tashkilotlarga yukning kamomadi bo’yicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar bilan bog’langan holda;
v) mol yetkazib beruvchilar yoki pudratchilarga ularning aybi bilan yuzaga kelgan, yaroqsiz mahsulotlar va bo’sh turib qolishlar bo’yicha xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda;
g) korxonaning schyotlaridan noto’g’ri hisobdan chiqarilgan (o’tkazilgan) summalar bo’yicha bank muassasalariga, pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda;
d) shartnoma majburiyatlariga rioya etmaganligi uchun mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqalardan, to’lovchilar tomonidan tan olingan yoki xo’jalik sudi tomonidan belgilangan miqdorda olinadigan jarimalar, penyalar, neustoykalar bo’yicha (to’lovchilar tomonidan tan olinmagan, bildirilgan da’volar summasi hisobda aks ettirilmaydi), 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyoti bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar” schyoti pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda kelib tushgan to’lovlar summasiga kreditlanadi. Keyinchalik aniqlangan va olinishi kerak bo’lmagan summalar, qoidaga muvofiq, hisobga olishga qabul qilingan shu schyotlarga 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar” schyotining krediti bo’yicha olib boriladi.
4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan schyotlar” schyoti bo’yicha analitik hisob da’volar bo’yicha alohida yuritiladi.
4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” schyotida yuqoridagi schyotlarda ko’rsatilmagan hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Analitik hisob har bir debitor bo’yicha alohida yuritiladi.

Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar (4800)ning bog’lanishi:






Download 75.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling