7-mavzu. Olinadigan schyotlar (debitorlik qarzlar) hisobi reja
T/r Xo’jalik muomalalarining mazmuni
Download 75.62 Kb.
|
7-MAVZU. OLINADIGAN SCHYOTLAR (DEBITORLIK QARZLAR) HISOBI (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dargumon qarzlar bo’yicha rezervni hisobga oluvchi schyotlar (4900).
Dargumon qarzlar bo’yicha rezervni hisobga oluvchi schyotlar (4900). Dargumon qarzlar bo’yicha rezervlarning holati va harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish 4910 “Dargumon qarzlar bo’yicha rezerv” schyotida amalga oshiriladi. Korxonaning yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblari bo’yicha dargumon qarzlari summasiga rezerv tashkil qilinadi va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyotiga olib boriladi. Belgilangan muddatda qoplanmagan va tegishli kafolatlar bilan ta’minlanmagan korxonaning debitorlik qarzi dargumon qarz sifatida tan olinadi. Dargumon qarzlar bo’yicha rezerv hisobot yili oxirida korxonaning debitorlik qarzlarining inventarizatsiyasi natijalari asosida tashkil etiladi. Rezerv hajmi har bir dargumon qarz bo’yicha alohida, qarzdorning moliyaviy ahvoli (to’lov qobiliyati) va qarz summasini to’liq yoki qisman to’lash ehtimolini baholash asosida aniqlanadi. Agar shubhali qarz bo’yicha rezerv tashkil etilgan yildan keyingi yilning oxirigacha ushbu rezervning ma’lum bir qismi ishlatilmasa, u holda ishlatilmagan summa tegishli yilning foydasiga qo’shiladi va foyda solig’ini hisoblashda soliq bazasiga qo’shilmaydi. Ilgari korxona tomonidan dargumon qarz sifatida tan olingan qarzlarni balansdan chiqarish 4910 “Dargumon qarzlar bo’yicha rezerv” schyotining debetida tegishli debitorlar bilan hisob-kitoblar (olinadigan schyotlar)ni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi. Ishlatilmagan dargumon qarzlar bo’yicha rezerv summasining foydaga qo’shilishi 4910 “Dargumon qarzlar bo’yicha rezerv” schyotining debetida va 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. 4910 “Dargumon qarzlar bo’yicha rezerv” schyoti bo’yicha analitik hisob har bir dargumon qarz va rezerv tashkil qilingan muddat bo’yicha yuritiladi. Dargumon qarzlar bo’yicha rezervni hisobga oluvchi schyotlar (4900)ning bog’lanishi:
Download 75.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling