7-mavzu: Orientirlash Reja: Topografik kartani orientirlash
Download 365.58 Kb. Pdf ko'rish
|
7 - mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Direksion burchak bilan rumb burchagi orasidagi munosabat 7. Burchak tomonlarining direksion burchaklari orqali ichki burchakni hisoblash
7-mavzu: Orientirlash Reja: 1.Topografik kartani orientirlash 2. Kartada chiziqning haqiqiy azimut va direksion burchagini aniqlash 3.Joyda chiziqlar yo‘nalishini aniqlash 4. Meridianlarning yaqinlashish burchagi 5. Direksion burchaklar 6. Direksion burchak bilan rumb burchagi orasidagi munosabat 7. Burchak tomonlarining direksion burchaklari orqali ichki burchakni hisoblash Tayanch so‘zlar: orientir, meridian, azimut, direksion burchak, geografik koordinata, geografik kenglik, geografik uzoklik, geoid yer, globus, karta, plan, sistema, profil, astronomik va geodezik usul. 1.Topografik kartani orientirlash Plan yoki kartada tasvirlangan chiziqlarning joydagi mos chiziqlar gorizontal qo‘yilishining yo‘nalishiga parallel qilib o‘rnatilishi planni va kartani orientirlash deb ataladi. Plan yoki karta kompas yoki bussol yordamida yo bo‘lmasa plan yokt kartada tasvirlangan yo‘l kabi ob’ektlar bo‘yicha orientirlanadi. Kompas yoki bussol yordamida orientirlash. Bunda topografik karta undagi meridian chizig‘i yoki koordinata to‘rining kilometrlar chizig‘i bo‘yicha orientirlanadi. Masalan, kartani orientirlashda bussol tagligining bir tomoni (AV) kartadagi haqiqiy meridian (IX. 18–shakl) yo‘nalishi, ya’ni trapesiya ramkasining chap yoki o‘ng yon tomoni bo‘yicha qo‘yiladi. Keyin strelka bo‘shatilib, karta bussoli bilan shunday buri-ladiki, magnitaviy strelkaning shimoliy uchi qiymatiga teng bo‘lakda to‘rsin (shaklda 0 5 da to‘ribdi). Shunda karta meridian bo‘yicha Orien-tirlangan bo‘ladi. Agar bussolning yon tomoni AV koordinatalar to‘rining vertikal chizig‘iga qo‘yilsa, karta o‘qiy meridian bo‘yicha orientirlangan bo‘ladi. Lekin bunda (IX. 12) formulani eslab, P ni topish kerak. Agar ` 30 1 , 5 0 0 bo‘lsa, 30' 3 ` 30 1 5 0 0 0 Ï hisobga olinib, karta bilan bussol shunday buriladiki, strelkaning uchi 30' 3 Ï ni ko‘rsatadi. Shunda karta o‘qiy meridian bo‘yicha orientirlanadi. Yo‘l bo‘yicha orientirlash. Kartani planda ko‘rsatilgan yo‘l, aloqa simlari bo‘yicha orientirlashda joydagi yo‘lning bir uchida to‘rib karta yo‘lning plandagi tasviri joydagi yo‘lga parallel bo‘ladigan qilib ushlanadi. Buni uch qirrali chizg‘ich yordamida bajarish qulay bo‘ladi. Download 365.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling