7-mavzu. Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa


Takrorlash uchun savollar


Download 197.23 Kb.
bet38/49
Sana05.11.2023
Hajmi197.23 Kb.
#1750031
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49
Bog'liq
7.мавзу мантиқ

Takrorlash uchun savollar:

  1. Murakkab mulohazalarga asoslangan xulosa chiqarishning qanday turlari mavjud?

  2. Shartli-qat’iy xulosa chiqarishning qanday moduslari bor?

  3. Ayiruvchi-qat’iy xulosa chiqarishning qanday moduslari bor?

  4. Dilemma nima, uning qanday turlari bor?

  5. Kundalik hayotda deduktiv xulosa chiqarishning qaysi turidan ko‘proq foydalanasiz?

  6. Deduktiv xulosa chiqarish turlarini, qoidalarini bilmasdan ham to‘g‘ri (chin) fikr yuritish mumkinmi?

  7. Mantiqshunos olimlarning ba’zilari mantiq ilmining predmetini xulosa chiqarish deb ta’riflashgan. Siz bu haqda qanday fikrdasiz?



Mulohazalar mantig‘i va predikatlar mantig‘i.

Qat’iy mulohazalardan nosillogistik xulosa chiqarishda implikatsiya bilan bog‘liq qonunlar va munosabat mulohazalari bilan bog‘liq mantiqiy qonunlarga asoslaniladi. Bunda quyidagi simvollar qo‘llanadi: p,q,r – propozitsional o‘zgaruvchilar; – kon’yunksiya belgisi; Ú – diz’yunksiya belgisi; → – implikatsiya belgisi; ↔” ekvivalentlik belgisi;ù - inkor belgisi.


Kommutatsiya qonuni asosida xulosa chiqarish.
Kommutatsiya qonuni – (lot. commutatio– o‘zgarish, almashtirish) shartli mulohazaning ikki ketma-ket keluvchi asoslarining o‘rnini almashtirish mumkinligini tasdiqlovchi mantiqiy qonun. Qonunning simvolik ifodasi quyidagicha yoziladi:
(( р → ( q → r)) º ((q → (р → r))
Masalan: Agar bahor seryog‘in bo‘lsa, daryolarning muzi erib ketsa, unda suv toshqini bo‘ladi. Agar daryolarning muzi erib ketsa, bahor seryog‘in bo‘lsa, unda suv toshqini bo‘ladi.
Kompozitsiya qonuni asosida xulosa chiqarish
Kompozitsiya qonuni – (lot. compositio tashkil etish, tuzish) ma’lum bir shartli mulohazalarning natijalarini birlashtirishga yoki ularning asoslarini ayirishga imkon beruvchi mantiqiy qonunlarning umumiy nomi. Bu qonunlarning simvolik ifodasi quyidagicha yoziladi:
1. Shartli mulohazalarning natijalarini birlashtiruvchi formula:

Download 197.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling