7-mavzu. Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa


Download 197.23 Kb.
bet47/49
Sana05.11.2023
Hajmi197.23 Kb.
#1750031
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
7.мавзу мантиқ

O‘xshashlik metodi. Unda o‘rganilayotgan hodisaning sababi haqidagi xulosa shu hodisaning kuzatilayotgan tomonlarini solishtirish, ularning o‘xshash tomonini aniqlash asosida hosil qilinadi. Bu metoddan foydalanib, xulosa chiqarilganda, hodisaning kuzatilayotgan hollari uchun faqat bitta holatgina umumiy bo‘lsa, ana shu holat mazkur hodisaning sababi deb olinadi. Masalan, kasalxonaga turli yosh va jinsdagi bemorlar bir xil tashhis bilan keltirildi.
Ularning harorati baland, oshqozon-ichak faoliyati buzilgan edi.
Bemorlarning barchasi kasal bo‘lmasdan oldin qo‘ziqorin yeganlarini aytdilar. Demak, kasallik qo‘ziqorinni noto‘g‘ri iste’mol qilish oqibatida vujudga kelgan.
O‘xshashlik metodining mohiyatini quyidagi sxema orqali ifodalash mumkin:

  1. ABS_____a

  2. ADE_____a

  3. AKN_____a

Demak, A holat a hodisaning sababidir.
Bunda ABS, ADE, AKN tekshirilayotgan hodisalarni, A – umumiy bo‘lgan holatni, ya’ni sababni, a – sodir bo‘lgan natijani ifodalaydi.
Tafovut metodi.Bu metod faqat ikki holatda, ya’ni hodisaning vujudga kelgan va kelmagan hollarini taqqoslash asosida hodisaning sababini aniqlash usuli bo‘lib, unda mavjud hollar bir-biridan faqat bitta holati bilan farq qiladi. Shuning uchun ham mazkur holat kuzatilayotgan hodisaning sababi bo‘lsa kerak, deb taxminiy xulosa hosil qilinadi. Uning sxemasi quyidagicha:

  1. ABS_____a

  2. BS_____a emas.

Ehtimol, A holat a hodisaning sababidir.
Masalan, aeroportga kirishda yo‘lovchilarda metall buyumlarning borligi maxsus asbob yordamida tekshiriladi. Agar yo‘lovchida metall buyum bo‘lsa, moslama tovush chiqaradi, metall buyum bo‘lmasa tovush chiqarmaydi. Elektr tarmog‘ida tokning bor yoki yo‘qligi lampaning yonish yoki yonmasligiga sabab bo‘lishi ham ushbu metodga misol bo‘ladi.
Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodi
Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodiga muvofiq, bir holatning o‘zgarishi hodisaning o‘zgarishiga ham olib kelsa, shu holat kuzatilayotgan hodisa o‘zgarishining sababidir.
Hodisadan avval kelayotgan holatlarni A, V, S harflari bilan, bu holatlarning o‘zgarishi darajasini 1,2,..., n bilan, hodisani d bilan belgilasak, yo‘ldosh o‘zgarishlar metodida muhokama jarayonining quyidagi shakl bo‘yicha amalga oshishini ko‘ramiz:

  1. AVS1 ______d1

  2. AVS2 ______d2

n AVS n______ dn
Ehtimol, S holat d hodisaning sababidir.
Masalan, Quyoshdagi dog‘ning kattalashishi magnit bo‘ronining kuchayishiga olib keladi.
Millning qonuniyatlar borasidagi fikrida ta’kidlanishicha, agar C o‘zgarganda E ham o‘zgarsa, ular o‘zaro aloqadordir. Ko‘rganimizdek, bu ko‘p ma’nolarni bildiradi. C o‘zgarganda E ham o‘zgarishida ular o‘zaro aloqadorligini ko‘rsatish uchun ular bir-biri bilan teng ravishda o‘zgarishini aniqlash lozim. Agar C va E to‘g‘ri tahlil qilinmasa, usulni bunday tekshirish ham uni xatoliklardan asrab qololmaydi.

Download 197.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling