7-mavzu: Ta`lim tarbiyada hadislarning mohiyati


-masala: Hadislardan foydalanish yo‘llari


Download 18.67 Kb.
bet3/3
Sana10.11.2023
Hajmi18.67 Kb.
#1763216
1   2   3
Bog'liq
7-mavzu Ta`lim tarbiyada hadislarning mohiyati-fayllar.org

3-masala: Hadislardan foydalanish yo‘llari.
Hadislar jamiyatning har bir a`zosini bilimli bo`lishga chaqiradi. Ilmsiz jamiyatda 
nodonlik, jaholat, razolat hukmron bo`ladi.
Bu ilm ikki hil bo`lib, birinchisi, musulmonlarga har qanday vaziyatda o`zini qanday 
tutishi lozimligi haqida ma`lumot beruvchi huquqiy-diniy yo`l-yo`riqlardan iborat (fiqh).
Ikkinchi esa, asrlar davomida vujudga kelgan fan, adabiet, madaniyat sohasidagi ilmlar 
majmuasi hisoblanadi. Har ikkala yo`nalishdagi bilimlar bilan qurollanish har bir musulmon
uchun farz hisoblanadi. 
«Ilmga e`tiborsizlik, nodonlik, aroqxo`rlik va zinokorlikning ommaviy tus olmog`I
qiemat alomatlaridandir». 
Diniy va duneviy bilim olish inson haetining barcha davrlarida intensiv amalga
oshirilishi, «ilmga ilm olish yo`li» bilan erishilmog`i lozim. Ilmli inson hech vaqt xor bo`lmaydi. 
Har bir kishi eshlikdan puxta bilim olishga erishishi zarur. «eshlikda olingan bilim toshga
o`yilgan naqsh kabidir» (383 hadis). Ilm olish har bir kishi uchun farzdir, hatto u ibodatdan ham 
afzaldir. Hadislarda olg`a surilgan ota-onaga nisbatan muhabbat, hurmat hissi xalq
donishmandligi durdonalarida, mumtoz adabietimizning didaktik xarakterdagi namunalaridan 
Yusuf Xos Xojibning «Qutadg`u bilig», Qaykovusning «Qobusnoma», Sa`diyning «Guliston»,
«Bo`ston», A.Jomiyning «Bahoriston», A.Navoyining «Hayratul abror», «Mahbubul qulub», 
Muhammad Sodiq Qoshg`ariyning «Odob as-solihin», Olimatul Banotning «Muosharat odobi»,
Rizouddin Ibn Faxruddinning «Oila» kabi asarlari, shuningdek o`zbek adib va shoiralari ijodi 
mazmuniga singdirilib yuborilgan. Ma`naviy madaniyatlilik mezonlaridan biri opa-singillar, aka-


ukalar, qarindoshurug`lar, do`stlar, o`rtoqlarga nisbatan mehr-muruvvat o`zaro hurmat,


oqibatlilikdan iborat. 
Har qanday inson kelajak avlod uchun, jamiyat uchun foydali biron ish qilib qoldirmog`i
lozim. Insonning haetdagi o`rni ham, dunega kelib-ketishdan maqsadi ham uning «tarqatgan 
ilmi, qobil farzandi, meros qoldirgan Qur`oni, qurgan masjidi, mehmonxonasi, chiqargan suvi,
sog`lik va haetlik paytida qilgan sadaqasi» (159 hadis), odamlarga qilgan yaxshiligi, jamiyat 
taraqqietiga qo`shgan hissasi bilan belgilanadi.
Haetda, mehnatda halollik, tejamkorlik farovon turmush-ning, vijdon sofligining, iymon 
butligining belgisidir.
Hadislar qadimiy urf-odatlar, an`analar, marosimlar va udumlarni avloddan-avlodga 
etkazuvchi vosita hisoblanadi. To`y marosimlarni o`tkazish tartiblari va boshqalar haqida
ma`lumot beradi. 
Bizning nazarimizda, hadislarning qimmati, inson ongi va faoliyatini shakllantirishdagi
o`rni ularning mazmunini xalq og`zaki va ezma manbalar mazmuniga sngdirib borilganiligi bilan 

ham belgilanadi.





http://fayllar.org
Download 18.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling