7-mavzu: Ta`lim tarbiyada hadislarning mohiyati


Download 18.67 Kb.
bet1/3
Sana10.11.2023
Hajmi18.67 Kb.
#1763216
  1   2   3
Bog'liq
7-mavzu Ta`lim tarbiyada hadislarning mohiyati-fayllar.org


7-mavzu: Ta`lim tarbiyada hadislarning mohiyati



7-mavzu: Ta`lim - tarbiyada hadislarning mohiyati 

Reja:
1.Hadislarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati. 


2.Hadis ilmining paydo bo‘lishi.
3.Hadislardan foydalanish yo‘llari.


1-masala: Hadislarning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati 
Dunyo madaniyatining beshigi Sharqda ijtimoiy tuzumning qaysi bosqichdaligidan qat`iy 
nazar shaxsni har tomonlama kamol toptirish muammosi hamisha etakchi o`rinda bo`lib kelgan.
Islom o`z oldiga ko`ygan maqsadlaridan biri ham, vujudga kelgan kunidan boshlab sof fikrli, 
komil, yaratuvchi, beozor insonni tarbiyalash edi. Hadislar xalqni tarbiyalashga, ahloq-odobga,
diniy e`tiqodga chaqirish bilan bir qatorda xalqning hayotini, uning o`tmishdagi iqtisodiy, 
siyosiy va madaniy turmush darajasini o`rganishda muhim manba hisoblanadi. U xalqning
ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarini, ijtimoiy-maishiy turmush tarzini, orzu va intilishlarini 
o`zida ifoda etadi. Hadislarda ifodalangan xulq-atvor normalari yoki inkor etiladi, yoki keskin
ma`qullanadi. Shuning uchun u o`quvchiga g`oyaviy yo`nalish beradi, ideallarning rivojlanishiga 
ta`sir etadi, insonparvarlik, halollik, iymon, e`tiqod, tinchlik, do`stlik, vatanparvarlik,
mehnatsevarlik hissiyotining shakllanishiga olib keladi. Hadislar tarixiy xarakterga ega bo`lib, 
yaratilgan davr xarakteriga mos holda ifodalangan.
Hadislar yaratilgan davr tuzumi manfaatlarini aks ettiradi, shu davr kishilarining talab va 
ehtiejlarini nazarda tutadi. Hadislar feodalizm davrida yaratilgan bo`lib, shu tuzum tartiblari,
qonun-qoidalari, O`rta Osiyo va Eron xalqlarining boy milliy an`analarini, turmush tarzini 
ifodalagan.
Hadislarda xalq tajribasida sinalgan ezgu ideallar kuchaytiriladi, nasihat va talab shakladi 
xalqqa etkaziladi, xalq idealiga zid xislatlar esa salbiy jihatdan bo`rttiriladi, emon oqibatlardan
ogoh etadi. Bunday hollarda mubolag`a usuli orqali hadislarning tarbiyaviy ta`siri kuchaytiriladi. 
Xalq idealiga mos kelmaydigan noinsoniy hislatlar: ochko`zlik, ug`rilik, adolatsizlik, zino,
tekinxo`rlik, yalqovlik, xienatkorlik, ota-onaga hurmatsizlik va boshqalar qoralanadi. Bu 
qoralash oddiy baendan iborat bo`lmasdan, balki xalqning izchil g`oyaviy estetik talabi va bahosi
sifatida ifodalanadi. Xalqning ma`naviy fazilati sifatida qaror topmagan illatlar ijtimoiy haet 
taraqqieti va milliy qadriyatlarning takomiliga salbiy ta`sir etadi.
Hadislardagi badiiy ifoda hamda tasviriy vositalar rang-barang bo`lib, ular har bir 

hadisning asl mazmunini reallashtirishga imkon beradi. Shu sababli hadislar kishilarni ezgulikka,


olijanoblikka, mehr-oqibatli, iymonli, e`tiqodli bo`lishga undaydi. hadislar zaminida kishilarning 
e`tiqodi va tasavvurlari, odamni bila borish va idrok etish darajasi etadi.
Hadislar mavzu jihatdan g`oyatda boy va rang-barangdir. Halqning ijtimoiy maishiy 
turmushi, jamiyatning tabiati, jug`rofiyasi, ekologiyasi, nabotot va insonning diniy, ma`naviy-
ruxiy olami, faoliyati qamrab olingan. Unda tarixiy voqealar, ijtimoiy-siesiy masalalar, sinfiy 
munosabatlar ham o`z ifodasini topgan.
Hadislar (600000 hadis aytilgan) insonning o`limidan keyingi haeti, yaqin va olis kelajak 
haqidagi bashoratlar, ma`naviy-ahloqiy fazilatlar, tabobat va gigiena tug`risidagi bilimlar
mujassam etilgan. 
Hadislar tuzilishi jihatdan nasriy shaklda bo`lib, kishi xotirasida uzoq saqlanishini
ta`minlaydi. Muhammad alayhissalom hadislarida musulmon halqlarining eng muhim milliy 
qadriyatlari hisoblangan iymonli bo`lishga da`vat asosiy o`rinda turadi. Islom dini hukmronlik
qilib kelgan davrlarda barcha eshdagi kishilarni tarbiyalash quroli bo`lib kelgan hadislarning 
paydo bo`lishi va uni ma`naviyat xazinasiga aylanib qolishiga kimlar mas`ul bo`lganlar.
Hadis islom olamida payg`ambar Muxammad alayhissalomning hislatlari, hatti 
harakatlari, diniy va ahloqiy ko`rsatmalari haqida ma`lumot beruvchi didaktik xarakterdagi
ta`limot hisoblanadi. 



Download 18.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling