7-mavzu: Ta`lim tarbiyada hadislarning mohiyati


-masala:Hadis ilmining paydo bo‘lishi


Download 18.67 Kb.
bet2/3
Sana10.11.2023
Hajmi18.67 Kb.
#1763216
1   2   3
Bog'liq
7-mavzu Ta`lim tarbiyada hadislarning mohiyati-fayllar.org

2-masala:Hadis ilmining paydo bo‘lishi. 


Hadislarni Muhammad alayhissalomning vafotlaridan bir necha o`n yillardan so`ng


yig`ishga va ezishga kirishilgan, hadislarning haqqoniyligi har tomonlama tekshiruvdan 
o`tkazilgan bo`lib, hadislarni aytgan kishilarning xulq-atvorlari, ahloqi, shaxsi, hatto avlod
ajdodlari har tomonlama o`rganilgan. Chunki, Muhammad alayhissalom aytmagan fikrlar ham 
yanglish ravishda xalq o`rtasida tarqalmasligi lozim, deb hisoblanadi. Olmoniyalik islomshunos
idoyatulloh Xobshning fikricha Hadisning haqiqiyligini bildiradigan quyidagilar: 
Birinchidan, hadis Qur`on oyatlarining birontasiga zid kelishi mumkin emas.
Ikkinchidan, har bir hadis payg`ambarimiz sunnatiga mos kelishi kerak. 
Uchinchidan, hadislarda aytilgan gaplar qayriahloqiy eki Islom dinining aniq-ravshan
ta`limotiga zid bo`lmasligi kerak. 
Muhammad alayhissalomning fikricha, inson millati, irqi, davlatiga qaramasdan o`z
tabiatiga ko`ra sahovatli bo`lishi, bir birlariga nisbatan mehribonlik ko`rsatishlari zarur. Mana 
shu fazilat uni boshqa mavjudotlardan ajratib turadi. Bunday sahovatli dune to`rt toifadagi
insonlar guruhidan iboratdir: 
1. Tangri tomonidan ham boylik, ham ilm ato etilgan bo`lib, bulardan faqat o`zi
bahramand bo`lmasdan, balki qarindosh-urug`lar, do`stlar, qo`shnilar va boshqalarni ham 
bahramand etadilar. Bu toifadagi odamlar har tomonlama ulug` kishilardir.
2. Ikkinchi toifadagi odamlar borki, ilmli, aql-zakovat egalari, lekin boylik ato etilmagan. 
Bu toifadagilar boy kishilarga g`araz nazari bilan qaramaydilar, o`zlarida ham shunday boylik
bo`lsa, ezgu natijalarga sarflashni orzu qiladilar. 
3. Uchinchi toifadagi kishilar esa mol-dune ega bo`lib, ilmsizdir. Hech kimga muruvvat
qilmaydi. Bu toifadagi kishilar eng emon kishilar hisoblanadilar. 
4. To`rtinchi toifadagi kishilarda na mol-dune, na ilm bor. Ular ilmli, mol duneli bo`lish,
ularni ezgu ishlarga sarflash orzusi bilan yashaydilar (247 hadis). Jamiyatning taraqqieti birinchi 
va ikkinchi toifadagi kishilarga ko`p jihatdan bog`liqdir.
Hadislar orqali ijtimoiy masalalar ham o`z ifodasini topadi. Quldorlik, feodalizm 
jamiyatida qullarning, g`ulomlarning haq-huquqlari nihoyatda chegaralangan bo`lib, ularning
moddiy va maishiy ahvollari hech qanday qonun va qoidalar bilan himoya etilmagan. Ularni 
inson sifatida hurmat qilish, jabr-zulm ko`rsatmaslik, moddiy va maishiy turmush darajasini
yaxshilashga e`tibor diniy va badiiy manbalar orqaligina quldorlarga, feodallarga etkazilgan. 
Ijtimoiy turmush tartib qoidalarga rioya qilmaslik, jamiyatning ba`zi bir a`zolari tomonidan
bunday qonun qoidalarni o`zgartirishga urinish emon natijaga olib kelishi tabiiy. Qur`oni Karim, 
Hadisi sharif, xalq og`zaki ijodi, boy mumtoz adabietimiz manbalarida oddiy, eziluvchi xalq
ommasini boy, hukmdor doira vakillari bilan o`zaro adolatli kelishtirish asosida jamiyatni 
o`zgartirish, kishilarni bir-birlariga nisbatan mehr oqibatli, insonparvar bo`lib yashashlariga
erishish mumkin, degan g`oya olg`a suriladi. Jamiyat a`zolarining turmush tarzlari turlicha 
bo`lishi Olloh taoloning hukmiga bog`liq. Shuning uchun uning hukmini o`zgartirishga hech
kimning kuchi etmaydi. Faqat sabr, qanoatgina emon kun ketidan yaxshi kunlarni, azob-uqubat 
ketidan farovonlikni ishonmaydigan, sabrsizlik qilgan, qo`l ostidagilarga, ko`ni-qo`shnilarga,
oila a`zolariga emonlik qilgan kishi do`zaxiy hisoblanadi. Hadislar mazmuniga singdirilgan bu 
g`oya kishilarni ijtimoyi turmushga ko`nikishga, ishonch bilan yashashga undab keldi.
Hadislarda kishilarning barchasini teng, tinch-totuvlik bilan yashashlarini ta`minlash uchun bu 
toifadagi birovga qaram, faqir kishilarni qaramlikdan ozod etish, jamiyatni adolat asosida
boshqarish lozim degan g`oya olg`a suriladi. Gunoh sifatida taqiqlangan ahloqiy kategoriyalar 
hadislar mazmunida ifodalangan bo`lib, ularning ko`pchiligi diniy g`oyalar va urf-odatlar bilan
bog`liq, lekin ularning bir qismi inson ahloqiy haetiga aloqador. 
Insonning hayotdagi o`rni uning jamiyat taraqqietiga ko`shgan hissasi hamda kelajak 

avlodga qoldirgan moddiy va ma`naviy merosi bilan belgilanadi. Islom dini manbalarida oxirat


yaqinlashib, qiemat bo`lishi ma`lum bo`lgan taqdirda ham oliji boricha bo`lajaq jamiyatning 
taqdiri, turmush tarzini o`ylash, qo`ldan keladigan ishni bajarib qolish targ`ib etiladi.
«Birortangiz ekish uchun qo`lingizda bir ko`chatni ushlab turgan vaqtingizda qiemat qoyim 
bo`lib qolsa-yu, qoyim bo`lishidan ilgariroq uni ekib olishga ko`zingiz etsa, albatta ekib quying»


(479-hadis), «Sen bir ko`chatni ekaetganingda dajjol chiqib qolibdi, deb eshitsang ham, uni


tazatib ekishga harakat qil, chunki undan keyin ham odamlar yashaydi».( 480 hadis) 
Bu hadislarning mazmunidan shunday xulosa kelib chiqadi: «Haetda qonli urushlar bo`lib
o`taveradi, tarix ham soyqalaveradi, odamlar ham aynaydi, bo`ziladi va oqibatda kishi o`z 
qo`shnisini, aka ukasini, opa singilisini o`g`il otasini, hatto farzandini ham qatl etadi, ammo toki
duneda e`tiqodlar, insoflilar, olijanoblar, vijdonlilar, andishalilar bor ekan, haet barqarordir, 
shuning uchun ham sen umidsizlikka tushma, agar imon va e`tiqodning salomat bo`lsa, albatta,
yaxshilik va ezgulik otiga xizmat qilaver». Musulmon olamida iymon va e`tiqod musulmonning 
haqiqiy musulmonligini bildiruvchi yuksak ruhiy holatdir. Murod-iymon demakdir. Iymon
so`zda ham, ishda ham bir hilda bo`lishi talab etiladi. Diniy nuqtai nazardan «iymonning ham 
o`z farz ham amallari, muayyan chegaralari, bajarilishi lozim bo`lgan sunnatlari mavjud bo`lib»,
ularga qat`iy rioya etgan insonning iymoni but, rioya qilmaganlarning esa iymoni yo`q 
hisoblanadi.
Islom dinida ruhiy poklik bilan bir qatorda jisomniy poklik ham targ`ib qilinadi. Jismoniy 
poklikka erishishi besh vaqt namoz o`qishdan oldin tahorat qilish orqali amalga oshiriladi. Uning
o`ziga xos qonun-qoidalariga rioya etish islom ta`limoti orqali targ`ib etiladi. Tahorat-islomga 
e`tiqodning natijasi, uning oqibati esa jismoniy sog`limlik, ruhiy tetiklik, haetga, yashashga mehr
muhabbat, kuvonch va sog`lom turmush tarzidir. Tozalik, ozodalik tibbiy nuqtai nazardan ham, 
diniy nuqtai nazardan ham shaxsning yaxlit shakllanishini ta`minlovchi xususiyat hisoblanadi.
Namoz o`qish oldidan tahorat olish, ko`chaga chiqish, mehmonga borish, uxlash oldidan, ertalab 
uyqudan turgach yuvinish Sharq xalqlarinineg qadimiy qadriyatlaridan hisoblanadi. Bunday
qadriyatlar asrlar davomida ahloq-odob qoidalari doirasida jamiyat a`zolarining hulq-atvoriga 
singdirib kelinadi. Tana a`zolarini pokiza saqlash, mash tortish, g`usl qilish, erkaklar uchun,
aellar uchun lozim bo`lgan pokizalik xususiyatlari odob, milliy ma`naviy xususiyatlar doirasida 
beriladi.
Hadislardagi gigienik qoidalar Muhammad alayhissalomning «Subhonolloh, mo``min 
kishi hech vaqt nopok bo`lmag`aydir» degan g`oyasiga asoslangan holda talqin etiladi.
Ma`naviy madaniyatlilikning oliy mezoni shaxsning ilmli, duneqarashi shakllangan, fikr 
doirasi keng, ob`ektiv borliq, uning taraqqiet qonunlari haqida chuqur bilimga ega bo`lishidan
iboratdir. 



Download 18.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling