7-mavzu: test me’yor (norma)larning repzintativligi reja


Download 162.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana31.07.2023
Hajmi162.65 Kb.
#1663870
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-mavzu test me’yor (norma)larning repzintativligi reja

Psixologik 
testlarning 
standartlashtirish 
talablari
Shaxsni 
о‘rganish testlarini konstruksiyalash о‘zida psixometrik asosiy talablarga 
javob beruvchi о‘lchash vositalarining yaratish jarayonini taqdim etadi. Har 
qanday 
test 
ishonchli, 
validli 
va 
standartlashtirilgan 
bо‘lishi 
kerak. 
Psixodiagnostika 
bilan 
shug‘ullanayotgan 
yosh 
mutaxassislar 
о‘z 
amaliyotlarida metodikalardan foydalanish bilan bog‘liq muammolarga kо‘p 
duch 
kelmoqdalar. 
Chunki 
mamlakatimizda 
psixodiagnostika 
fanining 
rivojlanishi ancha ilmiy salmoqqa ega bо‘lgan ishlarni amalga oshirishni 
talab etadi. Bugungi kunda psixodiagnostik maqsadlarda tatbiq etilayotgan 
metodikalarning asosiy qismi boshqa muhitlarda yaratilgan bо‘lib, ular 
bizning sharoitimizda ayrim psixometrik qoidalarga muvofiqlashtirilgan holda 
qо‘llanilib kelinmoqda. Shuningdek, psixodiagnostika va uning muammolariga 
bag‘ishlangan qо‘llanmalar, adabiyotlarning о‘zbek tilida yaratilganlari va 
psixologlar tayyorlash jarayonida psixodiagnostika kursini о‘qitishda ham amaliy 
tajribalar yetarlicha emas. Bu tarzdagi muammolarning mavjudligi о‘z navbatida 
ushbu yо‘nalishdagi boshqa muammolarni kelib chiqishiga asos bо‘lib 
qolayotganligi shubhasiz. Yuqorida keltirilgan muammolarga tayangan holda 
psixologik metodikalarni yaratish, ularni modifikatsiyalash va moslashtirishning 
psixometrik jihatlari bilan bog‘liq masala tahliliga e’tibor qaratish kо‘zda tutildi. 
Mahalliy mutaxassislar metodikalarni amaliyotda qо‘llash qoidalar va shart-
sharoitlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqdalar. Bunday muammolarni 
hal etishda jahon psixologiyasida yetarlicha tajribalar mavjud. Ushbu tajribalarga 
tayangan holda yosh mutaxassislar duch kelayotgan muammolardan biri 
psixodiagnostik metodikalar, xususan, testlarni standartlashtirishning umumiy 
jihatlarini tahlil etib о‘tishga harakat qilamiz.

Download 162.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling