7-mavzu: test me’yor (norma)larning repzintativligi reja


Download 162.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana31.07.2023
Hajmi162.65 Kb.
#1663870
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-mavzu test me’yor (norma)larning repzintativligi reja

(content validation). U kо‘pincha “mantiqiy validlik” yoki “aniqlash bо‘yicha 
validlik” deb ham nomlanadi. Mazmuniy validlik mutaxassis tomonidan testning 
validlik deb bildirgan mulohazasi orqali aniqlanadi. 
Mazmuniy validlik kо‘rinib turgan, yuzadagi, tashqi validlik (face validity) 
dan farq qilishi kuzatiladi. Tashqi validlik- tekshiriluvchi nuqtai nazaridagi 
validlikdir. U tekshiriluvchida test yо‘riqnomasi va materiallari bilan tanishishda 
shakllanadi, о‘lchash predmeti haqidagi taassurotlarini ifodalaydi. Tashqi validlik 
testlashtirish jarayonida muhim rol о‘ynaydi, chunki aynan u birinchi navbatda 
tekshiriluvchining tekshiruvga munosabatini aniqlaydi.
V.A.Avanesov tekshiriluvchilarda tashqi validlikni yо‘qligi tufayli 
testni bajarishdan bosh tortish holati bilan bog‘liq misol keltiradi. Bir sotsiologik 
tadqiqotda baliqchilik floti moryagi anketani tо‘ldirishdan bosh ortgan holat 
kuzatiladi. Bunga sabab anketa moryaklar uchun tuzilmaganligi sabablidir. Agar 
sо‘rovnoma 
dengiz 
atamalari 
bilan 
bog‘liq 
tuzilganda 
edi, 

olda 
tekshiriluvchilarda katta ishonch uyg‘otgan bо‘lar edi. Aynan ushbu holatning 
kuchiga kо‘ra tashqi validlik ba’zan ishonchli validlik ham deb nomlanadi. 
Oshkora, tashqi validlik mazmuniy validlik bilan har xil munosabatda bо‘ladi. Bir 
holatda mazmuniy va tashqi validlik mos tushsa, boshqasida tashqi validlik 
mazmuniy validlikni himoyalash (yashirish) uchun niqob sifatida foydalaniladi. 
Shu maqsadda topshiriqning mazmuni va yо‘riqnomasiga maxsus shakl beriladi. 
Bu asosiy obyektiv testlarni tuzishning taktik usuli sifatida foydalaniladi. Oshkora-
tashqi validlikdan farqli о‘laroq mazmuniy validlik doimiy ravishda test materialini 


mazmunini haqqoniy baholashga munosabati bilan bog‘liq, soxta о‘lchashlar 
maqsadlariga ega emas. Mazmuniy validlikni aniqlash uchun ekspert metodidan 
foydalaniladi.
Har doimgidek, ekspertizada quyidagi masalalar hal qilinishi kerak: 
kompetent ekspertlarni tanlash, ekspert guruhini shakllantirish, ekspertizani 
о‘tkazish jarayonini tashkillashtirish va boshqalar. Ekspertizaning spetsifik obyekti 
bо‘lib, testning mazmuni xizmat qiladi.Ekspertlar uning psixik xususiyatlarga, 
testning validligini mazmuni sifatida e’lon qilinadigan testning mazmunini baholab 
berishlari zarur. Bu maqsadda ekspertlarga testning spetsifikatsiyasi va 
topshiriqlari rо‘yxati taqdim etiladi. Agar aniq topshiriqlar tо‘liq ravishda mos 
kelsa, u holda ekspert uni testning mazmuniga muvofiq sifatida baholaydi. Aks 
holda u topshiriqlarni nuqsonli hisoblaydi va yozma ravishda о‘z bahosini 
asoslaydi. 
Agar 
ekspertlar 
orasidan 
topshiriqni bahosida kelishmovchilik kelib chiqsa, u holda ekspertlarning yozma 
tushuntirishlari bilan anonim tarzda tanishib chiqadilar, buning natijasida 
ekspertiza qaytadan о‘tkaziladi.

Download 162.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling