7-mavzu: test me’yor (norma)larning repzintativligi reja


Empirik validlik (empirical validity)


Download 162.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana31.07.2023
Hajmi162.65 Kb.
#1663870
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-mavzu test me’yor (norma)larning repzintativligi reja

Empirik validlik (empirical validity). Empirik validlikning g‘oyasi 
testning ma’lum qobiliyatini aniqlashda indikator yoki psixik xususiyatlari yoki 
inson xulq-atvor shakllarini qat’iy aniqlashni bashorat qiluvchi bо‘lib xizmat 
qilishdan iborat. Testning bu xususiyatini о‘lchash uchun test natijalarining tashqi 
mezonlar bilan korrelyatsiyasi koeffitsiyenti hisoblab topiladi-R (X,K). Mezon 
sifatida testni validlashtiruvchi, psixologik xarakteristikalarni mustaqil va 
shubhasiz о‘lchovchi, har qanday kо‘rsatkich ishtirok etishi mumkin. Mezon 
tanlash 
haqidagi 
masala 
bu 
kо‘rinishda 
asosiy 
validlik 
hisoblanadi. 
Mezon 
tanlashda validlikning miqdoriy va sifatni baholashiga bog‘liq bо‘ladi. 
Shartli ravishda uch guruh mezonlarni ajratish mumkin: ekspertlar, eksperimental 
va “hayotiy”.
Ekspert mezon shaxs xususiyatlarini mustaqil о‘lchash uchun ekspert 
baholashdan foydlanishni taqozo etadi. Garchi shaxs xususiyatlarini о‘lchashda 


oxirgi vaqtlarda ekspert metodiga katta ahamiyat berilayotgan validligini 
ta’minlashda 
ekspert 
baholashni 
qо‘llash 
yetarlicha 
ishlab 
chiqilgan 
unifikatsiyalashgan tartibga, ishonchli va barqaror axborot olishni taqozo etishga 
ega emas. О‘quvchilar uchun mо‘ljallangan testlarni validlashtirishda ekspert 
sifatida odatda xodimlardan foydalanadilar. Biroq maxsus tadqiqot kо‘rsatkichlari 
sifatida xodimlarning ekspert baholari past ishochlilik va validlikka ega. Ayrim 
xodimlar ishonchli ekspert sifatida ishtirok etishlari mumkin. Bu ularning baholari 
ayniqsa subyektiv yanglishishlarga duchor bо‘lganligi kuchli darajada bog‘liqdir 
(simpatiya va antipatiyaga, xodimga ota-onalar bilan munosabatini kо‘chirish, 
shaxs sifatidagi о‘zlashtirishi bilan). Xatolarning boshqa sababi baholanayotgan 
sifatning mazmunini yetarlicha tushunmasligidan iborat. Test va ekspert bahosi 
uchun hajm bо‘yicha mos tushuncha qо‘shish kuzatiladi.Aks holda yuqori 
korrelyatsiyaga mо‘ljal olish mumkink emas. Agar shaxsning qandaydir 
xususiyatini xodim baholashi oddiy talab etilsa, bu nomutaxassislar oldida turgan 
va hatto kо‘p psixologlar uchun qiyin vazifa hisoblanadi. Boshlanishida 
validlashtiriladigan testni о‘lchash uchun xodimga psixik hususiyatning 
mazmunini tushuntirish, uni topshiriq tarkibi va spetsifikatsiyasi bilan tanishtirish 
kerak bо‘ladi. Faqat shundan keyingina xodimdan о‘quvchilarga ekspert baho 
qо‘yish sо‘raladi. Bahoni 7 yoki 9-balli shkalada qо‘yish kerak bо‘ladi. 
Birinchidan, baho ancha aniq qilinadi, ikkinchidan о‘lchanayotgan sifatga 
о‘zlashtirish bahosini mexanik kо‘chirish qiyin bо‘ladi. Amaliyotda kо‘proq 
eksperimental mezonlar keng tarqalgan. Bu holatda validlashtirish mezoni sifatida 
bir vaqtning о‘zida va mustaqil testlashtirish tekshiriluvchilarni boshqa testlar bilan 
birgalikda foydalaniladi. Ikki qiymat о‘rtasidagi korrelyatsiya koeffitsiyenti о‘zaro 
empirik validlik hisoblanadi. Uning qiymatlari о‘lchashning mazmuni va testning 
ishonchliligiga bog‘liqdir. 

Download 162.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling