7-mavzu. Texnik tizimlarning ishonchliligini oshirish usullari


Texnik diagnostika tizimi tarkibi va unga qо‘yiladigan talablar


Download 1,33 Mb.
bet2/7
Sana08.03.2023
Hajmi1,33 Mb.
#1249787
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-Маъруза АСДИ

3. Texnik diagnostika tizimi tarkibi va unga qо‘yiladigan talablar Texnik diagnostika о‘zining vazifalarini bajarishi uchun quyidagi shartlarni ta‘minlashi kerak: - tizimning tarkibiy elementlari holati tо‘g‘risida eng haqqoniy axborot beradigan, qayd etish va о‘lchash uchun qulay bо‘lgan chiqish jarayonlari parametrlari majmuini aniqlash; - chiqish jarayonlari parametrlari eng ko‘p darajada kerakli axborot beradigan avtomatlashtirish vositasi ishi tartibotlarini aniqlash va ajratib olish; - avtomatlashtirish vositasi yurgan yo‘lining funksiyasi sifatida parametrlarning о‘zgarish qonunlarini aniqlash va ularning boshlang‘ich chegaraviy va ruxsat etilgan mikdorlarini topish (ishonchlilik xususiyatlari shartlari bо‘yicha); - tegishli texnik diagnostika vositalarini tanlash va ularni diagnostik axborotni olishda hamda tizim elementlari texnik holatining belgilariga aylantirishda qо‘llash; - elementlar va tizim buzilishlarini aniqlashning maqsadga muvofiq strategiyasini aniqlash.
Avtomatik tizimini loyihalayotganda texnik topshiriqni ishlab chiqish bosqichida quyidagilar belgilanadi: - ekspluatatsiya sharoitlaridan kelib chiqib, diagnostika turlari, davriyligi va mehnat hajmi; - diagnostikaning qoidalari va ketma-ketligi; - diagnostika parametrlarining ro‘yxati va avtomatik tizimining texnik holatini bildiradigan, nuqsonlar qidirishni taminlaydigan sifat belgilari;
- strukturaviy diagnostik parametrlarning nominal, yul qo‘yiladigan va chegaraviy miqdorlari va parametr qiymatlarining yuriladigan yo‘lga bog‘liqligi; - parametr o‘lchamlarining aniqligiga qo‘yiladigan talablar; - diagnostika vositalari ro‘yxati va avtomatik tizimi uning tarkibiy qismlarining diagnostika o‘tkazilayotgandagi ish rejimlari; - avtomatik tizimining nazoratga yaroqlilik ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan talablar; - diagnoz qo‘yish vaqtida mehnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasiga qo‘yiladigan talablar.
Diagnoz qo‘yish natijalari asosida avtomatik tizimini kelgusida ishlatish yoki tamirlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Avtomatik vositalarni ekspluatatsiya qiladigan idora ekspluatatsiya bo‘yicha qo‘llanmaga binoan quyidagilarni ishlab chiqadi: - diagnostikani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tipik texnologik jarayon xaritasini; - diagnoz qo‘yish xaritasini; - jamg‘arma xaritani; - diagnoz, jamg‘arma ma‘lumotlari va axborotga ishlov berish bo‘yicha hisob-kitob hujjatlari majmuini.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling