7-mavzu. Texnik tizimlarning ishonchliligini oshirish usullari


Download 1,33 Mb.
bet1/7
Sana08.03.2023
Hajmi1,33 Mb.
#1249787
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-Маъруза АСДИ


7-MAVZU. TEXNIK TIZIMLARNING ISHONCHLILIGINI OSHIRISH USULLARI (FUNKSIONAL, ALGORITMIK VA INFORMATSION ZAHIRALASH).
REJA: 1. TJA ni ishonchliligini qo‘llash va ta‘minlashda asosiy talablari 2. Texnikaviy diagnostikaning maqsadi va vazifasi. 3. Texnik diagnostika tarkibi va unga qo‘yiladigan talablar
4. Avtomatlashtirish vositalarini ekspluatatsiya bosqichlarida diagnostic ta‘minlash. 5. Zahiralash va uning turlari (Funksional, algoritmik, informatsion va, strukturaviy zahiralash).
TJA ni ishonchliligini qo‘llash va ta‘minlashda asosiy talablari TJA ni ishonchliligini qo‘llash va ta‘minlashda asosiy talablardan biri bu texnik diagnostikadir. Texnik diagnostika deganda, AJ ish rejimlarida (yoki holatlarida) usullar ishlab chiqarish va to‘xtash qilishni qidirish qurilmalari, tizimlarda defektlarni toppish va bartaraf etish va ularni lokalizatsiyalash tushuniladi. Diagnostikalashda tizimning ayni hozirgi paytidagi texnik holatini o‘rganish kerak. Bu shuni anglatadiki, buzilishni tekshirish-ishlash qobiliyatini va tizimning funksionallashganini (tizimning qiymatlar parametrlari kerak bo‘lgan chegaradami, ya‘ni tizim to‘xtash qilmadi va berilgan funksiyada ishlayotganini aniqlash) yoki to‘g‘rilikni, ishlash qobiliyatini va tizimning to‘g‘ri funksionallashganini buzuvchi defektlarni aniqlash hisoblanadi. Unda TJA ning asosiy diagnostikalashni quyidagi holda tuzsa bo‘ladi: tizimning chiqish parametrlarini baholash va ularning berilgan qiymatdan og‘ish sababini chiqarish.
Buning uchun tizimning ish rejimlari barcha chegaralarini va ekspluatatsiya shartlarini va chiqish parametrlari vaqtga bog‘liq o‘zgarishini (parametric ishonchlilik) hisobga olish kerak. Diagnostikalash testli va funksionalli bo‘ladi.
Testli diagnostikalash tizimning texnik holatini testli ta‘sir yordamida tekshirish imkoniyatini beradi. Test orqali tizimning parametrlari va uning elementlari va ularning berilgan qiymatdan og‘ish sabablari tekshiriladi. Funksional diagnostikalash tizimga ish ta‘siri orqali texnik holatini o‘rganish imkoniyatini beradi. Ishchi ta‘sir berilgan parametrda tizimning ishlashini nazorat qiladi va uning funksionallanish buzilishini chiqaradi. Testli va funksional diagnostikalash algoritmida bajariladi. Diagnostikalash algoritmi – o‘tkazilishi ketma – ketligini o‘rnatuvchi qoida va nazorat nuqtalaridagi elementar tekshirishlar jamlanmasidir. Bundan tashqari shu tekshirishlar natijalarini analiz qilish, bular orqali aniqlash mumkin bo‘lgan soz, ishlayigan va nosoz holatidan to‘g‘ri funksionallashgan holatiga va nosoz holatidan defekt ajratishni imkonini beradi.
Testli diagnostikalash algoritmida kirish ta‘sirlari taxminiy aniqlangan, tanlashga esa nazorat nuqtalari yotadi. Har xil elementar tekshirishlarni amalga oshirishda turli xarajatlar talab qilinishi mumkin. Bu tekshirishlar tizimning texnik holati haqida turli ma‘lumotlar berilishi mumkin. Tekshirishlar turli ketma – ketlikda bo‘lishi mumkin. Ya‘ni, bitta diagnostikalash masalasi uchun turli xil algoritm tuzish mumkin. Shunday qilib, diagnostikalashda bitta masala ularni amalga oshirishda xarajatlar kamaytirilishi qoladi (minimizatsiya masalasi bir qancha hollarda juda qiyin kechishi mumkin, masalan, hisoblashdagi qiyinchiliklar).
Diagnostikalash effektivligi - diagnostikalash algoritmi sifati va diagnostikalash qurilmalari sifatiga qarab baholanadi. Diagnostikalash qurilmalari birinchi navbatda ikkiga bo‘linadi: dasturili va apparatli. Bundan tashqari, tashqi (tizimdan alohida joylashgan konstruksiya) va ichki (tizimning tashkil qiluvchisi); qo‘lda, avtomatizatsiyalashgan va avtomatik; maxsus va universal qismlarga ham bo‘linadi.
Diagnostikalash jarayonlari effektivligi ko‘pgina hollarda tizimning dasturiy qurilmalarida aniqlanadi. λ(T) – buzilish sodir bo‘lishi ehtimolligining shartli zichligi, buzilish/ABT soat; f(T) – buzilish ehtimolligi zichligi; R(T) - buzilmasdan ishlash ehtimolligi; yoki – buzilish ehtimolligi zichligining buzilmasdan ishlash ehtimolligiga nisbati (muayyan vaqt yoki ishlagan soat uchun)
Agar buzilishlar jadalligi λ(T) ma‘lum bo‘lsa, xohlagan vaqt buzilmasdan ishlash ehtimolligini R(t) aniqlash mumkin.
Boshqacha aytganda, buzilishlar, jadalligi avtomatik boshqarish tizimi vaqt birligi davomidagi buzilishlar sonining soz ishlayotgan avtomatikaning texnik vositalari o‘rtacha soniga nisbati bilan baholanadi (bunda avtomatik boshqarish tizimi yangilanmaydi va tamirlanmaydi).
bunda: n - buzilishlar soni; No‘r – vaqt birligi davomida soz ishlayotgan avtomatik boshqarish tizimining o‘rtacha soni; ΔT - oraliq qiymati, soat; 2. Texnikaviy diagnostikaning maqsadi va vazifasi. Texnikaviy diagnostikaning maqsadi - avtomatlashtirish vositalarini bо‘laklarga ajratmasdan turib, uning texnik holati va buzilishlari sabablarini eng kam vaqt va mehnat sarflari yordamida aniqlash va ta‘mirlash bо‘yicha tavsiyanomalar berishdir.
Texnik diagnostikaning vazifalari - avtomatlashtirish vositalarining ishonchlilik xususiyatlari kо‘rsatkichlarini yuqori darajada saqlab, texnik xizmat kо‘rsatish va joriy ta‘mirlash uchun ehtiyot qismlar va ekspluatatsiya materiallari sarfini kamaytirishdir. Pirovard natijada diagnostika avtomatlashtirish vositalarining yuqori texnik tayyorgarligini ta‘minlash, unumdorligini oshirish va tashxish tannarxini kamaytirishga qaratilgan.
Ekspluatatsiya jarayonida sodir bо‘ladigan buzilishlarni aniqlash va oldini olish, avtomatlashtirish vositalari ishonchliligini va yuqori samaradorligini saqlab turishning asosiy shartlaridan biridir. Texnik holat diagnostikasi – deb, har xil texnik holatlarning yuzaga kelishini buzilishlarni aniqlashning usul va vositalarini o‘rganadigan va ob‘yektni bo‘laklarga ajratmasdan turib uning istiqboldagi ish resursini aniqlaydigan (aytib beradigan) bilimlar tarmog‘iga aytiladi.
Diagnoz qo’yish – deb, agregat va mexanizmlar texnik holatini bo‘laklarga bo‘lmasdan aniqlash texnologik jarayoni va kerakli xulosa chiqarishga aytiladi. Diagnostikani mexanizmning texnik holati to‘g‘risida axborot beruvchi tashqi belgilar bo‘yicha olib boriladi. Bunda mexanizmning namoyon bo‘lmagan buzilishlari va ularni bartaraf etish uchun kerakli tamir ishlarini aniqlash imkoniyati hamda mexanizmning soz ishlash resursi va profilaktika ishlarining zarurligi begilanadi
Buzilishlarni aniqlash va ularni bartaraf qilish hamda o‘z vaqtida profilaktika ishlarini o‘tkazish eyilish jarayonlari jadalligini pasaytirish, buzilmasdan ishlash ehtimolligini oshirish va tamir ishlarini imkon boricha kamaytirish imkonini beradi. Shunday qilib, diagnostika avtomatik tizimining buzilmasdan ishlashlik va samaradorlik xususiyatlarini miqdor jihatidan baholash va bu xususiyatlarni qoldiq resurs yoki berilgan masofa chegaralarida oldindan aytib berish imkonini yaratadi.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling