7-mavzu. Yerdan foydalanishda yerlarni zonalarga bo’lish xususiyatlari


Download 41.51 Kb.
bet3/4
Sana31.03.2023
Hajmi41.51 Kb.
#1311651
1   2   3   4
Bog'liq
7-мавзу

Hududiy iqtisodiy zonalashtirishni shaharni kadastr bo’linishi bilan bog’lash maqsadga muvofiq. Shaharni tumanlashtirishni odatda, BTI kvartallari bilan bog’lashadi. Shaharni iqtisodiy zonalarga ajratishda turli xil yondoshuvlar mavjud. Masalan, Toshkent shahri 13 ta zona va yana bir qancha nimzonalarga ajratilgan. Har bir zona uchun o’zining soliq stavkalari o’rnatilgan.
Zonalar soni, turli shaharsozlik qiymatiga ega bo’lgan hududlar soniga muvofiq kelishi kerak. Bu zonalar orasidagi farq birinchi navbatda yashash qulayliklaridadir, bunga mos ravishda analog obyektlarning bahosi iqtisodiy zonalarda turlicha bo’ladi.
Hududiy-iqtisodiy zonalashtirish – bu shahar hududini uning kompleks iqtisodiy baholanishini hisobga olgan holda zonalarga ajratish.
Hududiy-iqtisodiy baholash zonalari (HIBZ) –tabiiy yoki sun’iy to’siqlar bilan chegaralangan va ma’lum bir sifatli, iqtisodiy va ijtimoiy- iqtisodiy qiymatga ega bo’lgan shahar hududining bir xil turdagi uchastkalari. Ular shahar zastroykasi bosqichlari, arxitekturaviy va rejaviy tuzilmasi va asosiy magistrallar tizimi, muhandislik xizmatlarining rivojlanganlik darajasi, transport ta’minoti, kommunal xizmat, tabiiy omillar bilan farqlanadi.

7.2.Yer munosabatlari va yer tuzish asoslari


Yer munosabatlari- davlat boshqaruv organlarining, maxalliy o’z-o’zini boshqarish, o’zaro aloqasini, yuridik shaxslar va egalik qiluvchi fuqarolar, yer maydonlaridan foydalanish yoki davlat yer resurslarini boshqarish va farmoyish berishni aks ettiradi.
Yer munosabatlarining huquqiy qatnashchilari fuqarolar, O’zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari, O’zbekiston Respublikasi subyektlari xisoblanadi.
Yer munosabatlari obyektlariga - yer maydonlari, ma’lum chegaralangan xududlar, joylar, yer bo’laklari va ularga egalik xuquqi kiradi.
Yerga egalik qilish munosabatlarini tartibga soluvchi xuquq normalari, barcha yer munosabatlariga xos bo’lgan umumiy, va ma’lum yer kategoriyalari va ulardan foydalanish uchun xos bo’lgan maxsus turlarga bo’linadi.
Yer munosabatlari o’z ichiga:

  • yer maydonlarini ajratish etish yoki musodara qilish tartibini;

  • yerdan foydalanuvchi shaxsning xuquq va majburiyatlarini;

  • yerga to’lov va soliq majburiyatlarini;

  • yer qonunchiligini buzganlik uchun sanksiya tuzishni o’z ichiga oladi. O’zbekiston Respublikasi kodeksi yerga egalik qilishni chegaraladi. Kodeksga binoan, yer davlat mulki – umumxalq boyligi hisoblanadi,

oqilona foydalanishga mo’ljallangan, davlat tomonidan muxofaza qilinadi va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan holatlardan tashqari holatlarda oldi-sotdi, almashish, sovg’a qilish, garovga qo’yish munosabatlariga yo’l qo’yilmaydi.24
Yer umummillat boyligi hisoblanadi, oqilona foydalanishga mo’ljallangan va davlat tomonidan O’zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida qo’riqlanadi.27.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi:yerlardan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilishda yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
ushbu Kodeksga, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solish to’g’risida me’yoriy hujjatlar qabul qilish;
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan davlat dasturlarini tasdiqlash;
qishloq xo’jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish, yer tuzishni, yer monitoringi o’tkazilishini va davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
davlat mulkidagi yerlarni tasarruf etish;
yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda vazirliklar hamda idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqlarini hamda yer uchastkalariga bo’lgan mulk huquqini belgilangan tartibda Yer Kodeksining 37-moddasiga muvofiq bekor qilish;
yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil etish;
yer munosabatlarini tartibga solish sohasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalarni hal qilish.
Yer uchastkasiga egalik qilish va undan doimiy foydalanish, yer uchastkasi ijarasi, yer uchastkalari berish (realizasiya qilish) huquqini o’tishi tartibida amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.
Yer uchastkalarini ajratib berish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berish (realizasiya qilish) tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Yer uchastkasining ijarasi yer uchastkasiga ijara shartnomasi shartlarida muddatli, haq evaziga egalik qilish va foydalanishdan iboratdir37.
Yer uchastkasini shartnoma asosida quyidagilar ijaraga beradilar:
O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga va yuridik shaxslariga — tuman va shahar hokimlari;
chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga — O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi.
Qishloq xo’jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari yer uchastkalarini ichki xo’jalik ijarasi tartibida faqat qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi uchun ijarachilarga biriktirib qo’yishi mumkin.
Ijaraga berilgan yer uchastkasi yoki uning bir qismini ikkilamchi ijaraga berish taqiqlanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.Ijaraga berilgan yer uchastkalari oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo’lishi mumkin emas. Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi kreditlar olish uchun garovga qo’yilishi mumkin. Ijarachi faqat qonunda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga bo’lgan o’zining ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qo’yishga haqlidir.
Yer uchastkalaridan imorat qurish uchun foydalanish37. Yer uchastkalarini (haydaladigan yerlar bundan mustasno) doimiy egalik qilishga va foydalanishga, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga, uzoq muddatli vaqtincha foydalanishga, ijaraga va mulk qilib olgan yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq yer uchastkasini saqlash vazifasiga oid majburiyatlar bajarilgan taqdirda o’zlari olgan korxonalar, binolar, imoratlar, inshootlarni belgilangan tartibda qurish, buzish yoki rekonstruksiya qilishga haqlidir.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalari berish yoki realizasiyaqilish.. Shaharlar va posyolkalarda, shuningdek qishloq xo’jaligi hamda o’rmon xo’jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining egaligidagi yerlar tarkibiga kirmagan qishloq aholi punktlarida doimiy yashab turgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har bir oilaga 0,07 gektargacha yer uchastkalari beriladi.


Yakka tartibda uy-joy qurish uchun 0,04 gektargacha doirada yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi belgilangan tartibda kim oshdi savdosi asosida realizasiya qilinadi.
Shu bilan birga yer munosabatlarini urganishda kuyidagi ta’rif va tushunchalar urganiladi:

Download 41.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling