7-Mavzu. Yerning geografik qobig’i


‘zbekistonning qazilma boyliklari


Download 116.5 Kb.
bet10/10
Sana20.06.2023
Hajmi116.5 Kb.
#1629863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TOM Slayd-7

0 ‘zbekistonning qazilma boyliklari.

  • 0 ‘zbekistonning qazilma boyliklari.
  • Relyefi. 0 ‘zbekistonning yer usti tuzilishi turlichadir. Bunda Turon tekisligining bir qismini ishg‘ol qilgan Qizilqum, Qarshi Mirzacho‘l singari cho‘llar bilan birga, unumdor Farg‘ona, Zartafshon, Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo, Surxondaryo vodiylari va Xorazm vohasi
  • hamda respublika suv manbai hisoblangan qor muzliklar bilan qoplangan tog‘lar ham mavjuddir. Respublika hududining 71% ini tekisliklar, 17% ini adirlar va 12% ini tog‘lar ishg‘ol qiladi. Tekisliklar asosan 0 ‘zbekistonning g‘arbiy qismini ishg‘ol etadi. Turon tekis-ligidagi Sariqamish botig‘i okean sathidan 39 m pastda turib, butun 0 ‘zbekistonning eng past joyi hisoblanadi.Qizilqum 0 ‘rta Osiyodagi eng katta cho‘llardan hisoblanib, Zaraf­
  • shon vodiysidan Orol dengizigacha cho‘zilgan, qizilqum yerusti tuzilishiga ko‘ra, o‘r-qirlardan va qum tepalaridan iborat.Qizilqumning maydoni 300 ming kv.km bo‘lib, shimoliy va shimolisharqiy qismi Qozog‘istonga, qolgan qismi esa 0 ‘zbekistonga qaraydi. 0 ‘zbekiston territoriyasida Qizilqum janubi-sharqdan shimolig‘arbga, ya’ni Orol dengizi tomonga pasayib boradi. Uning o‘rtachal balandligi 200-300 m. Qizilqumning Nurota tog‘ oldi qismida absolyut balandligi 300 m boisa, Orol dengizi bo‘yida atigi 54 m. Lekin Qizilqum orol singari ko‘tarilib turgan Quljiqtog‘ (784 m), Tomditog‘ (888 m), Bukantog‘ (758 m ) Oltintog4, Sulton-Uvays (485 m ) kabi paleozoy qoldiq togiari hamda mingbuloq, Oyoqogitma singari botiqlar ham bor.Qizilqumning ko‘pchilik qismida do‘ng va jo ‘yaksimon qum shakllari b o iib ular deyarli meridian bo‘ylab cho‘zilgan. Ular saksovul, juzun, yulg‘un, shuvoq, iloq kabi o‘simliklar bilan mustahkamlangan qumlar bilan birga, ко‘chib yuruvchi barxanlar ham bor. Barxanlar ko‘proq Tomdi vohasining shimolida, Quljiqtog‘ning g‘arbida, Amudaryo sohillarida va qorakoi vohasini janubi-g‘arbini o‘rab olgan Sandiqli qumligida joylashgan. Hozirgi kunlarda ko‘chib yuradigan qumlami mustahkamlash va chorvachilik bazasiga aylantirish uchun samoliyotda shuvoq, saksovul va yulg‘un kabi o‘simlik urug‘lari sepilmoqda.

Download 116.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling