7-Modul: Fandagi yangiliklar va fanni o‘qitishning dolzarb masalalari
O‘quv mashg‘uloti tahlilini shartli ravishda 5 turga bo‘lish mumkinligi haqida
Download 258.76 Kb. Pdf ko'rish
|
c4aJSN9HJhblW0SlAXnh3VZL1BnQuyyBmca6JPBM
- Bu sahifa navigatsiya:
- DARS TAHLILI VA UNING METODIKASI
O‘quv mashg‘uloti tahlilini shartli ravishda 5 turga bo‘lish mumkinligi haqida
fikrmulohazalar bildirildi 1. Ilmiy tahlil. 2. Metodik tahlil. 3. Didaktik tahlil. 4. Umumpedagogik tahlil. 5. Umumpsixologik tahlil. DARS TAHLILI VA UNING METODIKASI Dars- ta’lim jarayonining asosiy shakli. Dars-bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan belgilangan vaqt oralig‘ida olib boriladigan mashg‘ulot turi. Shunday ekan, har bir o‘qituvchi o‘z navbatida, dars o‘tish barobarida dars tahlili va uning metodikasini ham bilishi shart. Ammo, bu o‘rinda shu narsani alohida qayt etish lozimki, dars tahlili va uning metodikasi qandaydir bir andozali narsa emas. U o‘qituvchining izlanuvchanligi va ijodkorligiga qo‘yilgan ilmiy talabga ko‘ra doimo o‘zgarib, takomillashib boradi. Dars tahlilining maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda har bir o‘qituvchi umumiy yo‘nalishdagi dars tahlilini farqlashi bilan birgalikda, o‘zining ixtisosligiga oid dars tahlilini ham yaxshi bilishi lozim. Davlat ta’lim standartlari asosida tayyorlangan o‘quv dasturlariga muvofiq boshlang‘ich sinflar uchun, jismoniy tarbiya darslari uchun va umuman, har bir fan yo‘nalishlariga xos dars tahlili va uning ilmiy asoslangan metodikasi hamon ishlab chiqilgan emas. Bola maktabga deyarli o‘yin faoliyati asosida kirib keladi. Uning texnologiyasi esa hanuzgacha ishlab chiqilmagan. Boshlang‘ich ta’limda bolaning jismoniy va ruhiy sog‘lomligi bilimlarni mustaqil egallashi hamda mantiqiy fikr yuriishida muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, ijtimoiy faol shaxs tarbiyasida jismoniy va aqliy harakat faolligiga xos izchillik ta’min etilmog‘i kerak. Hozirgi kunda iqtidorli bolalar maktablari (gimnaziya, litsey, litseyinternat) tashkil etilgan. Tabaqalashtirilgan ta’limga e’tibor berilmoqda. Ammo iqtidorli o‘quvchilar uchun alohida dastur, darslik, o‘quv qo‘llanmalari yaratilgan emas. Shunga muvofiq iqtidorli bolalar maktablarida o‘tiladigan darslar tahlili va uning ilmiy asoslangan texnologiyasi ham ishlab chiqilmagan. Kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘quvchi sinfdan-sinfga o‘tgani sari maktabga kitob ko‘tarib kelmaslik odatiy holga aylanib bormoqda. Kitob bilan ishlash, ayniqsa, yuqori sinflarda nochor ahvolda. Uzluksiz ta’limning keyingi bosqichlarida, ya’ni oliy maktab talabalari ham, o‘z navbatida, bu ishga panja ortidan qaray boshlaganliklari kuzatilmoqda. Bu masalada kimni ayblash kerak? O‘qituvchining darsga tayyorgarligi va dars tahlilida kitobga (darslik va o‘quv qo‘llanmalariga) bo‘lgan e’tiborni chetlab o‘tib bo‘lmaydi- ku?! Bundan tashqari, juftlik va blokli darslar keng qamrovli joriy etilmoqda. Uning samarasi dars tahlili va uning metodikasida o‘z aksini topganmi? Topgan bo‘lsa, qanday innovatsion tavsiyalar joriy etilgan? Jumladan, mustaqillik darslari, noan’anaviy darslar va masofaviy ta’limni takomillashtirish xususida ham alohida dars tahlillari yo‘lga qo‘yilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Dars tahlili jarayonida dars jadvalining tuzilishi, unda fanlarning joylashuvi va hatto, tanaffus tartiblari ham nazardan chetda qolib ketmasligi lozim. Chunki tanaffus qanchalik qisqa bo‘lib, dars soatlari oxirlab borgan sari bolada ruhiy va aqliy toliqish, ya’ni charchash hollari shunchalik ortib boradi. Ayniqsa, 5-6-soatdagi darslar unumi va samarasi dars tahlillarida ilmiy asoslangan holda ko‘rsatib o‘tilmog‘i lozim. Bugungi kunda savdo do‘konlarida dars tahliliga, o‘qituvchiing kospektrejalariga oid maxsus daftarlar sotilmoqda. Bu hol kamlik qilganidek, viloyat o‘qituvchilar malakasini oshirish istitutlari tinglovchilariga dars tahlilining tayyor andozasi (shablon)ni tavsiya etishadi. Bunday hollar ijodkor o‘qituvchining kasbiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi muqarrar. Chunki, yuqorida ta’kidlanganidek, dars tahlilini bir xil andozaga solib bo‘lmaydi. O‘qituvchining dars tahlili va fan yo‘nalishiga xos metodikasini qanchalik bilish hamda amalda qo‘llay olishiga qarab, uning o‘z sohasining bilimdonligi, ijodkorligi, ayniqsa, pedagogik mahoratiga baho bersa bo‘ladi. Shu ma’noda, bo‘lajak o‘qituvchilarga dars tahlili va uning metodikasi haqida bilim berish, pedagogik amaliyotda oladigan bu masalaga alohida tahlil ko‘zi bilan jiddiy qarash muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo tajribalar va ilmiy kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat talabalar amaliyotga chiqdi degan kundan e’tiboran maktab o‘qituvchisining konspekti, kalendar ish rejasi va tarbiyaviy ish rejalarini shundaygina ko‘chirib olishga harakat qilishadi. Maktab o‘qituvchilari bunga yo‘l qo‘yishadi ham. Bunday holda talaba oliy dargohda olgan bilimlar va yangi pedagogik texnologiyalarni qanday qilib ta’lim-tarbiya jarayonida sinab ko‘radi? Shuning uchun metodist o‘qituvchilar bu masalaga befarq qaramasliklari lozim. Toki, talabadagi ijodkorlik namunalari amaliyot jarayonida namoyon bo‘lsin. Kasb faoliyatining mantiqi dars jarayonida rang-barang metod, usul va vositalardan unumli foydalana bilishda ko‘rinadi. Shuning uchun dars tahlili jarayonida o‘qituvchi ana shu 14 metod, usul va vositalarni qay yo‘sinda qo‘llay oladi, degan savolga javob olish lozim. Ko‘plab dars kuzatuvlari va tahlillari mobaynida aksariyat o‘quvchilarning javoblari nihoyatda sodda, shu bilan birga, noaniq, mujmal, qandaydir o‘ziga ishonchsizlik va loqaydlik kayfiyatiga xos holatlarga duch kelasiz. Bolaning erkin va jonli fikri yalt etib ko‘zga tashlanmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, o‘quvchi nutqining nochorligi, sayozligi, mantiqsiz,ilm va amaliyotdan uzoqligi, hatto bolaning fikrlash doirasi yoshiga mos emasligi ham ba’zan ko‘rinib qoladi. O‘qituvchi o‘quvchini quruq yodlashga majbur etmasligi lozim. O‘quvchining o‘zi qiziqib, mustaqil fikr asosida bilishga intilsin. Har bir dars fikrlash,ilm asosida bilim egallash darsiga aylansin. O‘quvchining fikr yuritish qobiliyatidan kelib chiqib, har bir so‘zi jonli, jo‘shqin, ilmiy va amaliy asoslangan bo‘lib borsin. Ana shunday darslar ijodiy va ilmiy asoslangan darslar bo‘lib, o‘z samarasini beradi. Dars kuzatuvlari asoslangan ilmiy tahlillar o‘quvchilarning yuqori sinfga o‘tgani sari ulardagi faollik susayib borayotganligini ko‘rsatmoqda. Buning ilmiy asoslangan sababi, boshlang‘ich ta’limda ―Bu nima?‖ refleksi ijodiy tus olgan bo‘lib, bolaning fantaziyasiga xos qiziqishlar ko‘lami ehtiyoj darajasiga ko‘tarilgan bo‘ladi. Bu ehtiyoj yuqori sinfga borgan sari so‘nmasligi lozim. ―O‘qituvchi-o‘quvchi‖ munosabatida ichki refleksiya tobora uyg‘unlashib borishi maqsadga muvofiq hisoblanadi . Download 258.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling