7-seminar: Shaxs rivojlanishida o‘quvchilar jamoasining o‘rni. Oila tarbiyasining pedagogik asoslari. Jamoa tushunchasi. Oʻquvchilar jamoasini shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari


Download 34.77 Kb.
bet4/6
Sana07.04.2023
Hajmi34.77 Kb.
#1339573
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-seminar

Oiladagi psixologik muhit – boshqa har qanday gruppada bo’lgan qonunlardan tarkib topadi. Biroq oilada ish birmuncha murakkabroqdir. Unda kishilar o’z hayotining ko’proq qismini o’tkazadi. Ular bir-birlari bilan ko’proq samimiy tuyg’ular va munosabatlar orqali bog’langandir. Oila baxtining asosida oilaning psixologik muhiti yotadi. Oilaning psixlogik muhitiga er-xotinlarning ham, umuman kishilarga ham oila a’zolariga va bir-birlariga bo’lgan munosabatlari ta’sir qiladi. Sotsialog-psixologlar baxtli va baxtsiz oilallarda o’ziga va xotiniga bo’lgan munosabatlarning xususiyalarini aniqlaganlar. Ular qiziqarli faktlarga ega bo’ldilar. Oiladagi psixolgik muhit er-xotin qiziqishlarining umumiyligi bilan xarakterlanadi, eng muhimi ularning ikkalasi ham qiziqish bilan hisoblasha bilishlarida va e’tibor bera bilishlaridadir. Er-xotin katta ijtimoiy muammo va talablar bilan yashaydigan oilalargina baxtli bo’lishlari mumkin. Oiladagi qulay axloqiy-psixologik muhit er-xotin va oilaning boshqa a’zolarida o’ziga ishonish, kishilarga ishonish, quvnoqlik, vazminlik kabi fazilat va tuyg’ularni shakllantirishga ta’sir ko’rsatadi. Psixologik muhit kishilarning muvofiqligida yanada aniq namoyon bo’ladi. Kishilar bir-birlari bilan muvofiqligi, avvalo hayotning qadri, qiziqishlari, emotsional ko’rsatmalarining umumiy tarzi hamoxangligi nazarda tutiladi, natijada oilada bir-birini tushunish, boshqalarning qadrini ham, shuningdek insonni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qiladi. Oila a’zolarida psixologik qulaylik ishonchlilik, himoyalanish, bir-birining muomalasidan qatnoatlanish muvofiqlikning ichki mub’ektiv ko’rsatgichidir.
Kishilarning nomuvofiqligi oila a’zolariningg bir-birlari bilan muomalada va o’zaro harakatda bo’lgan ehtiyojlarining chegaralanganligida ko’rinadi. Bunday kishilarning bir-birlari bilan ajralishi va begonalanishi yuz beradi.
Muvofiqlikning turlari:
1. Kishilarning g’oyaviy-ahloqiy birligi.
2. Sotsial-psixologik muvofiqlik er-xotinning ma’lumoti, yoshi umumiy madaniy saviyasidagi farqlar ko’pincha sotsial-psixologik nomufoqlikni keltirib chiqaradi. Umumiy madaniyat darajasi shaxsning kamolot darajasi ahamiyatga egadir. Oila asosiy vazifalarini amalga oshirshidagi hamjihatlik ham oiladagi sotsial-psixolgik muvofiqlikka bog’liqdir.
3. Psixologik va psixofiziologik muvofiqlik bu ko’pincha er xotinning xarakteri va temperamenti bilan belgilanadi.

Download 34.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling