7-seminar: Shaxs rivojlanishida o‘quvchilar jamoasining o‘rni. Oila tarbiyasining pedagogik asoslari. Jamoa tushunchasi. Oʻquvchilar jamoasini shakllantirishning mohiyati va tashkiliy asoslari
Download 34.77 Kb.
|
7-seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oilaning regulyativ vazifasi Oilaning relaksatsiya vazifasi Oilaning psixoterapevtik vazifasi Iqtisodiy
- Reproduktiv
- Felitsitologik
- Relaksatsiya va psixoterapevtik
Oilaning iqtisodiy vazifasi
Oilaning reproduktiv vazifasi Oilaning tarbiyaviy vazifasi Oilaning kommunikativ vazifasi Oilaning rekreativ vazifasi Oilaning felitstologik vazifasi Oilaning regulyativ vazifasi Oilaning relaksatsiya vazifasi Oilaning psixoterapevtik vazifasi Iqtisodiy - uy xo’jaligini yuritish, oila a’zolarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini samarali qondirilishini ta’minlash. Farzandni dunyoga keltirish va voyaga Yetkazish jarayonida oilaning jamiyatga keltiradigan iqtisodiy foydasi. Reproduktiv - jamiyatning biologik uzluksizligini ta’minlash, bolalarni dunyoga keltirish. Tarbiyaviy - madaniy merosni avloddan avlodga uzatish, yosh avlodni tarbiyalash jamiyatning madaniy merosini saqlab turish. Kommunikativ - oila a’zolarining muloqotga va o’zaro tushunishga bo’lgan ehtiyojini qondirish. Rekreativ - o’zaro jismoniy, moddiy,ma’naviy va psixologik yordam ko’rsatish, bir-birining salomatligini mustahkamlash, oila-a’zolarining dam olishini tashkil etish vazifasi. Felitsitologik - shaxsiy baxtga erishishga intilish (felitsito-italyancha baxt). Insonning tom ma’nodagi baxtga erishishida oilaning tutgan o’rni. Regulyativ - boshqaruv, yosh avlodni ijtimoiy nazorat qilish va kattalarning ma’naviy-ahloqiy, seksual hulqini nazorat qilish va boshqarish. Relaksatsiya va psixoterapevtik - kasb faoliyatida sarflagan kuch quvvatini oilada qayta tiklash va emotsional zo’riqishlar, ruhiy tanglik, stresslarning oldini olish. Ruhiy zo’riqishlarni bartaraf etish. Bular haqida sharq mutafakirlaridan Al-Buxoriy, Burxonuddin Marg’inoniy, At-Termiziy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy asrlarida hamda, g’arb sotsiolog olimlar U.M.Sverdlov, V.A.Raysensov, V.P.Klyuchnikov, S.D.Laptenko, N.G.Yurkevich va A.G.Xarchev va boshqalarning ilmiy taqiqotlarida oilaning ijtimoiy vazifalari o’z aksini topgan.Er va xotin bir-birlarini juda yaxshi biladigan, tushunadigan – deb o’ylashadi. Aslida esa yaqin odamni ichki dunyosini ko’ra bilish uni tushunishni xohlashmaydi. Er va xotin turmush qurib, jismonan bir-biriga yaqinlashgani bilan qalban yaxshilik bu boshqa narsa. Bu yaqinlikka erishish uchun unga intilish, qiziqish va yaqin odami bilan doimo suhbatda bo’lish, suhbat orqali uni ichki dunyosiga kira olish kerak. Bu munosabatlar qiziquvchan, erkin va teng huquqli insonlar orasida paydo bo’ladi. V.A.Sisenko oilaviy munosabatlarni mustahkam yoki sustligini asosi er va xotin bir-birlarini ko’nglini ola bilishidadir deb biladilar. Ularning bir-biriga bo’lgan mehrida, bir-birini hohlashida, tushunishida va oilada doimo yaxshi kayfiyat, kulgi bo’lishidadir. Munosabatlarni samimiyligiga va turmushning buzilishiga V.Satirning fikriga quyidagi qo’rquvlar sabab bo’ladi: 1. Men hato qilib qo’yishim mumkin. 2. Kimgadir qilig’im yoqmasligi mumkin. 3. Kimdir ustimdan kuladi. 4. Kimdir meni maqtanchoq deb o’ylaydi. 5. U meni yomon deb o’ylaydi. 6. Biror-bir aybim borligini bilib qolishadi. 7. U meni tashlab ketadi. Ammo, kimki bu fikrlarni o’zidan chetlasa, erkin tutsa va o’z ustidan kulishidan qo’rqmasa, munosabatlar osonlashadi. Inson turmush qurishdan oldin bu hayotda o’zining dunyoqarashiga ega bo’ladi. U o’zi uchun aziz va qimmatli narsalarni belgilab qo’yadi, shuning uchun o’z yonida tushunadigan, uning g’ururiga tegmaydigan dunyoqarashi ustidan kulmaydigan, ta’na qilmaydigan ko’pincha chqin bir inson bo’lishini istaydi. U boshqa o’ziga yaqin insondan uni dunyoqarash, g’ururini, hayotdagi o’rnini, hurmat qilishini xohlaydi. Faqat shunday insongina turmush o’rtog’i bila olishi va shundagina mustahkam oila qurishi mumkin. Oilani mustahkamlovchi ikki muhim faktorni V.A.Sisenko belgilab beradi: 1. Ijtimoiy-iqtisodiy, moddiy ta’minlanganlik darajasi va vaqt ajratilishi. 2. Ijtimoiy-psixologik faktlar oilaviy hayotdan mamnun bo’lish darajasi. Shu ikki faktor oilani mustahkam qilishda V.A.Sisenko asosiy shart deb biladi. Er-xotinning bir-biridan uzoqlashishi yoki bir-birini tarbiyalashga urinish oilaviy munosabatlarni buzilishiga olib keladi. A.Kronik bir qator sabablarni ko’rsatib o’tadi. Ulardan: – boshqa odamlar hayotida aralashishi; – o’z qadrini bilmaslik (o’zini erga urish); – bir-birining jinsiga, xarakteriga to’g’ri kelmaslik. Lekin, eng yaxshi yo’l bu qiyinchiliklarni birga engish, er qoqilsa xotin tergovchi, xotin qoqilsa er tergovchi bo’lish oilani saqlashga olib keladi. A.N.Tolstoy ―Anna Karenina‖ romanida ―Hamma baxtli oilalar bir-biriga o’xshaydi va har bir baxtsiz oila o’zicha baxtsiz degan so’zlar bilan boshlaydi. O’zbekistonda har bir oila, har bir insonning turmush farovonligi, fuqarolar totuvligini mustahkamlashga qaratilgan, ularni huquqiy muhofaza qilishga qaratilgan jarayon amlaga oshirilmoqda. Har bir oila har bir mehnatkash tinch-totuvlik va to’kin-sochin yashasa respublikamiz ozod va boy bo’ladi, gullab yashnaydi. Ota-onalar va bolalar har taraflama jipslashgan oila birligini tashkil etadi. Ular o’rtasida juda yaxshi oilaviy munosabatlar mavjuddir, bu shaxslar oilaning yadrosini ya’ni o’zagini tashkil etadi. O’zagining ijtimoiy mazmuniga qarab, oila 3 ta guruhdan tashkil topadi: 1. Oilaning asosi – nikoh 2. Nikohning natijasi sifatida er-xotin 3. Er-xotin munosabatlari oqibatida farzand Tipik oilaviy munosbatlardan tashqari bolali yolg’iz ona bilan uning bolasi o’rtasidagi boshqa qarindoshlar o’rtaisdagi munosabatlar, ba’zi hollarda farzandlikka olingan, tarbiyaga olinganlar o’rtasidagi munosabatlar ham oilaviy munosabatlarni tashkil etadi. Oilaviy huquqiy munosabatlar jamiyatning tarqalgan munosabatlaridir. Oilaviy munosabatlar axloqiy normalar bilan tartibga solinadi. Hozirgi zamon ―monogam oilasi o’z navbatida tuzilishi, tarkibi, mohiyati va boshqa xususiyatlariga ko’ra bir qator turlarga bo’linadi: 1. To’liqligiga ko’ra: to’liq, noto’liq, qayta tuzilgan (ikkinchi nikoh) oilalar. 2. Bo’g’inlar soniga ko’ra: nuklear (ota-ona va bollardan iborat) va ko’p bo’g’inli, ikki va undan ortiq avloddan iborat oila a’zolari birga yashovchi oilalar. 3. Bolalar soniga ko’ra: farzandsiz, bir bolali, 2 bolali, 3-4 bolali va 5 dan ortiq bolali oilalar. 4. Er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga ko’ra ishchilar dehqonlar xizmatchilar va ziyolilar hamda aralash tipdagi oilalar. 5. Er-xotinning ma’lumot saviyasiga ko’ra: oliy, o’rta maxsus, o’rta tugatilmagan, o’rta maxsus, yordamchi maktab ma’lumotiga va turli saviyalardagi ma’lumotga ega bo’lgan oilalar. 6. Oilaning yoshiga ko’ra: yosh oila – 1 yilgacha, 3-5 yilgacha, 6-10 yilllik turmush tajribasiga ega bo’lgan hamda o’rta va etuk oilalar. 7. Qayliqlarning ota-ota oilasi, ya’ni ota-onasining moddiy ta’minlanganlik darajasi mos kelishi yoki katta tafovutning mavjudligi. 8. Regional jihatlarga ko’ra: shahar, kishloq va aralash tipdagi oilalar. 9. Nikohdan qoniqqanlik saviyasiga ko’ra: ajarlish saviyasida, quyi, o’rta va nikohdan qoniqqanlik darajasi yuqori saviyadagi oila 10. Oila yoki erkak etakchsiligiga ko’ra er etakchi bo’lgan yoki xotin etakchi bo’lgan hamda er va xotin etakchiligidagi oila. 11. Oilada er-xotin orasidagi munosabatlarga ko’ra: avtoritar, demokratik, liberal va aralash tipdagi oila. 12. Er-xotinlarning millatiga ko’ra bir millatli yoki baynalminal oilalar. Banalminal oilalarni 2 ga bo’lish mumkin: A) dini, urf-odatlari yoki tili bir guruhga kirgan millat vakillari orasida nikoh, mas: o’zbek-tojik, o’zbek-tatar B)dini, urf-odatlari yoki tili bir guruhga kirmagan millat vakillardan iborat nikoh: o’zbek-rus, ukrain-nemis 13. Yuridik rasmiylashtirilganligiga ko’ra: 1. Sinovdagi oila – birga yashaydi, lekin nikohdan o’tmagan 2. Rasmiylashtirish arafasidagi nikoh 3. Nikohdagi oila 4. Nikohdan tashqari oila Download 34.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling