7-sinf fizika darsligi asosida 8-mavzu: Notekis harakatda tezlik O‘rtacha tezlik


Download 1.06 Mb.
Sana26.01.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1126069
Bog'liq
7-sinf Fizika fanidan Notekis harakatda tezlik dars taqdimoti


7-sinf fizika darsligi asosida 8-mavzu:
Notekis harakatda tezlik
O‘rtacha tezlik
Tekis harakat qilayotgan jism istalgan t1, t2, t3, . . . , tn vaqt oraliqlarida mos ravishda s1, s2, s3, . . . , sn yo‘lni bosib o‘tgandagi tezligi o‘zgarmas qiymatga ega bo‘ladi:
bunda «const» o‘zgarmas qiymatni ifodalovchi belgi.
Lotinchada constantus – o‘zgarmas, doimiy ma’nolarini anglatadi.
Tevarak-atrofimizdagi jismlar, asosan, notekis harakat qiladi.
Masalan, bir manzildan chiqqan avtomobil yarim soat mobaynida 35 km masofani o‘tgan bo‘lsin.
Avtomobil yo‘lda turli tezlikda yurib, yo‘lning ayrim qismlaridagina bir xil tezlikda harakat qiladi (31-rasm).
Avtomobilning harakati butun yo‘lga nisbatan notekisdir.
Harakat davomida jism tezligining son qiymati o‘zgaruvchan bo‘lsa, bunday harakatga notekis harakat deyiladi.
31-rasmda tasvirlangan havorang shaklning yuzi bosib o‘tilgan s = 35 km yo‘lning son qiymatiga tengdir.
Yuqoridagi misolda avtomobilning o‘zgarmas tezligi emas, balki o‘rtacha tezligi haqida gapirish mumkin. Bunda avtomobilning o‘rtacha tezligi 35 km : 0,5 soat = 70 km/soat ga teng.
Notekis harakatda o‘rtacha tezlik jism bosib o‘tgan yo‘lning shu yo‘lni bosib o‘tishga ketgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadi.
O‘rtacha tezlikning grafigi o‘zgarmas tezlik grafigi kabi gorizontal yo‘nalishdagi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘ladi.
(2) formuladan notekis harakatda bosib o‘tilgan yo‘l quyidagicha ifodalanadi:
31-rasmda tasvirlangan to‘g‘ri to‘rtburchakning yuzi son jihatdan avtomobilning o‘rtacha tezligi υo‘rt = 70 km/soat bilan harakat vaqti t = 0,5 soat ko‘paytmasiga teng. Bunda o‘rtacha tezlik grafigi hosil qilgan shtrixlangan shaklning yuzi notekis harakat tezligi grafigi hosil qilgan havorang shaklning yuziga teng bo‘ladi.
Oniy tezlik
O‘rtacha tezlik notekis harakatlanayotgan jismning butun yo‘l davomidagi harakatini umumiy tarzda ifodalaydi.
Lekin undan yo‘lning ixtiyoriy nuqtasidagi tezlikni bilib bo‘lmaydi. Notekis harakatda bizni aynan yo‘lning ixtiyoriy nuqtasidagi tezlik qiziqtirishi mumkin.
Jismning muayyan bir paytdagi yoki trayektoriyaning ma’lum bir nuqtasidagi tezligi oniy tezlik deb ataladi.
Oniy tezlik jismning kuzatilayotgan ondagi tezligini bildiradi.
Avtobusning ikki bekat orasidagi notekis harakatini tahlil qilaylik.
U bekatlar orasidagi yo‘lni 6 minutda bosib o‘tsin.
Avtobusning harakat tezligi grafigi 32-rasmda tasvirlangan grafik kabi bo‘lsin.
Kuzatish uchun turli vaqtlarni tanlab olib, shu vaqtlarga mos kelgan tezlik qiymatlarini, ya’ni shu ondagi oniy tezlikni topish mumkin
Grafikdan 2 minut o‘tgandagi oniy tezligi taqriban 32 km/soat, 4 minut o‘tgandagi oniy tezligi 40 km/ soat, 10 minut o‘tgandagi oniy tezligi esa 46 km/soat ga teng bo‘lganligini bilib olamiz.
Harakatning ma’lum bir nuqtasidagi oniy tezligini taqriban aniqlash uchun shu nuqtada kichik Δt vaqt ichida jismning bosib o‘tgan Δs yo‘li topiladi.
Bunda Δ (delta) – kichik oraliqni bildiruvchi belgi.
32-rasmdagi tezlik grafigi bo‘yicha A nuqta atrofida avtobus Δt = 0,3 s vaqt ichida Δs = 3 m yo‘l bosgan bo‘lsin.
U holda avtobusning A nuqtadagi oniy tezligining taqribiy qiymati:
Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling