7-sinf. Geografiya
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
7 sinf geografiya 3 Amaliy bashg\'ulot va ularning javoblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javob: Okeanlar Dengizlar Qo’ltiqlar Bo’g’izlar Okean oqimlari
seyba,
palma daraxtlari, o‘rta yarusda moyli palmalar, quyi yarusda esa rafiya palmasi bilan daraxtsimon paporotniklar, lianalar, eng pastda o‘t o‘simliklar va butazorlar tarqalgan. Daraxtlarda qushlar, kemiruvchilar va hasharotlardan tashqari, ko‘pdan-ko‘p maymunlar — gorilla, shimpanze, martishka va boshqalar yashaydi. Bu yerda popukquloq cho‘chqa, Afrika bug‘uchasi, mitti begemot (bo‘yi 80 cm gacha), okapi, o‘rmon fili, yirtqichlardan qoplon va boshqalar yashaydi. O‘rmonning barcha qismlarida chumolilar tarqalgan. Qushlarning yuzlab turi, ilon, kaltakesaklar bor. Chalacho‘llar va cho‘llar zonasi (xarita-sxemadagi 1 raqami) Tuproqlari O’simliklari Hayvonot dunyosi Cho‘llarda chirindisiz qumoq cho‘l tuproqlari, pastlik joylarda sho‘rxok tuproqlar, vohalarda madaniy tuproqlar shakllangan. Sahroyi Kabirda o‘simliklar juda siyrak. Ba’zi joylarda, ayniqsa, cho‘lning markaziy qismida o‘simlik butunlay yo‘q. Har yer-har yerda to‘p- to‘p o‘t va tikanli butalar uchraydi. Faqat vohalarda o‘simliklar ko‘p. Vohalarda eng keng tarqalgan o‘simlik — xurmo. Sahroyi Kabir hayvonlari cho‘l iqlimiga moslashgan. Masalan, antilopalar suv va ozuqa qidirib, uzoq joylarga borib yuradi. Kaltakesak, toshbaqa va ilonlar uzoq vaqt suvsiz yashashi mumkin. Yirtqichlardan gienalar (chipor sirtlon), chiyabo‘rilar, tulkilar uchraydi. Savannalar va siyrak o‘rmonlar zonasi (xarita-sxemadagi 2 raqami) Tuproqlari O’simliklari Hayvonot dunyosi Savannalarning tuproqlari va o‘simliklari yomg‘irli faslning qanchalik uzoq davom etishiga bog‘liq. Yomg‘irli davr 7–9 oy davom yetadigan ekvatorial o‘rmonlarga yaqin joylarda qizil ferralit tuproqlar hosil bo‘lgan. Bu yerlarda baland o‘tlarning bo‘yi 3 m ga etadi. O‘tloqlarning har yer-har yerida siyrak daraxtzorlar, bahaybat baobab, yog‘ olinadigan palmalar, dum deb ataladigan palmalar o‘sadi. Bu yerda xilma-xil antilopalar (ularning 40 ta turi bor), zebra, jirafa, fil (balandligi 4 m, og‘irligi 12 t gacha), buyvol, karkidon, begemot, pavian (maymun turi), sher, qoplon, sirtlon, chiyabo‘ri, gepard, suvda timsohlar (Nil timsohi 5–6 m uzunlikka ega) uchraydi. Qushlardan eng kichik nektarxo‘r, kotib qush, eng katta Afrika tuyaqushi (bo‘yi 2,8 m, og‘irligi 90 kg gacha), marabu, mirzàqush va boshqalar ko‘p tarqalgan Yomg‘irli davr 6 oy davom yetadigan joylarda qizil-qo‘ng‘ir tuproqlar keng tarqalgan. Bu yerlar uncha baland bo‘lmagan o‘tloqlardan iborat, u yer-bu yerda soyabonsimon akatsiyalar o‘sadi. Cho‘llashgan savannalarda quruq tikanli butalar va qattiq o‘tlar siyrak o‘sadi. Semiz tanali daraxtsimon o‘simlik — ixroj ham uchraydi. 3. Afrika iqlimiga oid quyidagi diagrammada o‘rtacha oylik harorat va yog‘in miqdorining yil davomida o‘zgarishi ko‘rsatilgan. Javob: a) Xarita – sxemadagi 4 raqamiga mos keladi. Ushbu hudud janubiy subtropik mintaqasida joylashgan. b) Eng past o’rtacha oylik haroratlar iyun, iyul va avgust oylariga to’g’ri kelyabdi. Chunki quyosh bu oylarda shimoliy yarimsharni yoritayotgan bo’ladi, janubiy yarimsharda aksincha. Shimoliy yarimsharda harorat issiqroq kuzatiladi, janubiy yarimsharda nisbatan xarorat past kuzatiladi. d) Eng ko’p yo’g’in iyun, iyul va avgust, eng kam yog’in esa yanvar, fevral va mart oylariga to’g’ri kelyabdi. Yog’inlarning asosiy qismini janubi-sharqiy shamollar olib keladi. 4. Dunyoning tabiiy xaritasi va o‘quv atlasidan foydalanib quyidagi tabiiy geografik obyektlarni Atlantika yoki Hind okeaniga tegishliligiga qarab jadvalga joylashtiring: Javob: Okeanlar Dengizlar Qo’ltiqlar Bo’g’izlar Okean oqimlari Atlantika okeani 1,5,9,17 2,4,14 7,16,19 10,12 Hind okeani 15,18 6,20 11, 13 3,8 Xurmatli ustozlar attestatsiya jarayoniga tayyorlanmoqchi bo’lgan ustozlarimiz uchun maxsus guruhimiz bor. Attestatsiya jarayoniga tayyorgarlik ko’rish bilan birga yuqoridagidek darsliklardagi mavzularning yakuniy savol-javoblari va amaliy topshiriqlarham o’rganilib boriladi. Tayyorlanish istagini bildirgan ustozlar telegram tarmog’i orqali @Umidjon_03_12 manziliga murojat qilishlari mumkun. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling