7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


Vizantiya imperiyasini vasilevs (yunoncha, podsho) boshqargan


Download 1.37 Mb.
bet10/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

Vizantiya imperiyasini vasilevs (yunoncha, podsho) boshqargan.

Maslahat organi sinklit (lotincha, senat)



Ko‘p sonli sud, harbiy va soliq muassasalari, davlat amaldorlari, sinklit vasilevsga bo'ysungan.


Vizantiyaning oltin asri.

Vizantiya imperiyasi o‘z qudrati cho‘qqisiga Yustinian I imperatorligi davri (527–565)da erishadi.
U kambag‘al dehqon oilasida tug‘ilgan.

Amakisi Yustin oddiy askardan sarkarda darajasigacha ko‘tarilib, imperatorlik taxtini egallaydi. Yustin jiyanini saroyga yaqinlashtirib, uning yaxshi ta’lim olishiga sharoit yaratadi. Amakisining vafotidan so‘ng Yustinian taxtga o‘tiradi.

Yustinian I siymosida harakatchanlik, qat’iyat bilan bir qatorda siyosatdonlarga xos ikkiyuzlamachilik, mug‘ombirlik, zolimlik xususiyatlari ham mujassamlashgan.

Yustinianning rafiqasi malika Feodora ham o‘z davrida mashhur bo‘lgan. Yoshligida Feodora aktrisa bo‘lgan. Feodora aqli, shuhratparastligi, qo‘rqmasligi bilan ajralib turgan

Yustinian I ning maqsadi Rim imperiyasining avvalgi hududlarini tiklash edi.

  • Yustinian 534-yilda sarkarda Velisariyni Shimoliy Afrikada joylashib davlat tuzgan va O‘rta dengizda savdo kemalarini talash bilan shug‘ullangan vandallarga qarshi yuboradi.

  • Yaxshi qurollangan vizantiyaliklar qo‘shini vandallar qirolligini bo‘ysundirib, Shimoliy Afrikani Vizantiya viloyatiga aylantiradilar.

  • Shundan so‘ng Velisariy Italiyaga yo‘l oladi. Vizantiyaliklar Sitsiliya orolini qiyinchiliksiz qo‘lga kiritadilar.

  • Lekin Italiyada ular ostgotlarning qattiq qarshiligiga uchraydi.

  • Velisariyga qarshi kurashda ostgotlar qochoq qullarga ozodlik berib, ulardan foydalanishgan.

  • Vizantiyaliklar Italiyaning katta qismini bo‘ysundirib, poytaxti Ravenna bo‘lgan alohida noiblik tuzishadi.

  • Italiyadagi urush so‘ngida Yustinian I Ispaniyaga ham qo‘shin yuboradi.

  • Ispaniyada vestgotlar hukmronlik qilar edi.

  • Vestgotlar qo‘shinini qiyinchiliksiz yenggan Vizantiya janubiy viloyatlarni egallab, Gibraltar bo‘g‘ozi ustidan nazorat o‘rnatadi.

  • Vizantiyaga VI asrning o‘rtalaridan slavyan qabilalari kelib o‘rnasha boshladi.


  • Download 1.37 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling