7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


Lotin imperiyasi (1204–1261)


Download 1.37 Mb.
bet38/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

Lotin imperiyasi (1204–1261).
Lotinlar (vizantiyaliklar salibchilarni shunday nomlaganlar) Vizantiya xarobalarida Lotin imperiyasi deb atalgan davlat tuziladi. Lotinlar (salibchi ritsarlar) bosib olingan hududlarda o‘z tartiblarini o‘rnata boshlaydilar. Bu davlatda ham G‘arbiy Yevropadagi kabi ritsarlar qasrlari qad ko‘taradi. Konstantinopol patriarxi taxtini katolik ruhoniysi egallaydi, dehqonlar ritsarlarga shaxsiy qaramlikka tushadilar. Vizantiyani zabt etgan ritsarlarning ko‘pchiligi tez orada vataniga qaytib ketadi.

Vizantiyaning tiklanishi. Kunlardan birida nikeyaliklar harbiy bo‘linmasi lotinlarni «qo‘rqitish» uchun Konstantinopolga keladi. Ayni paytda lotinlar qo‘shini nikeyaliklarga qarshi dengizdan hujum qilishga ketgan va shaharni himoyasiz qoldirgan edilar. Konstantinopol yunonlari nikeyaliklar qo‘shini
yaqinlashganini eshitib, ularga shahar darvozasini ochib beradilar
. Ularning yordami bilan nikeyaliklar shaharga kirib, poytaxtni osongina egallaydilar. Tez orada ortga qaytgan lotinlar shahar qo‘ldan ketganiga guvoh bo‘ladilar. Nikeyaliklar bilan jangda mag‘lubiyatga uchragan lotinlarga kemalarga o‘tirib, Yevropaga qaytishdan boshqa chora qolmaydi. Nikeya imperatori Mixail VIII Paleolog
1261-yilning 15-avgustida Konstantinopolga tantanali kirib keladiShu tariqa Vizantiya imperiyasi tiklanadi. Endi Vizantiya dunyoning qudratli mamlakatidan unchalik katta bo‘lmagan yunon davlatiga aylanadi.



Salib yurishlarining tugashi va oqibatlari.
So‘nggi(8) salib yurishlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni o‘zgartira olmaydi. Fransiya qiroli
Lyudovik IX ning 1269–1270-yillardagi 8- salib yurishlari so‘nggisi bo‘ladi. Ko‘p o‘tmay salibchilarning Sharqdagi mulklari birin-ketin musulmonlar qo‘liga qaytadi.



  • Salib yurishlari to‘xtatilishining asosiy sababi XIII asrning oxiridan G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida boshlangan o‘zgarishlar bo‘ladi.

Ishlab chiqarish kuchlari o‘sadi. O‘rmonlar kesilib, ekinzorlarga aylantirila boshlaydi. Qishloq aholisining yersiz bir qismi tobora yuksalayotgan shaharlarga ketadi. Qirol hokimiyatining kuchaya boshlashi va mamlakatni markazlashtirish siyosati ritsarlarga qirol qo‘shinida xizmat qilish imkonini yaratadi. Savdogarlar tinch yo‘l bilan savdo-sotiq olib borishning afzalligiga yana bir bor ishonch hosil qiladilar. Salib yurishlari o‘zining asosiy, ya’ni Sharqda kuchli xristian davlatini yaratish maqsadiga erisha olmaydi. Unda qatnashgan 100 minglab kishilar halok bo‘lib, katta moliyaviy zarar ko‘riladi. Lekin Sharqning yuksak madaniyati bilan tanishish Yevropa feodallari turmush tarzini keskin o‘zgartiradi. Yevropa mamlakatlarida soliqlarni mahsulot bilan emas,pul bilan olish o‘sib boradi. Ayrim feodallar qaram dehqonlarini to‘lov evaziga ozodlikka chiqara boshlaydilar




Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling