7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


Download 1.37 Mb.
bet52/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

Fridrix II Barbarossa haqida ma`lumotlar

1

Fridrix II 1212-yil 18 yoshida qirol etib tayinlandi

2

Fridix II qirol qilib tayinlangganidan 8 yil o`tib ya`ni 1220-yili imperator bo`lgan

3

Fridrix II imperatorligining 20 yilidan ko‘pini Italiyada, Sitsiliya qirolligida o‘tkazadi.

4

Fridrix II ning saroyida arab, vizantiyalik va yahudiy olimlar to‘plangan

5

Fridrix II arab va yunon tillarini bilgan, lotin va italyan tillarida ijod qilgan

6

Fridrix II Sharq musiqasi, raqslari, Sharq adabiyoti va she’riyati, Sharq me’morchiligining muxlisi bo‘lgan. Sharq hukmdorlarining ayrimlari bilan do‘st tutingan.

7

«Qushlar bilan ov qilish» asari Fridrix II tomonidan yozilgan

8

Imperator qator maktablar va Neapol universiteti asoschisidir. (hukmdor tomonidan asos solingan birinchi universitet)

9

Zamondoshlari Fridrix II ning g‘ayritabiiy qobiliyati va qudratiga qoyil qolib, unga
«Jahon hayrati» deb nom berishgan





Germaniyada mavjud bo`lgan sulolalar ketma-ketligi
(shunday yodlash tavsiya etiladi)

1

Saksoniyaliklar

2

Frankoniya

3

Shtaufenlar

4

Lyuksemburglar

5

Gabsburglar


German shaharlari.

  • Nemis knyazlari, salibchi ritsarlarning Boltiq bo‘yidagi istilolari Germaniyaning shimolidagi shaharlarning yuksalishiga yo‘l ochadi. Bu shaharlar XIV asrning o‘rtalariga kelib Ganza ittifoqiga birlashadilar. Bu ittifoq faqat iqtisodiy masalalar hamda savdo-sotiq bilangina shug‘ullanib qolmasdan, XIV asrning 70-yillarida Shimoliy dengizda savdodagi raqobatchisi Daniya qiroliga jiddiy zarba beradi.



  • Ganza ittifoqidan tashqari so‘nggi o‘rta asrlarda Germaniyaning boshqa qismidagi shaharlar ham yuksaladi. Dunay sohili bo‘ylab joylashgan 90 ta shaharni birlashtirgan Shvabiya ittifoqi Italiya shaharlari bilan bevosita savdo qilgan. Augsburg, Ulm va Nyurnberg shaharlari
    movut, surp, ip-gazlamalar ishlab chiqarishda, metall buyum, qurol-aslahalar yasashda yetakchi o‘rinni egallagan.



  • Reyn daryosi bo‘ylab joylashgan shaharlar Kyoln, Vorms, Strasburglarda metall ishlab chiqarish va movut to‘qish rivojlangan. Bu shaharlar Niderlandiya, Fransiya va Italiya bilan savdo-sotiq olib borgan

29-§. RUS KNYAZLIKLARI
Rusda Feodal tarqoqlik.
Rus knyazliklari tarqoq va o‘zaro qonli urushlar girdobida edi. Bundan foydalangan qipchoqlar hujumlari vaziyatni yanada murakkablashtirar, ayrim knyazlar qipchoqlar bilan ittifoq tuzib, qo‘shni knyazliklarga qarshi yurishlar ham qilardi. Ko‘pgina knyazlar bu vaziyatdan chiqishni, nizolarga chek qo‘yishni o‘ylay boshlaydilar. Kiyev knyazi Yaroslav Donishmandning o‘g‘li Vladimir Monomaxning 1097-yilda Lyubech shahrida knyazlarning birinchi syezdini chaqirishi ham, asosan, o‘zaro urushlarga chek qo‘yishga mo‘ljallangan. Syezdning «har kim o‘z yeriga egalik qilsin», degan muhim qarori o‘zga knyazliklarga qarshi bosqinlarni to‘xtatishni ko‘zda tutgan edi.
Ayni paytda Kiyev knyazining mavqei pasayadi. U avvalgidek rus yerlarini o‘g‘illariga istaganicha bo‘lib berish huquqidan voz kechishga majbur bo‘ladi. Kiyev Rusi siyosiy tarqoqlik davriga kiradi.
XII asr o‘rtalarida nizolar kuchayib boradi. Rusda bu paytda 15 ta mustaqil knyazlik bo‘lgan. Botuxon bosqinlari arafasida esa ularning soni 50 taga yetgan.
Novgorod respublikasi.
Novgorod Kiyev bilan aloqasini uzgan dastlabki knyazlik bo‘lgan. XI asrda vujudga kelgan Novgorod, keyinchalik faqat Rusninggina emas, Yevropaning ham yirik hunarmandchilik va savdo markaziga aylandi. Novgorod knyazligiga, an’anaga ko‘ra, XI asrda noiblikka Kiyev knyazining to‘ng‘ich o‘g‘li qo‘yilgan. Lekin yillar o‘tib mahalliy boyarlar ta’siri kuchayib, ular knyaz hokimiyatini cheklay boshlaydilar. Shu tariqa Novgorod boyarlar respublikasiga aylana boradi. Novgorodliklar vechesi Monomaxning nabirasi Vsevolod Mstislavichni 1136-yilda knyazlik taxtidan chetlatib, zindonga tashlashga qaror qiladi. Aynan shu vaqtdan shahar uzil-kesil feodal respublikasiga aylanadi. Novgorod siyosiy hayotida asosiy o‘rin xalq vechesi u saylangan shahar hokimi, saylanadigan «shahar dumasi» va yepiskop qo‘liga o‘tadi.


Vladimir-Suzdal knyazligi. Moskva.



XII–XIII asrlarda Rusda feodal tarqoqlik jarayoni kuzatilgan hududlar

1


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling