7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


Download 1.37 Mb.
bet62/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

36-§. MO‘G‘ULLAR DAVLATI




Mo‘g‘ul qabilalari qadimdan yashab kelayotgan hududlar

1

Janubiy Sibir

2

Manchjuriya

3

Mo‘g‘uliston

Mo‘g‘ullarning ko‘pchiligi ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullangan, o‘rmonda yashagan ayrim urug‘lar ovchilik va baliqchilik bilan kun kechirgan. Mo‘g‘ullar hayotida qadimgi udumlar, diniy tasavvurlarida esa ajdodlar ruhiga sig‘inish, shomonlik e’tiqodlari yaxshi saqlanib qolgan.


Lekin XII asrning ikkinchi yarmidan boshlab mo‘g‘ullar ijtimoiy munosabatlarida yangi xususiyat –mulkiy tabaqalanish kuchaya boshlaydi. Urug‘chilik jamoalari alohida ko‘chmanchi xo‘jalik – ayllarga bo‘linib, har bir ayl endilikda o‘z xo‘jaligi – chorvalarining egasiga aylanadi. Urug‘-qabilalarda boy xonadonlar, bo‘lajak mo‘g‘ul zodagonlari shakllana boradi. Aksari urug‘ boshliqlari no‘yonlar o‘z urug‘doshlaridan navkarlar olib harbiy bo‘linmalar tuzadilar. Mulkiy tabaqalanish sharoitida hayotning o‘zi ularni harbiy qabila ittifoqlariga birlashishga majbur qiladi; ularni xonlar boshqaradi. Kuchli qabila
ittifoqlari o‘zlariga tobe etilgan qo‘shnilardan boj-to‘lovlar olib turishadi
Shomonlik yovuz va ezgu ruhlarga, ularning inson hayotiga ta’sir ko‘rsatishiga ishonish shomonlikning asosini tashkil etadi.


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling