Yaroslav davrida Rusda maorif yuksaladi.
Vladimir davrida Kiyevda xristian ruhoniylari tayyorlaydigan o‘quv yurti tashkil etilgan bo‘lsa, Yaroslav Novgorodda uch yuz ruhoniy tayyorlaydigan bilim yurtini ochadi
10-§. ARABISTON ILK O‘RTA ASRLAR BOSHIDA
ARABLAR
|
Arab qabilalari Arabiston yarimoroli va unga tutash hududlarda yashaganlar.
|
Ular somiy (semit) xalqlaridan bo‘lgan
|
Somiylarga arablardan tashqari: yahudiylar, ossuriylar, finikiyaliklar va oromiylar ham mansub bo‘lishgan
|
Ko‘chmanchi arablar – badaviy (sahroyi)lar tuyachilik, qo‘ychilik va yilqichilik bilan shug‘ullanib kelganlar.
|
Bu xalqlar (somiylar) Qadimgi Sharqning mashhur davlatlari: Akkad, Bobil, Isroil podsholiklarini tashkil etgan.
Arabistonning janubi va g‘arbidagi o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi aholisi soy va jilg‘alar, quduqlar bo‘ylarida xurmo bog‘lari va uzumzorlar barpo etganlar.
Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan mamlakatlarda notinchlik bo‘lgan paytlarida karvon yo‘llari Arabistonga siljirdi.
Arabistonning eng taraqqiy etgan viloyatlari – Yaman va Hijoz edi.
Yaman yerlari unumdorligi bilan nom chiqargan.
«Yaman» arabcha «haq», «baxtli» ma’nosini bildirgan.
Rim tarixchilari Yamanni «Baxtli Arabiston» (Arabia felix) deb nomlaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |