7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)
Download 1.37 Mb.
|
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- VIII asr boshlarida
- Puate jangi da 732-yilda
- Bordo
- Suriya
- Arablarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari. VIII–IX asrlarda
- Qo`zg`alon nomi Qo`zg`alon yili Qo`zg`alon haqida ma`lumot
- Abu Muslim
- Muqanna
- Bobak boshchiligidagi qo‘zg‘olon 815-yilda
- 756-yilda
- Yaqin Sharq
- VI asrda Hindistonga
- Arab xalifaligining parchalanishidan vujudga kelgan musulmon davlatlari hukmdorlari
11-§. ARAB XALIFALIGI
Xalifalik qo‘shinlari VIII asr boshlarida Shimoliy Afrikani to‘liq bo‘ysundiradi. Toriq ibn Said boshchiligida arablar qo‘shini 711-yilda keyinchalik uning nomi bilan atalgan Gibraltar (Jabal at-Toriq – «Toriq tog‘i» so‘zidan) bo‘g‘ozidan o‘tib, Ispaniyani bosib oladi. Puate jangida 732-yilda franklar hukmdori Karl Martell arablarni yengib, ularning Yevropaga yurishlariga chek qo‘yadi. Sharqda arablar Kavkazorti va O‘rta Osiyoni bosib olib, aholini islom diniga kiritadilar.
VII–VIII asrning birinchi yarmida ulkan hududlarni egallagan davlat – Arab xalifaligi tashkil topadi. Xalifalikda yer-mulk munosabatlari. Arablar istilo qilgan barcha mamlakatlardagi yerlar davlatniki deb e’lon qilinsa-da, amalda avvalgi egalari qo‘lida qoladi. Suriya va Eron istilo etilgach, zodagonlar xalifaga bosib olingan yerlarni taqsimlash taklifi bilan murojaat qiladilar. Lekin xalifa Umar yerni egalarida qoldirishni buyuradi. Istilo qilingan mamlakatlar hukmdorlari, janglarda halok bo‘lgan amaldorlar, hokimiyat vakillari yerlari xalifalik xazinasiga o‘tgan. Bunday yerlar nihoyatda katta maydonlarni tashkil etgan.
Arablarga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari. VIII–IX asrlarda istilo qilingan mamlakatlarda qator xalq qo‘zg‘olonlari bo‘lib o‘tgan.
Arab xalifaligi 630–1258-yillarda hukm surgan. Unda Umaviylar (661–750) va Abbosiylar sulolalari (750–1258) hukmronlik qilgan. Xalq qo‘zg‘olonlari, urushlar, hokimiyat uchun kurashlar xalifalikning siyosiy inqiroziga sabab bo‘la- di. Xalifalikdan ajrab chiqqan birinchi mustaqil amirlik 756-yilda Ispaniyada tashkil topadi. U X asrdan Qurdoba (Kordova) amirligi nomini oladi. IX asrdan Misr, Eron, Movarounnahr va Xuroson mustaqillikka erishadi. Abbosiylar qo‘lida Yaqin Sharq va Arabiston yarimoroli qoladi, xolos. Mo‘g‘ul xoni Xuloku1258-yilda Bag‘dodni egallagandan so‘ng, Arab xalifaligi barham topadi 12-§. HINDISTON Mamlakatdagi ichki vaziyat. Kushonlar imperiyasining inqirozidan so‘ng, Hindistonda hokimiyatni egallagan Chandragupta I (320–340) guptalar sulolasiga asos soladi. Guptalar davlatining poytaxti Pataliputra shahri bo‘lgan. IV asrning so‘ngida – guptalar imperiyasi gullab-yashnaydi. IV asrning so‘ngidan boshlab paytdan boshlab Hindistonda yer egaligi munosabatlari vujudga keladi. Hukmdorlar o‘z yaqinlari –amaldorlari, harbiy boshliqlariga yer-mulklar in’om etganlar. Natijada, yirik yer egalari tabaqasi shakllanadi. Ular dehqonlarning soliqlar to‘lashidan tashqari, mehnat majburiyatlarini o‘tashini ham joriy etadilar. Ilk o‘rta asrlarda mamlakat aholisining kasta-varna (toifa)larga bo‘linishi: braxmanlar, kshatriylar, vayshilar va shudralar saqlanib qoladi. Hindistonda shakllangan ijtimoiy munosabatlar sof feodal ko‘rinishda bo‘lmasdan, qulchilik udumlari ham ma’lum darajada saqlanib qolgan. Ammo qullar mehnatidan ishlab chiqarishda emas, ko‘pincha uy yumushlarida foydalanishgan. Xo‘jayin qulni yegulik bilan ta’minlashdan tashqari unga yilda bir marta kiyim ham olib bergan. Mamlakatda siyosiy tarqoqlik. VI asrda Hindistonga bostirib kirgan eftaliylar hujumlari ostida guptalar imperiyasi parchalanib, istilochilar mamlakatning katta qismini qo‘lga oladi. VII asrda Hindistonda bo‘lgan Xitoy tarixchisi Syuan Szyanning yozishicha, unda 70 ga yaqin katta-kichik knyazliklar bo‘lgan. Knyazlar bilan rojalar o‘rtasida tinimsiz urushlar bo‘lib turgan. Qo‘lga kiritilgan o‘ljalar, yerlar g‘oliblar orasida taqsimlangan.
O‘zaro urushlardan kuchsizlanib borgan Hindistonni chet bosqinchilar ham talaganlar. Xususan, Arab xalifaligining parchalanishidan vujudga kelgan musulmon davlatlari hukmdorlari XI asrda Hindistonga hujum boshlaydilar. G‘azna hukmdori Mahmud G‘aznaviyning qo‘shinlari Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling